50
terminologiyasi qadimiyligi VII-XIX asrlarga borib taqaluvchi kо‗pgina sо‗zlarni о‗z tizimida
saqlab qolishga erishgan. Bunday terminlar sirasiga: 1) askariy qism va qо‗shilmalar, jangchilar,
asosiy harbiy harakat va amaliyotlar nomlarini ifodalovchi
qamal, yurish, kechuv, kо‗rik,
pistirma, qо‗shin, ilg‗or, soqchi, qorovul, ayg‗oqchi, tо‗pchi, dengizchi, chopar, mergan, qochoq
va h.k.; 2) qurol-yarog‗ va anjomlar nomini anglatuvchi tо‗
p, qurol-yarog‗, kema, о‗q, qо‗ndoq,
qalqon, sol, kiyim, quloqchin
va h.k.; 3) urush, tinchlik, g‗alaba, mag‗lubiyat kabi mavhum
ma‘noni ifodalovchi leksik birliklar oiddir. Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan
о‗lchanuvchi zoologik terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma‘lum sondagi sо‗zlarni
tizimida asrab qolishga muvaffaq bо‗lgan. Tilshunos Hamidulla Dadaboyev tomonidan
sinchkovlik bilan qilingan tahlilga muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida
qо‗llangan 432 ta zoonimning 365 tasi asl turkiycha, 33 tasi forscha-tojikcha, 26 tasi arabcha, 5
tasi mо‗g‗ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi aniqlangan. Sof turkiycha 365 zoonimlar tub
(158) hamda yasamalarga (207) taqsimlanadi. Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi
sintaktik, 5 tasi esa semantik yо‗l bilan hosil qilingan. Chunonchi,
tо‗ng‗iz, bо‗rsiq, biya, kiyik,
quyon, shunqor, g‗oz, о‗rdak, burga, qо‗ng‗iz singari talay
leksik birliklar hozirgi о‗zbek
zoologik terminologiyasi tarkibida faol qо‗llanmoqda ( Abdushukurov 1998; 1). Ilk marta VII-
XIV asrlar yozma yodgorliklari matlarida qayd etilgan
elchi, elchilik, elchixona, yorliq, sulh,
sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat, qabо‗l, noma, muhr, dushmanlik, nishon
va boshqa asl
о‗zbekcha (turkiycha) hamda boshqa tillardan о‗zlashgan sо‗z va sо‗z birikmalari zamonaviy
о‗zbek diplomatik terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda (Dadabayev 1994 ;4-13.). Ayni
chog‗da, hozirgi о‗zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning tarkibiga kirib kelayotgan,
bugungi jahon dimlomatiyasi sohasida mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi
leksemalarsiz tasavvur qilib bо‗lmaydi. Hozirgi о‗zbek dimlomatik terminologiyasi genetik
jihatdan turli-tumandir. Uning safida azaldan qolib kelgan, umumturkiy terminlar qatori, sharq va
Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli zamonlarda kirib kelgan о‗zlashmalar ham о‗z aksini
topgan. Ma‘lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir makondan boshqa
joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji natijasida osmon va undagi jismlar, yoritqichlar
harakatini о‗rganuvchi maxsus fan, ya‘ni astronomiya shakllangan. Astronomiya fanining asrlar
mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli leksemalar mikrotizimi shakllandi.
Hozirgi о‗zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV asrlardan e‘tiboran muomalaga
kirgan
nujum ilmi, munajjim, yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‗a, Yetagan,
CHо‗lpon, Mushtariy
singari qadimiy astroponim (kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan
(Dadabayev 1994; 32-43). Astronomiya va kosmonavtika fanlarining sо‗nggi vaqtlarda jadal
rivojlanishi, tabiiy, о‗z ifodasini hozirgi о‗zbek adabiy tili sо‗z boyligida ham topdi.
Uran,
Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‗bek asteroidi, Osiyo asteroidi, Galley kometasi, Neuymin
kometasi, selenonim, Kirill krateri
kabi astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol
ishlatilmoqda, darslik, qо‗llanma hamda turli xarakterdagi lug‗atlarda qayd etilmoqda (Primov
2009). Xulllas, genetik kо‗rinishi nuqtai nazaridan о‗zbek tilida qо‗llanuvchi terminlar: a)
terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida qabо‗l qilingan sо‗zlar; b) maxsus nom tarzida
yasalgan sо‗zlarga taqsimlanadi. Bunday kо‗rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning
mahsuli, deb baholash kerak bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |