54
2-topshiriq
.
Berilgan matnni o„qing, sohaviy terminlarni aniqlang, qaysi sohaga
tegishliligini ayting va sohaviy terminlarning mazmun-mohyatini tushuntiring
Hadis ilmi bilimdoni – Ziyovuddin Maqdisiy
Ziyovuddin Muhammad ibn Abdulvohid ibn Ahmad Maqdisiy Sa‘diy Solihiy hijriy 579-
yili tug‗ilgan. U kishi Damashq, Bag‗dod, Isfahon, Naysaburiy, Haravayn kabi shaharlarga ilm
talabida tashrif buyurgan va hadislar eshitgan. Shu bilan birga besh yuztadan kо‗proq olimdan
hadis yozib olgan. Bir qancha kitoblar tasnif etgan, hadislarni sahihga, roviylarni adolatli va
adolatsizga ajratgan. U kishining shogirdlari Umar ibn Hojib aytadi: ―Ustozimiz Abu Abdulloh
vaqtlarini ulamolar bilan о‗tkazar, shuningdek, ibodatga juda tirishqoq edilar‖.
U zot kо‗p ilmlarni tasnif etgan. Hadis ilmiga qiziqqani sababli kо‗proq hadis ilmida
kitoblar yozgan. U kishining mashhur kitoblaridan biri ―Ahadiysu muxtora‖dir. Yana bir ahamiyatli
tomoni shundaki, Ziyovuddin Maqdisiy oldin tekshirilmagan hadislarni birinchilardan bо‗lib
tekshirib, sahih yoki zaifligini aniqlagan. U kishining sahih hadislarini hamma tasdiqlagan.
Zarkashiy aytadilarki: ―Ziyovuddinning hadislari Ibn Hibbon hamda Imom Termiziylarning
hadislariga yaqindir‖. Bu kitobda asosan, shar‘iy amallarning fazilatlari tо‗g‗risida bahs yuritiladi.
Asar о‗n bobdan iborat bо‗lib, birinchi bobda tahorat va namoz amallarining fazilati tо‗g‗risida baxs
yuritiladi. Ikkinchi bobda Ramozon rо‗zasining fazilati haqida, uchinchi bob zakot amalining
fazilati haqida, tо‗rtinchi bob Islom dinining beshinchi farzi bо‗lmish haj amalining fazilati
tо‗g‗risida, beshinchi bobda Islomdagi nikoh amalining fazilati haqida, oltinchi bobda Alloh yо‗lida
infoq qilish amalining fazilati haqida, yettinchi bob Qur‘oni karim fazilati haqida keyingi bobda
janoza namozining fazilati tо‗g‗risida, keyingi bobda ilm fazilati haqida baxs yuritiladi. Shu bilan
birga boshqa amallarning ham fazilatlari tо‗g‗risida baxs yuritiladi.
Bu kitob qayta – qayta chop etilib, undan kо‗p xalqlar foydalandi. Muallif targ‗ib-tarhib
(rag‗batlantirish va qо‗rqitish), axloq va amallar fazilatida boshqa mualliflar yо‗lini tutib, ba‘zi
lozim joylarni kengaytirdi. Nafslarga ta‘sir о‗tkazuvchi, qalblarni yumshatuvchi solih kishilarning
hikoyalariga qattiq ahamiyat berdi va unga yangicha ilmiy foydalar kiritib, oxirgi asr mashoyixlari
hamda hozirgi avlod solihlarining hikoyalari qо‗shildi. Umrini ilmga baxshida etgan olim hijriy
643-yilida vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: