O‘zbekiston tarixi fani 5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши Mavzu



Download 100,02 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2022
Hajmi100,02 Kb.
#676980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farxodov Jamshidbek. Kurs ishi

Mavzuning davriy chegarasi XVIII asr ikkinchi yarmidan XX asr 20-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishining maqsadi. Buxoro amirligida savdo munosabatlari tarixini har tomonlama tahlil qilib, uning boshqa Sharq mamlakatlari, qo‘shni xonliklar va Rossiya bilan savdo aloqalari yoritish kurs ishining asosiy maqsadi bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishining vazifalari quyidagilar:

  • Buxoro amirligi ichki savdo munosabatlari haqida ma’lumot berish;

  • Buxoro amirligining savdo munosabatlarini rivojlanishining omillarini tahlil qilish;

  • Buxoro amirligining tashqi savdo munosabatlarining o‘ziga xos jihatlarini yoritish;

  • Tadqiqot yuzasidan umumiy xulosalarni yoritib berish.

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Buxoro amirligi tarixi tadqiq qilgan olimlar juda ko‘pchilik bo‘lib, asosan, Rossiyadan O‘rta Osiyoga sayohat qilgan rus sayyohlari asarlarida savdo munosabatlari haqida ma’lumotlar mavjud. Buxoro amirligi ichki va tashqi savdo munosabatlari bo‘yicha A. Borns “Buxoroga sayohat”, E .V. Bunakov “XIX asrda Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi aloqalar”, A. A. Mahkamov “XIX asrda Qo‘qonning Markaziy Osiyo va qo‘shni davlatlar bilan savdo munosabatlari” Y. K. Meyendorf “Orenburgdan Buxoroga sayohat”, G. A. Mixaleva “O‘zbekiston XVIII asr birinchi yarmi va XIX asrda savdo va bojlar”, A. R Muhammadjonov, T. N. Ne’matov “Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doir ba’zi manbalar” va boshqa asarlar uchraydi.
Mavzuning manbashulosligi. Tarixda muarrixlar o‘z zamonasining hukmdorlariga atab tarixiy asarlar yozishgan, shuningdek, mang‘itlar sulolasi tarixini bayon etuvchi XVIII asr oxiri va XIX asrda o‘z davrining mashhur tarixchilari tomonidan asarlar yozilgan. Ularda Buxoro amirligining hukmronligi, ular davrida kechgan savdo munosabatlar haqida ma’lumotlarni beruvchi manbalar sifatida birinchi navbatda Muhammad Yoqub ibn Doniyolbiyning “Gulshan ul-mulk” Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi salatin mang‘itiya”, Ahmad Donishning “Mang‘itlar tarixi haqida risola” kabi asarlarini olishimiz mumkin. Bundan tashqari 1790-yilda O‘rta Osiyoda bo‘lgan mitropolit Xrisanf Novopatrasskiy, 1794-1795-yillarda Buxoroda bo‘lgan rus vakillari T. S. Burnashev, Buxoro davlati, undagi savdo munosabatlariga doir ozmi ko‘pmi ma’lumotlar bo‘lib, ulardan tadqiqotlar uchun muhim manba sifatida foydalanamiz.

Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish