O'zbekiston Respublikasi
Oliy va O'rta Maxsus
Ta'lim Vazirligi
Andijon Mashinasozlik instituti
TJB va KT fakulteti 1- bosqich
I.M.T yo’nalishi K-88-21-guruh talabasi Muhammadjonov Samadbek ning "O’zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan
TAQDIMOTI
O’zbekiston Respublikasi prezidenti
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzu: Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat ramzlari
Reja:
Qoraqalpogʻiston — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi Suveren demokratik Respublika. 1924-yil 14-oktabrda bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti –Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.
Qoraqalpog’iston va davlat tuzimi
Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O’zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.
Qoraqalpog’iston tarixi
Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad.
Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12–13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Qoraqalpog’iston davlat gerbi, bayrog’I va madhiyasi
Qoraqalpog’iston bayrog’i
Qoraqalpog’iston gerbi
madhiya Jayxun jaģasında ósken bayterek, Túbi bir, shaqası mıń bolar demek. Sen sonday sayalı, quyashlı elsen', Tınıshlıq ha'm ıģbal sendegi tilek. Diyxan baba na'pesi bar jerinde, Juwsan ańqıp, kiyik qashar shólinde. Qaraqalpaqstan degen atıńdı, Áwladlar ádiwler júrek tórinde. Aydın keleshekke shaqırar zaman, Mártlik miynet, bilim jetkizer oģan. Xalqıń bar azamat, dos hám miyirban, Erkin jaynap-jasnap, máńgi bol aman. Diyxan baba nápesi bar jerinde, Juwsan ańqıp, kiyik qashar shólinde. Qaraqalpaqstan, Qaraqalpaqstan degen atıńdı, Áwladlar ádiwler júrek tórinde.
Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |