Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiton Milliy universiteti
Tarix fakulteti
O‘zbekiston tarixi fani
5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши
Mavzu: Buxoro amirligi ichki va tashqi siyosati
Kurs ishi
BAJARDI: : Farxodov Jamshidbek. Tarix fakulteti. 202-C guruh talabasi.
Farxodov Jamshidbek
(Ф.И.Ш)
Илмий раҳбар:
_____________________________
(илмий даражаси ва илмий унвони)
____________________________________________
(Ф.И.Ш)
ШТАМП
Тошкент - 2021
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………..3
I bob. Buxoro amirligining ichki savdo munosabatlari va qo‘shni xonliklar bilan savdo aloqalari………………………………………….....6
1.1. Buxoro amirligining ichki savdo munosabatlari……………………….6
1.2. Buxoro amirligining Xiva xonligi bilan savdo munosabatlari……….13
1.3. Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan savdo munosabatlari……..15
II bob. Buxuro amirligining tashqi savdo munosabatlari. Rossiya va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari……………………………..18
2.1 Buxoro amirligining Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo munosabatlari……………………………………………………………....18
2.2. Buxoro amirligining Xitoy va Eron bilan savdo aloqalari…………………………………………………………………….26
2.3. Buxoro amirligining Rossyi imperiyasi bilan savdo munosabatlari…..31
Xulosa……………………………………………………………………...43
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………..
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin ko‘plab sohalarda tub burilishlar, o‘zgarishlar yuzaga kela boshladi. Tarix sohasi ham bundan chetta qolib ketmadi. Zero, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sobiq Ittifoq davrida tariximizga xato yondalishilib kelindi. Istiqlolga erishganimizdan keyin bu xatoni to‘g‘irlash imkoniga ega bo‘ldik. Tarixchilar oldida turgan endiki vazifa tariximizni xolisona va haqqoniy o‘rganish edi.
Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoq joiz: “Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo‘q”1.Darhaqiqat, tariximizni hech narsani o‘zgartirmasdan, xolisona o‘rganish tarixchilar oldida turgan eng muhim vazifadir.
O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida tarkib topgan nazariy-huquqiy tajribalarni zamonaviy, demoktarik huquqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va jamiyatimiz turmushida ulardan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalaridan biridir. Shu bois xalqimizning boy ilmiy ma’naviy merosini, xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida o‘ziga xos davlat bo‘lgan Buxoro Amirligining savdo-sotiq va diplomatik aloqalari tarixini milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda xolis o‘rganishga, hozirgi kunda O‘zbekiston davlati tarixi va fani oldida turgan eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda.
O‘rta Osiyo davlatlari uzoq davrlar davomida Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, XVIII asrdan Afg‘oniston davlati va Sharqdagi boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq va diplomatik, savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borgan. Garchi xonliklar o‘rtasida ichki urushlar bo‘lib turgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalari to‘xtab qolmagan. Xonliklar o‘rtasidagi savo karvonlari muntazam ravishda ishlab turgan. O‘rta Osiyo xonliklari bilan eng asosiy savdo hamkor Rossiya bo‘lib kelgan.
Masalaning yana bir dolzarbligi shundaki, Buxoro amirligi davriga oid sobiq Ittifoq davridan qolgan xato tushuncha mavjud. Bu nafaqat Buxoro amirligi, balki, O‘rta Osiyo davlatlarida bu davrda qoloqlik hukm surgan degan fikrning mavjud bo‘lib kelingaligidir. Bu nisbatan xato tushunchadir. Chunki O‘rta Osiyo xonliklari ichki urushlar va diniy xurofot sabab jaholat botqog‘iga botganligi bor gap, lekin O‘rta Osiyoda ta’lim tizimi mavjud bo‘lgan, maktab va madarasalar faoliyat olib borgan, uchala xonlikda ham O‘rta Osiyoning o‘ziga xos madaniy me’ros saqlanib kelingan, muhimi, O‘rta Osiyo xonliklari tashqi olamdan ajralib qolgan emas, istisodiy, madaniy va savdo aloqalari doimiy ravishda xonliklar o‘rtasida hamda Rossiya, Eron, Hindiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan olib borilgan.
Mazkur kurs ishida ham shu mavzu ilgari suriladi. Ya’ni Buxoro amirligining ichki va tashqi savdosiga oid masalalar ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |