O‘zbekiston tarixi fani 5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши Mavzu


II bob. Buxuro amirligining tashqi savdo munosabatlari. Rossiya va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari



Download 100,02 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2022
Hajmi100,02 Kb.
#676980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farxodov Jamshidbek. Kurs ishi

II bob. Buxuro amirligining tashqi savdo munosabatlari. Rossiya va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari.
1. Buxoro amirligining Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo munosabatlari
Buxoro xonligi tashkil topgan paytdan buyon Eron, Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan diplomatik va savdo aloqalari olib borilgan. Amir Shohmurod davrida ham Sharq mamlakatlari bilan o‘ziga xos diplomatik va savdo aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, asosan, Hindiston va Afg‘oniston bilan savdo aloqalari jadal rivojlandi, buning oqibatida
Buxoro tashqi savdodan katta daromad oldi14. Buxoroning qo‘shni davlatlari bilan aloqalari tarixi XVIII asrning oxirlari va XIX asrning boshlarida 30 yildan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilgan Gabaydulla Amirov tomonidan ham yozib qoldirilgan. Uning korsatmalari 1825-yil “Азиатский Вестник” jurnalida nashr qilingan. G. Amirovning ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Jaynagar va Xaydarobod shaharlariga Buxoro va Qobul mollari qatori rus tovarlari ham keltirilgan15.
Buxoro va Afg‘oniston davlatlari o‘rtasidagi diplomatik va savdo munosabatlari bevostida Hindiston bilan ko‘proq bog‘liq. Buni Afg‘oniston Buxoro va Hindiston o‘rtasida joylashgani bilan izhohlash mumkin. XVIII asr 2-yarmida bu ikki davlat o‘rtasida ziddiyat mavjud bo‘lib, Durroniylarning Afg‘on podsholigiga asos solinishidan boshlangan edi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda markazlashtirish siyosati bilan band ekanligidan foydalanib, afg‘onlar Buxoro davlati sarhadlariga ko‘plab talonchilik yurishlarini uyushtirishdi. Amir Shohmurod esa Afg‘on podsholigiga qarshi 1787-1788-yillarda muvaffaqiyatli urushlar olib bordi. Bu paytda Afg‘onistonda Temurshoh Durroniy (1772-1793-yilla) hukmdor bo‘lib, ular o‘rtasidagi kurash 1752-yilda Ahmadshoh Durroniy tomonidan bosib olingan Buxoro davlatiga tegishli, Amudaryoning o‘ng sohilidagi Andxoy, Shiberg‘on, Saripul va Axcha viloyatlariga egalik qilish uchun boshlandi. Bu kurashda Amir Shohmurod g‘alaba qozonib, afg‘onlarni mag‘lub etadi. Temurshoh Shohmurod bilan 1788-yilda sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Bu sulhga ko‘ra, Afg‘oniston Andxoy, Shiberg‘on, Saripul va Axcha viloyatlarini Buxoroga qaytarib berib, Amudaryo har ikkala davlat o‘rtasidagi chegara bo‘lib qolishiga kelishilgan edi. Lekin 1793-yil Temurshoh vafotidan foydalanib Shohmurod Balxni egallaydi. Temurshohning vorisi Zamonshoh Amir Shohmurodga qarshi jiddiy harakat qila olmadi. Balx shahri o‘sha davrlarda Hindiston bilan savdo qilsihga qulay bo‘lgan muhim savdo bekati bo‘lgan. Balxni egallashi bilan Amir Shohmurod Afg‘oniston va Hindiston bilan tashqi savdoning jadallashuviga erishdi. Amir Shohmurodning pul islohoti va tashqi savdoga bergan katta e’tibori tufayli Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo munosabatlari sezilarli darajada rivojlandi.
Buxorolik savdogarlarning Afg‘onistonga qatnovi Qobul, Qandahor, o‘sha davrda Afg‘onistonga qarashli Kashmir va Panjob, Hindiston bilan chegara hududlarini qamrab olgan. Buxorodan Afg‘onistonga, asosan, paxta va ipak mahsulolatlari keltirilgan. Buxoroliklar Rossiyaga keng ko‘lamli amalga oshirishi tufayli rus mahsulotlarini Afg‘onistonga olib borib sotishgan. Rus tovarlari esa bejirim sandiqlar, fabrikalarda ishlab chiqarilgan metal buyumlar va boshqa narsalar tashkil etgan. Afg‘onistondan Buxoroga XVIII asr oxirlarida har yulda 3-3,5 ming tuya yuk kelgan. Bu yukni, asosan, oltin hamda kumush metallari, hind-ingliz mollari, mo‘ynali mahsulotlar, Kashmir matolar va boshqa turdagi matolar tashkil etgan. Bundan tashqari, Buxoro savdogarlari 1790-1800-yillar davomida Afg‘onistondan Rossiyaga hind matolari, hind yong‘oqlari, hind-ingliz mollari, jami 50 ming rubllik yukni olib borib sotishgan16. Buxoroning Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo aloqalarida afg‘on savdogarlarining roli katta bo‘lgan.
Amirov Kashmir savdosi jaqida “Kashmirda 12 ming dastgoh bo‘lib unda 10000 shol ro‘moli to‘qiladi, undan 60000 Hindistonga, 12000 Eron, Turkiya va boshqa joylarga, 3000 Buxoro va Rossiyaga jo‘natishga mo‘ljallangan, 20000 ni aholi sotib olgan”, deb yozadi17.
E. K. Meyendorfning “Путешествие из Оренбурга в Бухару” asarida Buxoroning Afg‘oniston bilan savdo aloqalari ikkita savdo yo‘li orqali olib borilishi xususida fikr bildirilgan. Birinchisi, Balx orqali Kobulga, ikkinchisi esa Buxorodan Hirotga boradigan yo‘l bo‘lgan. Afg‘oniston Buxoroga eng yaqin mamlakat bo‘lganligi sababli uzoq yillardan buyon bu ikki davlat o‘rtasidagi sazvdo aloqlari doimiy davom etib turgan. Mayendorf ma’lumotlariga ko‘ra, bir savdogar Buxorodan Kobulga 30 marta borgan ekan. Uning yozishicha, afg‘onlar Buxoroga o‘zlarining tovarlarini va transit yo‘li bilan Kashmir sholi matosini olib kelgan18.
Buxoroning qishloq xo‘jaligi xususida yozib, Buxoro paxtasining kattagina qismi eksport qilinganligi bois paxta yetishtirish masalasiga alohida ahamiyat berilishini ta’kidlagan. U Kobulda g‘o‘za o‘simligi yaxshi o‘smasligi sababli paxta va Kobulga Buxorodan keltirishini, lekin Rossiyaga undan ham ko‘p miqdorda chiqarilishini eslatib o‘tgan.
1838-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Buxorodan Kobulga juda ko‘p tovarlar jo‘natilgan. Ular orasida Qo‘qonning kumush tangalari va kumush yombilari xitoy shoyi ro‘mllari va chinnisi, Qo‘qon konop ham bo‘lgan19. Buxoro Qo‘qondan xom ipak va kanop losi olgan, bu tovarlar so‘ng Afg‘onistonga sotilgan, Qo‘qon va Xo‘janddan Afg‘onistonga guruch ham keltirilgan. Bu ma’lumotlar, birinchidan, Qo‘qonning Buxoro amirligi bilan savdo munosabatlari haqida, qolaversa, Buxoro orqali xonlikning Afg‘oniston savdo aloqlariga kirishganligi to‘g‘risida daliliy ashyolar hisonlanadi20.
Buxoroning tashqi savdo aloqalarida, uning qo‘shnilari Marv va Hirot aholisi alohida rol o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil tovarlarini olib kelgan. Rus tovarlari Buxoro orqali Hirot bozorlariga ham olib borilgan. G. Amirovning Buxoroning savdo ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlari, Mulla Olim Mahmud “Tarixi Turkiston” asari ham tastiqlaydi. Muallif bu asarda Buxoroni o‘z davrining muhim savdo markaz bo‘lganligini ta’kidlaydi.
G. Amirov Qobul shahrining Buxoro-Afg‘oniston savdosidagi muhim markz ekanligi haqida yozib, bozorlarida 4 ta karvonsaroy, ularda hindistonlik, kashmirlik, eronlik va buxorolik savdogarlar to‘xtashgan, deb ma’lumot beradi.
Sayohatchi Hindistonda bo‘lgan vaqtida uning savdosi bilan yaqindan tanishgan. Uning yozishicha, Haydarobodda ipak va paxtadan juda chiroyli matolar to‘qilib, ular Qobul, Qandahor, Hirot va Buxorogacha olib borib sotilgan. Sayyoh Jaynagarni muhim savdo shahri deb baholaydi. U shahar bozorida eron, afg‘on, buxoro va qisman rus tovarlari sotilayotganligini ko‘rgan.
Y. K. Meyendorfning asari ham mavzu uchun muhim ahamiyatga ega. U “Orenburgdan Buxoroga sayohat” asarida Buxoro bozorlarida hind parchasi va ip gazlama matolari borligini eslatadi. Buxoroga Hindistondan guruch, qimmatbaho toshlar va yupka shamshir keltirilgan. U Buxoroning afg‘on savdogarlari orqali Kashmir bilan olib borgan savdosi to‘g‘risida yozadi. Ular Kashmirdan shol va zar iplardan to‘qilgan movut olib kelganlari haqida yozadi. Meyyondorf hindlar o‘z tovarlari bilan Kabul, Shikarpul, Multon va umuman Hindistondan keladilar, deb yozadi. Ular Kashmir sholi. Zar ip bilan to‘qilgan ipak matolar, yupqa ip matolar, salla uchun ishlatiladigan oq mat ova astarlik uchun ishlatiladigan gulli mato, mayda dur va qimmatbaho toshlar, nil bo‘yog‘i keltirgan21
Shunday qilib, Meyendorf keltirgan dalillar XIX asrning 20-yillarida ham Buxoro xonligining Afg‘oniston, Hindiston, Kashmir va Eron bilan jadal savdo aloqalarida bo‘lib turganligini tastiqlaydi. Jumladan, keying 4-5 yilda Buxoroda hindlar soni juda tez ko‘payib keti 300 taga yetgan, ularning bir qismi muqim o‘rnashib olgan bo‘lsa, qolgan qismi esa Kobulga borib kelib turadi, deb yozadi Meyendorf.
Negri missiyasining boshqa bir vakili E. Ersman Buxoroning Hindiston va Afg‘oniston bilan savdo aloqalari haqida muhim ma’lumotlar to‘plagan. U Kashmir va Kobuldan, asosan, Kashmir sholi, hindlarning gulli ip matolari, zar ip bilan to‘qilgan gulli oliy navli ipak kiyimlar va nil bo‘yog‘i keltirilganini yozadi. Eversman ma’lumotlariga ko‘ra, Kashmidan har yii 40000 shol olib chiqilgan, ulardan Buxoroga faqat 3000 tasi keltirilgan.
Negri ekspeditsiyasining yana bir a’zosi Budrin bo‘lib, uning 1871-yil Sankt-Peterburgda nashr qilingan asarida Buxoroda 13 ta karvonsaroy bo‘lganligi haqida ma’lumot beriladi. Unda hindlar, xivaliklar, no‘g‘oylar, eronliklar, armanlar, qirg‘izlar va boshqalar yashagan. Budrin ma’lumotiga ko‘ra, savdo ishlari past darajada bo‘lgan. Uning fikricha, hukumatning e’tiborsizligi Buxoro savdosining rivojlanshiga to‘siq bo‘lgan. U, hukumat faqat tovarlardan boj solig‘i yig‘ishini o‘z vazifasi deb bilgan, savdogarlarni himoya qilmagan va uni o‘z vazifasi deb hisoblamagan, deydi. U o‘z e’tiborini, asosan, tog‘ ishlariga qaratgan. Buxoroliklar Hindiston, Eron va Xitoydan oltin, kumush, mis, qalay va temir olgan. Hindistondan chit keltirilgan bo‘lib, u salla uchun ishlatilgan.
Shunday qilib, A. F. Negri elchiligining Buxoroga kelishi, amirlikning sharq davlatlari bilan savdosi haqidagi bir qancha asarlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
XIX asrning 30-yillarida Rossiyada Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan aloqalari haqidagi nashrlar paydo bo‘la boshladi. Rus sharqshunosi P. S. Savelev “Бухара в 1835годy” 22maqolasida Sharq davlatlarining savdo munosabatlarida Buxooning roli haqida gapirib, uni “O‘rta Osiyoning muhim suvombori”, deb yozgan edi va u yerda 4000 ta hindlar yashaydi, deb ta’kidlagan edi. U Buxoroni O‘rta Osiyoning markaziy savdo shahri deb baholagan edi.
Savelev asosiy diqqatini karvon yo‘llari tavsifiga qaratgan edi. U Buxorodan Eron va Afg‘onistonga boradigan uchta karvon yo‘li haqida, aynan, Mashhad, Hirot va Kobulga qatnaydigan hamda Buxoroddan Kobul orqali Hindistonga o‘tadigan yo‘llar to‘g‘risida yozib qoldirgan edi.
Ingliz sayyohi, diplomat va josusi A. Berns XIX asrning 30 – yillarida Britaniya hukumatining maxsus topshirig‘i bilan Buxoroga jo‘natilgan edi. Uning asarida Hindiston, Afg‘oniston va Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy voqealar haqida, ayniqsa, shu mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shu maqsadda Berns Buxoro amirligning ichki va tashqi savdosini diqqat bilan o‘rganadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, har doimgiday Buxoro savdosida hind savdogarlari muhim rol o‘ynagan. Berns hindlar haqida shunday deydi: “ular savdo ishlari bilan Balx, Buxoro, ba’zan Astraxanga ham borishgan. Shu kabi holatlarda ular Peshavor, Kobul va Bomianga borib, Oks orqali suzib o‘tib, Buxoroga borishgan, u yerda o‘zlarining mollarini Osiyo va Rossiya mollariga ayirboshlashgan23. Berns Buxoroda afg‘onlarining savdo bilan shug‘ullanishini ta’riflab, ularning ba’zilari Buxoro orqali Rossiya bilan ham savdo qilgan, deb yozadi. Bunga misol qilib, Berns bilan birga Kobuldan Dulat degan afg‘on savdogari savdo qilish uchun Buxoroga kelganligi, u yerdan Rossiyaga bormoqchi bo‘lganligi haqida qoldirganini eslatish kifoya.
Bernsning ma’lumotlariga ko‘ra, Kobul bozorlarida Buxorodan keltirilgan 40 dan ortiq nomdagi rus va O‘rta Osiyo mollari bo‘lib, ulardan 30 dan ortig‘i Rossiyadan keltirilgan edi. Bundan tashqari, Buxoroda Hindistondan 17 nomda hind, shuningdek, yevropa, xususan, ingliz tovarlari keltirilgan bo‘lib, bular: indigo, Kashmir jun ro‘mollari, “lungi” deb ataluvchi multon sharflari, “nosirxon”, “xota”, xosa – babar”, “andarshoh”, “bedalxoni” va boshqa nomlar bilan ataluvchi hind matolaridir24.
Asarda Hindiston, Qobul va Buxoro o‘rtasidagi savdo ishlarini G‘azna tumanida yashovchi afg‘on qabilalari – lugoniylar olib borganligi eslatiladi. Lugoniylar iyunning boshlarida savdo karvonlari bilan Hindistondan Kobulga kelib, tovarlarning ma’lum qismini shu yerda sotardi, so‘ng qolgan qismi bilan Buxoroga yo‘l olardilar.
Bernsning ta’kidlashicha, Balx, Xulum va Qunduzga ko‘plab Buxoro ip gazlamalari olib borilgan. Buxorodan Kobul va Panjobga shol ro‘mollari to‘qish uchun ishlatiladigan pashm deb ataluvchi Turkiston yungi olib borilgan. So‘ng bu shol ro‘mollar Buxoroga qayta jo‘natilib, u yerda bir mundi (256 ingliz fundiga teng) 6,5 tillodan 8 tillogacha sotilgan25.
U Buxoroda yashovchi hindlar savdo va suxo‘rlik bilan shug‘ullanib juda katta foyda ko‘rishlarini ham maqtanishardi va yez boyib ketishi bilan mamnun bo‘lishar edi, deb yozgan edi. Buxorodagi o‘z karvonsaroylarida yashayotgan hindlar 300 kishi atrofida bo‘lgan, keyinchalik esa ularning soni anchagina ko‘paygan. Ularning aksariyati Shikarpurdan kelishgan.
O‘rta Osiyoda, asosan, sudxo‘rlik bilan shikarpuliklar shug‘ullangan. Tarixchi I. M. Reysner, “Shikarpur avloddan avlodga Afg‘oniston, Xuroson, Turkistonva qismon Eron bilan qizg‘in savdo qilib kelgan odamlari bilan faxrlanishi mumkin. Shikarpur o‘zining biror ishlab chiqargan tovari bilan maqtana olmagan va karvon yo‘llari kesishgan markan ham bo‘la olmagan”, deb yozadi26. Shikarpur savdogarlari Qobul, Qunduz, Xulm, Balx, Buxoro, Mashhad, Xirot, Seiston, Qandahorda o‘zining gumashtalariga ega bo‘lgan.
Bernsning ta’kidlashicha, XIX asrning 30-yillarida Kobulga 2000 tagacha bo‘lga tuyada ingliz-hind tovarlari keltirilgan edi. U taxminan 448 tonna chiqardi. U tovarlarning yarmi Buxoroga olib borilgan27. Ingiz tovarlaridan 1/40 yoki 2,5% boj solog‘i olingan. Boj solig‘idan tashqari poytaxtda Buxoro bilan Hindiston o‘rtasidagi savdodan tranzit boj solig‘i olingan. O‘rta Osiyoning Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo aloqalarida Kobul har doim muhim rol o‘ynagan. Shu bois Berns Buxoro savdosi Kobul savdosi bilan chambarchas bog‘liq, deb yozgan edi.
Hindiston bilan O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo balansi quyidagicha bo‘lgan. Har yili Hindistonga 12 lak tillo (lak – 100000 zolotix) jo‘natilgan. Ipak og‘irligi – 400 chervon, echki tiviti – 25 chervon, bir pud nasha narxi – 50 rublgacha turgan. A. Sh. Shomansurovaning yozishicha, har yili Buxoro, Qo‘qon, Toshkentdan Kobul orqali 10-15 ming tuyada yuklar 160-200 ming pud turli xil tovarlarni ortib Hindistonga olib ketilgan. Bu savdoda asosan afg‘onlarning loxaniy qabilasidan bo‘lgan povinda muhim rol o‘ynagan. Povinda bu savdodan katta foyda ko‘rgan.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi dalillardan bilib olish mumkinki, Buxoro amirligi Afg‘oniton va Hindiston bilan nafaqat faol savdo aloqlari olib borgan, balki, Buxoro rus va ingliz-hind tovarlarining Rossiya va Hindiston bo‘ylab aylanishida muhim tranzit markazi bo‘lib xizmat qilgan.


Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish