O‘zbekiston tarixi fani 5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши Mavzu



Download 100,02 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2022
Hajmi100,02 Kb.
#676980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farxodov Jamshidbek. Kurs ishi

Kurs ishi obyekti Buxoro amirligining ichki va tashqi savdo munosabatlari rivojlanishining omillari va bu munosabatlarning o‘ziga xos jihatlaridir.
Kurs ishi predmeti amirlikning ichki savdo munosabatlari hamda qo‘shni va chet el mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini xolis o‘rganib, tahlil qilish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan tegishli mavzu tarixini yozishda, ma’ruzalar jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Buxoro amirligida hunarmandchilikning taraqqiy etishi ichki va tashqi savdo rivojlanishiga turki bo‘ladi; Amir Shohmurodning pul islohoti ichki savdoni rivojlantiradi; Buxoro amirligi O‘rta Osiyoning boshqa davlatlariga nisbatan kengroq savdo aloqlarini olib borgan; Buxoro Hindiston va Rossiyani bir-biriga bog‘lovchi chorraha vazifasini o‘tagan; Xitoy tovarlari Qo‘qon xonligi orqali Buxoro va Xiva xonliklariga ular orqali esa Sharq davlatlariga kirib borgan.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I bob. Buxoro amirligining ichki savdo munosabatlari va qo‘shni xonliklar bilan savdo aloqalari.
1. Buxoro amirligining ichki savdo munosabatlari
XVII asr o‘rtasida vujudga kelgan Buxoro amirligining ilk davrlarida boshqa sohalar qatori savdo aloqalari rivojlanishi e’tibordan chetda qolmadi. Chunki bu davrga kelib savdo munosabatlarida zaiflashuv yuz berdi. Bunga sabab quyidagilardan iborat:
1. XVIII asr birinchi yarmid, ya’ni Ubaydullaxon (1702-1711-yillar) o‘ldirilganidan keyin Abulfayzxon davrida (1711-1747-yillar) kuchli siyosiy tarqoqlikning vujudga kelishi.
2. 1730-yillarda ko‘chmanchi qozoqlarning Zarafshon va Qashqadaryo vohalari bo‘ylab talonchilik amalga oshirishi.
3. Amirlikda beqaror vaziyatning yuzaga kelishi sabab ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligining o‘gir ahvolga kelib qolishi.
4. Xazina bo‘shab qolagani bois soliqlarning ko‘payib ketgani.
5. Ashtarxoniylar zarb ettirgan tanga pullarning qadrsizlanishi.
6. Mamlakatning ma’muriy tizimida parokandalik, amaldorlar o‘rtasida poraxo‘rlik, xon xazinasi va xalq mulkining talon-taroj qilish ishlarining kuchayishi.
Buxoro amirligi hukmdorlari va aholisi savdo-sotiq ishlariga katta e’tibor qaratishgan. Amirlikda hunarmandchilik va undagi ishlab chiqarishnins taraqqiy etishi doimiy savdo-sotiq munosabatlarining yanada kengayishiga asos bo‘lgan edi. XVIII asming ikkinchi yarmida Buxoro amirligining ko‘pgina shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e’tibor qaratilib, bu holat savdo munosabatlari rivojini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan edi.2
1747-yilda Eron shohi Nodirshoh vafot etganidan so‘ng Muhammad Rahimbiy vaziyatdan foydalanib qoladi va Abulfayxonni o‘ldirib amalda hokimiyatni egallaydi. Bu mang‘itlarning Buxoroda hukmronligini boshlab bergan dastlabki qaadam bo‘ladi, Muhammad Rahimbiy hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatda barqarorlikni o‘rnatish uchun soliqlarni kamaytirdi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini ancha tiklashga muvaffaq bo‘ldi, savdo munosabatlarining ham rivojlanishiga e’tibor berdi, poytaxt Buxoro atrofida barcha viloyatlarni birlashtirib siyosiy tarqoqlikka chek qo‘ya oldi. Ma’lumki, 1756-yili yirik davlat arbobi va aslzodalarning qo‘llab-quvvatlashi sabab Muhammad Rahimbiy o‘ziga “xon” unvonini olib rasmiy hokimiyatni ham o‘z qo‘liga qoladi, shundan so‘ng Buxoro hukmdorlari nomiga “xon” martabasi qo‘shib aytiladigan bo‘ldi, lekin davlat boshlig‘i unvoni rasman “amir”, davlat tuzilishi esa rasman amirlikm bo‘lib tarix sahnasiga kirib keldi.
Muhammad Rahimxon vafot etgach mamlakatda yana tartibsizlik paydo bo‘la boshladi. Doniyolbiy davrida (1758-1785-yillar) siyosiy tarqoqlik vujudga keldi. U faqatgina Buxoro va uning atroflarida barqarorlikni saqlab qola oldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda savdo-sotiq bilan, asosan, Buxoro ahli shug‘ullana olgan. Doniyolbiy otaliq poytaxt savdogarlariga bir qator imtiyozlar berdi. Chunki amirlik iqtisodiyotini ichki va tashqi munosabatlarini tiklash va rivojlantirish juda muhim edi.
1785-yili hokimiyatga kelgan Shohmurod davrida (1785-1800-yillar) mamlakatda barqarorlik yuzaga keldi, barcha sohalarda kabi savdo munosabatlari ham ancha rivojlandi. Amir Shohmurod Buxoro va Samarqandga alohida e’tibor bergan edi. Uning davrida Buxoroda ko‘plab karvonrasoylar bo‘lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do‘kon, ustaxona, mehmonxonalar bo‘lgan. Karvonsaroylar amirga, ayrim shaxslarga va vaqf mulklariga tegishli bo‘lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi boshqargan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to‘qqizda tim va chorsuda amalga oshirilgan.
Amir Shohmurod poytaxt Buxoro qatorida Samarqand obodonchiligiga ham e’tibor beradi. Buni Shohmurod amirlik taxtini egallashdan oldin 1780-1785-yillarda Samarqand hokimi bo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Bo‘lajak amirning Samarqandga alohida mehr qo‘yishi tabiiy hol edi. U Samarqannda ko‘plab qurilishlar olib boradi, uning hukmronligidan keyin shahar XIX asr boshida baland devor bilan o‘ratiladi. “Amir Shohmurod Samarqandga Zomin, Toshkent, Yom, Urgut, Marv hududlaridan aholini ko‘chirib o‘tkazgan hamda 24 ta guzarni shaharda shakllantirgan. Yominiy, Toshkentiy, Zominiy, Urgutiy shular jumlasidandir”3. Bundan ko‘rinib turibdiki, aholi Samarqandda ham bemolol savdo ishlarini olib borganlar.
Samarqandning Registon maydoni yonida Amir Shohmurod tomonidan qurdirilgan olti qirrali Chorsu inshooti Buxoro amirligi davrida yirik savdo maskanlaridan biri hisoblangan. Bu yerda kiyim-kechaklar, zargarlikm buyumlari, mushkambar va boshqa qimmat mahsulotlar sotilgan. Samarqandda ochiq bozor shahar markazi bo‘lgan Registon maydonida tashkil etilgan.
Shohmurod Shaharni tiklagach, u yerdagi savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, uning vafotidan keyin shahar rivojlana boshlaydi. Amir Shohmurod bunyod etgan guzarlardagi hayot hunarmandchilikka ixtisoslashgani bois shahar bozorlarida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘p bo‘lgan. Dastlab shahar atrofidagi hududlardan kelgan savdogarlar bu yerga kelib oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarni olib kelib sotishgan, mahsulot ayirboshlashgan.
Tez orada buxorolik va chet ellik savdogarlar Samarqandga tashrif buyirishadi. Qadimdan yirik savdo markazi bo‘lgan bu shahar necha yuz yillardan so‘ng yana gavjumlashadi. XIX asr o‘rtalarida samarqandlik savdogarlar ham amirlik hududidagi boshqa yirik bozorlarga, Qo‘qon xonligi, Afg‘oniston va Rossiya hududlariga ham borishadi.
Boshqa amirlar qatori Shohmurod davrida ham davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lmadi. Bu, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdam foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Hatto oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga ko‘tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi yetakchi o‘rin egallagan.
Amirlikning yirik shahalarlari – Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Denov ,Nurota asosiy savdo markazlari edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asr boshlariga kelib yirik karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Qarshi shahrining ahamiyati oshib ketadi. Ichki bozorlarda avvalo kundalk ehtiyoj mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar, paxta matolari, jun va ipak matolariga talab katta bo‘lgan4. Ichki savdoning taraqqiyotida yirik shaharlarning atrofida qishloqlar bilan iqtisodiy munosabatlari hamda shaharlararo savdo aloqalarining rivojlanganligi muhim omil bo‘lgan. Masalan, amirlikda bozorlar nafaqat shaharlar, balki ularning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini ham qondirgan. Amirlikdagi barcha shaharlarda, yirik qishloqlarda ixtisoslashgan bozorlarning mavjudligi ichki savdoning davlat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaganidan darak berardi.
Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to‘g‘riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimdir xaridorning haqqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: “Men shayton yo‘liga kirib, xaridorni aldadim”, - deb jar solishga majbur etilardi.
O‘rta Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat vazifasini ham bajargan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko‘rsatilar edi. “Savdo-sotiq markazi Buxoroda 1848-yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar mavjud bo‘lgan”5.
“Buxoro amirligining barqarorligini ta’minlagan, iqtisodiyotining rivojlanishga zamin yaratgan, ichki va tashqi savdo munosabatlarida asosiy rol o‘ynagan voqea Amir Shohmurodning pul islohotini o‘tkazishi bo‘ldi. Amir Shohmurod mang‘it hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib yangi pul tizimiga asos soldi. U to‘la qimmatga ega bo‘lgan “ashrafi” yoki tillo deb nomlangan oltin tanga, kumush va mis pullarini zarb qildi. Bu pullatr1904-1905-yillargacha zarb qilingan, muomalada bo‘lgan. 1785-yilga qadar Buxoro davlatida ashtarxoniylar zarb etgan tarkibida aralashmasi ko‘p va sof bo‘lmagan kumush tangalar muamalada bo‘lib kelgan. Mazkur tangalarning ko‘rinishi to‘la yumaloq bo‘lmagan shaklda va tanganing faqat markaziy qismidagi yozuvlardagina qisman o‘qilishi mumkin bo‘lgan”6.
Lekin Amir Shohmurod butun hukmronligi davomida faqat otasi nomidan tangalar zarb qildirgan, o‘z ismini tangalar va xutbada keltirishni taqiqlab qo‘ygan. Chunki Doniyolbiy otaliq tabiatan samimiy va ko‘ngli toza odam bo‘lsa-da, hukmdor sifatida obro‘siz bo‘lgan. Shohmurod esa otasining ismidan pul zarb etishdan foydalanib, shu yo‘l bilan o‘z otasining siyosatidagi mavqeyini oshirish orqali, ya’ni g‘oyaviy tomonlama mang‘itlar sulolasi hukmronligini mustahkamlashga harakat qildi. U zarb etgan tangalar “Amir Doniyol” deb yozilgan. Masalaning mohiyati shundaki, Doniyolbiy amir emas, otaliq lavozimida davlatni boshqargan (u rasmiy hukmdor Abdulg‘oziyning otalig‘i bo‘lib davlatni boshqargan). Shohmurod otasining ismi oldiga amir nomini qo‘yib o‘zining amirzoda ekanligini, dabvlatning qonuniy egasi ekanligini isbotlamoqchi bo‘lgan. U zarb etgan tangalarni oddiy xalq: hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, shuningdek, unchalik katta bo‘lmagan zodagonlar qatlami ham meno‘lik qilmasdan qabul qildi va tez orada butun amirlik bo‘ylab faqat ashrafi tangalar muomalga kirdi.
Amir Shohmurodning tangalari mamlakat bo‘ylab tez tarqalishiga yana bir sabab, amir har bir shaxsning kumush tangalarni o‘zi mustaqil zarb qilishiga sharoit yaratib berishidir. Fuqarolar esa o‘z navbatida foiz hisobida bu ishi uchun davlat xazinasini foydasiga haq to‘lashi kerak edi.
Amir Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti natijasida mamlakatning ichki va tashqi savdosi oldingi davrdan sezilarli darajada ancha o‘sdi, bu esa hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Amir Shohmurod tangalarining ko‘p miqdorda zarb etilishi oltin va kumush tanqisligiga olib keldi, lekin buxorolik savdogarlarning sa’y-harakatlari bilan chetdan katta miqdorda oltin va kumush olib kelishi natijasida bu muammo o‘z vaqtida deyarli hal bo‘lgan.
Amir Shohmuroddan keyin uning o‘g‘li Amir Haydar o‘zi va otasi nomidan oltin va kumush tangalar zarb ettirgan edi. Ayni Amir Shohmurod va Amir Haydar davrida tanga pullar zarb ettirishga katta urg‘u berilgan edi. Keyingi davrlarda rsa Buxoro hukmdorlarning tanga zarb ettirishlari sezilarli darajada pasaygan edi.
Buxoro amirligining iqtisodiyotini ko‘targan va savdo munosabatlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan sohalardan biri qishloq xo‘jaligi sohasi edi. Kanallar, qal’a, ko‘priklar, yo‘llar ta’miri hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan. Oldinlari hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab hasharchilar hasharga oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo‘lgan. Lekin Amir Shohmurod davrida hashar ishlari uchun xazinadan pul ajratilgan.
Dehqonchilikka kelsak, amirlik yerlarida paxta, bug‘doy, jo‘xori, tariq, arpa, beda yetishtirish dehqonchilikning asosini tashkil qilgan. Deyarli har bir dehqon xo‘jaligida ehtiyoji va sotish uchun paxta yetishtirilardi. Ipakchilik ham rivoj topgan edi. Bog‘dorchilik, polizchilik va sabzavotchilik keng rivojlangan. Piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun, tarvuz, olma, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, bok, yong‘oq, bodom, anjir, uzum yetishtirilar edi. Buxoro amirligi o‘zining uzum va qovuni bilan mashhur edi. Ayni paytda bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Hatto ko‘pgina shaharlani bog‘lar o‘rab turardi. 4 qismdan iborat alohida bog‘lar ham bo‘lardi. Bog‘ qismlarining har birini ariqlar ajratib turgan. Bunday bog‘lar chorbog‘ deb atalgan.
Savdo munosabatlarining rivojlanishiga ta’sir etgan omillardan yana biri bu bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bo‘ldi. “Doniyolbiy otaliq davrida vaqf mulklari og‘ir ahvolga kelib qolgan edi. Amir Shohmurod taxtga kelgach, vaqf mulklarini tiklab, uning faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Uning davrida ko‘p madarasalar, masjidlar va xonaqohlar faoliyati tiklandi, xaroba bo‘lib qolgan maqbara va mozorlar obodonlashtirildi”7. Bundan tashqari davlat ahamiyatiga molik ko‘pgina binolar va inshootlar ta’mirlandi.
Amir Shohmurod davrida karvonsaroylar va bozorlarning ta’mirlanishi hamda yangi qulay karvonsaroylarning bunyod etilishi, qulay sharoit va imkoniyatlar bilan ta’minlanishi bu savdo munosabatlarini rivojlanishidagii eng muhim ishlardan biri bo‘ldi. Bozorlar davlat nazoratiga olindi, bozor nazorati bilan shug‘ullanuvchi alohida muhtasib lavozimi ta’sis etildi. Ma’lumot o‘rnida, Muhtasib (rais) – musulmonlar tarafidan shariat qoidalarining bajarilishini kuzatuvchi, bozorlardagi tosh-tarozining to‘g‘riligini tekshiruvchi amaldor hisoblanadi.
Buxoro amirligi ichki savdo munosabatlari haqida xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlat va hukmdorlar tashqi savdodan tashqari ichki savdo rivojiga, bozorlar va karvonsaroylar faoliyatiga alohida e’tibor berishgan. Shuning uchun ham ashtarxoniylar davrida xarobaga aylangan savdo inshootlari, mang‘itlar davrida qayta qurilgan, ta’mirlangan va faoliyatini davom etgan.


Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish