O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

72-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli
turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish,
ularga takroran ko‘chib kirish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni
hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran
ko‘chib kirish ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(72-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)


73-modda. Boshqa obod turar joy bergan holda harbiy shaharchalardan ko‘chirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar hamda
ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek ular bilan yashovchi shaxslar harbiy shaharchalardagi
o‘zlari egallab turgan turar joydan boshqa obod turar joy berilgan holda ko‘chirilishlari mumkin.
Harbiy tashkilotlar bilan aloqasini uzgan boshqa shaxslar ham harbiy shaharchalardan xuddi shu
tartibda ko‘chiriladilar.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli 
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2009-y., 52-son,553 -modda)
74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan ko‘chirish
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi
turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni
buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan yoxud
turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash
imkonini bermayotgan bo‘lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta’sir choralari natija bermagan
bo‘lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy
haqini olti oy to‘lamagan bo‘lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to‘lov
muddati o‘tganidan so‘ng ikki martadan ortiq to‘lanmagan holda ijaraga beruvchi yoki o‘zga
manfaatdor shaxslarning talabi bo‘yicha aybdorlarni ko‘chirish boshqa turar joy bermasdan
amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik
huquqidan mahrum bo‘lganliklari uchun o‘z farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb
topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari mumkin.
Birga yashash imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishi lozim
bo‘lgan shaxslar o‘zlari egallab turgan turar joydan ko‘chirilish o‘rniga uni almashtirishdan
manfaatdor taraf ko‘rsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari
mumkin.
Turar joyni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu
Kodeks 70-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan tartibda ko‘chiriladilar.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish