O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


IV BO‘LIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISh, ULARDAN FOYDALANISh



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

IV BO‘LIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISh, ULARDAN FOYDALANISh
8-bob. XIZMAT TURAR JOYLARINI BERISh VA ULARDAN FOYDALANISh
75-modda. Xizmat turar joylari
Xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda
yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb
hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan, mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan
shaxslarga, harbiy xizmatchilarning ayrim toifalariga, shuningdek qonunchilikda belgilangan
ro‘yxatdagi boshqa shaxslarga beriladigan turar joylar ham xizmat turar joylariga kiritilishi mumkin.
(75-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Belgilangan tartibda oilaviy bolalar uyi tashkil etilganda tarbiyasiga olingan bolalar bilan
birgalikda yashashi uchun tarbiyachi – ota-ona etib tayinlangan fuqarolarga xizmat uyi yoki xizmat
kvartirasi beriladi.
Xizmat turar joylaridan o‘z maqsadida foydalaniladi.
Xizmat turar joylari mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga,
saylab qo‘yiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi.
Xizmat turar joylarini berish tartibi, shuningdek ularni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar
toifalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
76-modda. Ijara shartnomasini tuzish
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish,
xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o‘rtasida tuziladi.


Xizmat turar joyi ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish