O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

84-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish
Nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda
boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi.
85-modda. Maxsus uylardan ko‘chirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Maxsus uylardan ko‘chirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek o‘quv yurtlarida o‘qishni
tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki o‘qishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan
boshqa turar joy bermasdan ko‘chiriladilar.
Ushbu Kodeksning 
80-moddasida 
qayd etib o‘tilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan
yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan ko‘chirish ushbu turar
joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital ta’mirlash tugaganligi, boshqa turar
joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va o‘zga
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.


(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
V BO‘LIM. TURAR JOY ARENDASI
86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda
shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun
foydalanishi mumkin.
(86-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-313-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan
tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(86-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son
— 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
turar joy arendasining muddatlari;
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to‘lash muddatlari;
arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnoma muddati o‘tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi;
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha taraflarning
majburiyatlari;
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari,
shartlari va tartibi;
taraflarning javobgarligi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq
boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish