O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

saqlanib qolishi
Arendaga berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning o‘zga
shaxsga o‘tishi arenda shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.
93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi asoslari
Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma
shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud
qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ketma-
ket ikki martadan ortiq to‘lanmayotgan bo‘lsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi
mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan
ko‘chirilishi kerak.
94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni
ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor bo‘lishi
Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi
arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor bo‘lishiga olib keladi.


Agar turar joy arendasi shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksida
nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi
arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi.
95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash
Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati o‘tganidan keyin ham arendaga oluvchi
arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi
shartnoma muddati o‘tgunga qadar bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, agar shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma xuddi o‘sha shartlar asosida qayta
tiklangan deb hisoblanadi.
Turar joy arendasi shartnomasining muddati o‘tganidan keyin shartnoma bo‘yicha o‘z
zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi
shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish