O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


VI BO‘LIM. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

VI BO‘LIM. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR
10-bob. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARINI TAShKIL ETISh
96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari
Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o‘z mablag‘lari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi
yo‘li bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun tashkil
etiladi.
Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan
(uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil
etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha a’zolari turar joylarning
mulkdorlari bo‘lsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega bo‘ladilar.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tgan
paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi
Fuqarolar o‘zlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy
kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin kirish badalini
hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada
belgilangan o‘z pay badallari qismini to‘lagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning a’zosi deb
tan olinadi.
Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay
badallarini to‘lagan fuqarolar faoliyat ko‘rsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi
bo‘lishlari mumkin.
98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qabul qilgan
ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Uy-joy
qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
ariza;
umumiy (ta’sis) yig‘ilishning bayonnomasi;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(98-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi,
shuningdek “kooperativ” so‘zi bo‘lishi kerak.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar
belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul
qilinadi:
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati to‘g‘risida;
(98-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi
qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro‘yxatdan o‘tkazish rad
etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan
vajlar bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(98-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish