Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi
Emulsiya turlarining o‘zgarishi, ya‘ni moyning suvdagi, suvning moydagi emulsiya turlarini bir-biriga almashinishini amaliyotda kuzatish mumkin. Bu holat asosan emulsiya tarkibiga biron-bir modda qo‘shilishi asosida yoki bu emulsiyalar saqlash sharoitining o‘zgarishi natijasida ro‘y beradigan holatdir.
Misol: moyning suvdagi emulsiya turlari yog‘ kislotalaridan oleat natriy tuzi bilan turg‘unlashtirilgan.
Emulgator sifatida olingan oleat natriy suvda yaxshi eriganligi tufayli to‘gri turdagi emulsiyaning turg‘unligini saqlaydi. Agar shu emulsiyaga biron-bir og‘ir metall tuzlaridan ta‘sir ettirilsa, faza almashish xodisasi, ya‘ni emulsiya moyni suvdagi turidan suvni moydagi turiga aylanadi. Bu xodisaning ro‘y berishiga sabab — oleat natriyni og‘ir metal tuzlari bilan hosil bo‘lgan tuz suvda erimay moyda yaxshi erishi fazaning o‘zgartirilishiga, ya‘ni moyni muxitga va suvni fazaga aylantiradi. Karama-qarshi emulgator qo‘shilganda fazalar o‘zgarishi tez bo‘lmaydi. Oldin emulsiyaning ikki turi hosil bo‘lib, keyin bitta turg‘unrok turini, ya‘ni emulgator yaxshi eriydigan muxit barkarorlashadi. Emulsiyalar turlarining o‘zgarishiga olinadigan moddalarning nisbati ham sababchi bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab emulsiyada moyni suvdagi va suvning moydagi aralashmasi turlari yuzaga keladi.
Emulgatorlar
Emulgatorlar emulsiya tayyorlash uchun zarur komponent hisoblanadi. Ularning dispers faza zarrachalari maydalik darajasini oshirish kobiliyati va shu mayda zarracha atrofida mustaxkam parda hosil kilish xususiyatlari emulgator kimmatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Bundan tashkari, emulsiya hosil kilish uchun emulgatordan ketadigan miqdor hamda uning bor-yo‘kligi, kiymati, biofarmatsevtik xususiyatlari hisobga olinmogi shart.
Emulgatorlar farmakologik jixatdan ta‘sir etmaydigan, ayniqsa, salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydigan modda bo‘lishi kerak. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning ko‘pchiligi ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moyning suvdagi emulsiyasi shaklida bo‘ladi. Emulgator sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatiladi. Emulgatorlarning ko‘pchiligi tabiiy moddalardir. Elimlar, shilimshiqlar, oksil modda va boshqalar.
Sintetik va yarim sintetik moddalardan iborat ba‘zi bir emulgatorlar yuqori molekulali moddalar bo‘lib, ularga tvinlar, spanlar va ularning hosilalari kiradi. Hamma emulgatorlar ionlanish xossasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Ionogen emulgatorlar. 2. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar.
3. Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |