Ba‘zi gidrofob suyuqliklarni emulgirlashga kerak bo‘ladigan emulgatorlarning GLB
ko‘rsatkichi24
-
Suyuqlik
|
GLB ko‘rsatkichi
|
24 Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (100 bet)
-
Mum
|
12
|
Setil spirti
|
15
|
Paxta moyi
|
10
|
Sussiz lanolin
|
10
|
Vazelin
|
12
|
Parafin
|
11
|
Petrolat
|
12
|
Stearil kislota
|
15
|
Stearil spirt
|
14
|
25
Ionogen emulgatorlar
25 Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed. Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 s)
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) — linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. SHilimshiq va pektin moddalar ham ishlatiladi. bo‘lar o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning yuqori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil kilishi, ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.
Elimlar
Elimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya pardasini tashqil qiladi.
Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot. YUqori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. YOmon navi juda bo‘yalgan va ifloslangan (tuprok, po‘stlok va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab elimining 1 qismi 2 qism suvda sekin eriydi va quyuq yopishkok eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash xususiyatini bilish mumkin. YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil kilish uchun 10 qism yog‘ga 5 qism elim olinadi.
O‘rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O‘rik elimi daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan ok kukun holidagi modda. 10 qism yog‘ga 3-4 qism elim olinadi.
Tragakant — (Gummi Tragacanthae).
Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg‘un emulsiya hosil qiladigan eski murakkab emulgator.
Do'stlaringiz bilan baham: |