O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


Yadroviy zararlangan o'choqda dastlabki shifokor yordamini tashkil etish



Download 2,55 Mb.
bet125/179
Sana11.01.2017
Hajmi2,55 Mb.
#132
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179
Yadroviy zararlangan o'choqda dastlabki shifokor yordamini tashkil etish.

Shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordami dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi, zarar topgan o'choqda qolgan davolash-muhofaza muassasalari va fuqarolar muhofazasining harbiy qismlaridagi tibbiy bo'limlar tomonidan amalga oshiriladi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining shikastlangan o'choqqa jo'natilishi shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'ining buyrug'iga ko'ra ado etiladi. Buyruqda jo'natilishning boshlanish vaqti, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining o'rni, harakat yo'nalishi zararlangan o'choqning qayerida tashkil etilishi, ish boshlash joyiga yetib kelish vaqti, qaysi inshootlardan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi shikastlanganlarni qabul qilishi hamda shikastlanganlarni tashqaridagi joyga ko'chirish yo'llari o'z ifodasini topadi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi yo'lga tushishni bitta harakat guruhi bilan boshlab harakat xavfsizligi va qo'yilgan vazifalarni bajarishni ta'minlovchi eng katta tezlikda yurishni amalga oshiradi. Odatda DTYKGning tezligi kundo`z kunlari soatiga 30-40 km. kechalari esa 25-30 km ni tashkil qiladi.

Harakat qilish uchun ko'rsatma olgan DTYKGning boshlig'i haritalar bo'yicha harkatlanish yo'nalishini o'rganadi va harakat qilish chog'ida bajariladigan vazifalarni aniqlaydi. Bu paytda u quyidagilarga e'tiborini qaratadi:


  1. harakat qilishning xususiyatlari;

  2. DTYKGning harakat qilish tartibini to`zish;

  3. avtotransportlarning harakat tezligi va ular orasidagi o`zoqlik (distansiya);

  4. ishlash joyiga yetib kelish vaqti;

  5. kolonnada o'zining va muovinining joyi;

6) belgilar, ularni namoyon qilish tartibi, ular bo'yicha harakat qilish.
Undan tashqari DTYKGning boshlig'i har bir avtotransportdagi

nazoratchilar va guruh sardorlarini tayinlaydi. Avtotransportlar bir-birini quvib o'tishi man etiladi. Zararlangan joy qismlari aylanib yoki zudlik bilan kesib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tish oldidan DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan shaxsiy tarkib shaxsiy doridondagi birinchi sonli radiofaol himoya vositasini qabul qiladi va nafas olish a'zolarini himoyalovchi shaxsiy vositalarini kiyadi. Avtotransportlarning tezligi va ular orasidagi masofa o`zayadi. Kimyoviy va bakteriologik shikastlangan joylar odatga ko'ra aylanib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tib bo'lingach zarur hollarda DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan qisman sanitar ishlov o'tqaziladi. Qish oylarida yurish amallari bajarilsa, u holda yuqorida aytib o'tilgan amallardan tashqari shaxsiy tarkibni sovuq urib ketmaslik choralari ko'rilishi kerak.

DTYKG harakati yo'lida va shikastlangan o'choqda tibbiy nazorat-josuslikni amalga oshirish niyatida tarkibdan tashqari tibbiy nazorat guruhi tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo'lishi mumkin:

1 ta shifokor va 2 ta tibbiyot xodimlari. Ushbu guruh avtotransport va radiatsiyaviy hamda kimyoviy nazoratlarni amalga oshirish maqsadida qo'llaniladigan asboblar bilan ta'minlanadi. Guruh vazifalari quyidagilardan iborat:

1) harakat yo'nalishidagi va ehtimoliy faoliyat boshlanadigan
joydagi ionlovchi nurlanish dozasi quvvatini aniqlash;

2) mazkur tumanda DTYKG uchun joy tanlash;



  1. qutqaruv ishlari olib borilayotgan joylardan shikastlanganlarni DTYKG ga olib keladigan yo'nalishni belgilash;

  2. tibbiyot nazorati guruhi aloqa vositalari bilan ta'minlanmaydi. Shu sababli ko'ra oldida turgan vazifalarni bajargan guruh

DTYKGga yoki uni dastlabki DTYKGning boshlig'i aniqlab bergan manzilda kutib olish va olingan natijalarni unga yetkazadi. DTYKG boshlig'i nazorat guruhi keltirgan ma'lumotlar asosida o'zgartirishlar kiritishi mumkin bo'lgan guruh bilan birga nazoratchilar taklif etgan joyga qarab yo'l oladi. Ko'rsatilgan joyga yetib kelgach DTYKGning boshlig'i joyni har taraflama ko'rib chiqadi va DTYKGning faol qismlari bo'limlarini joylashtirish tarkibi haqida qaror qabul qiladi.

Joylashish yerini tanlash chog'ida tibbiy nazorat guruhi quyidagi talablarga asoslanib ish ko'radi:



  1. DTYKG radiofaol moddalar bilan zararlanmagan joylarda yoki ionlovchi nurlanish dozasining quvvati 0,5 rentgendan oshmagan yerlarda o'z faoliyatini tashkil qilishi mumkin.

  2. DTYKG shahar qurilmalari kuchsiz vayron bo'lgan joylarda (ortiqcha bosimi 10-20 kPa o'choqdan tashqarida) chodirlarga ega bo'lmay, saqlanib qolgan imoratlar va qurilmalarda joylashadi. Imqoniyat mavjud hollarda, ushbu maqsadda saqlanib qolgan -davolash muassasalari va ular yaqinidagi binolardan foydalaniladi;

  3. joylashish maskani qutqaruv ishlari olib borilayotgan inshootlardan shikaslanganlarni ko'chirish yo'nalishi bo'yicha bo'lishi kerak. Imqoniyat bor joylarda DTYKG suv manbalariga yaqin bo'lgani yaxshi. Ammo bu talab asosiylar qatoriga kirmaydi.

DTYKGni joylashtirish vaqtida shaxsiy tarkib va shikastlanganlarni dushman tomonidan qayta qo'llaniladigan shmmaviy qirg'in qurollari (OQQ) ta'siridan himoya qilish tadbirlarini oldindan ko'ra bilishi talab qilinadi.

DTYKGga quyidagi vazifalar yuklatiladi:



  1. shahardan tashqarida DTYKG joylashgan maskanda harakat yo'nalishi va zararlangan o'choqda tibbiy nazoratni olib borish;

  2. shikastlanganlarga qisman sanitar ishlovini berish va ularning kiyimlari va poyabzallarini qisman dezaktivatsiya qilish;

  3. shikastlanganlarni qabul qilish va ularni tibbiy jihatdan saralash;

  4. shikastlanganlarga dastlabki shifokor va imqoniyat mavjud hollarda hayot-mamot masalasi hal etilayotgan vaqtda kechiktirib bo'lmaydigan jarrohlik amalini bajarish;

  5. o'zi yura olmaydigan og'ir bemorlarni vaqtinchalik shifoxonaga yotqizish;

  6. yuqumli kasalliklar bilan og'rigan asabi keskinlashgan kishilami vaqtinchalik alohidalash;

  1. shikastlanganlarni shahar tashqarisidagi joylarga davolash-muhofaza muassasalariga ko'chirish maqsadida tayyorlash;

  2. oddiy tahlil izlanishlari va dozimetrik nazoratni amalga oshirish;

  3. DTYKG belgilagan inshootlarda faoliyat ko'rsatayotgan joyga SGni tibbiy anjomlar bilan ta'minlash;



  1. DTYKGda bo'lgan shikastlanganlarning ovqatlanishini tashkil qilish;

  2. tibbiy hisobot olib borish.

DTYKGning asosiy maqsadi shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordamini berishdan iborat. Dastlabki shifokor yordami bajaradigan muolajalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

1) jarohat infeksiyasi oldini olish (muhofaza zardoblarini.


antibiotiklar vab.);

2) qon oqishini mutlaq to'xtatish;

3) karaxt holatiga qarshi (shikastlanganlar tanasini ichki va tashqi
tomondan isitish, venaga dorivor moddalar, qon o'rnini bosuvchilar,
navokain to'sig'i - blokadasi, og'riq qoldiruvchilar, nafasni
rostlovchilar, yurak-qon tomir va asab tizimlari faoliyatini me'yorga
keltiruvchilar va b.) (101 -102, 103-rasmlar);






Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish