100-rasm. Yordam ko'rsatadiganlar ikki kishi bo'lsa, ana shunday sun'iy nafas oldiriladi va yurak massaj qilinadi.
Yordam beruvchilar 2 kishi bo'lsa, ulardan biri har safar «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berganida 2-si esa ko'krak qafasini 5 marta qisishi lozim (100-rasm).
Sun'iy nafas oldirilib, yurakni uqalayotgarida uyqu arteriyasi tebranishiga, ko'z qorachig'ining torayishiga, terining qizarishiga e'tibor berish lozim, chunki ular harkatlarining ijobiyligidan darak beradi.
OSHQOZONNI YUVISH
Mabodo biron-bir zahardan yoki ovqatlanish natijasida qayd qilish, qusish yo`zaga kelib chiqqan bo'lsa u holda tanani ushbu zararli moddalardan halos qilish usullaridan biri bo'lmish oshqozonni yuvish muolajasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayni maqsadda, quyidagi narsalar kerak bo'ladi:
1) bemor oldi ifloslanmasligi uchun o`zun, suv yuqtirmaydigan
lungi (fartuk);
-
hajmi 5 litr atrofida bo'lgan chovgun;
-
qaynatilib, iliq holga keltirilgan suv;
-
suvdagi 1% li osh to`zi yoki osh sodasining eritmasi;
-
tos;
-
oshqozonga tushiriladigan rezinkali nay;
-
voronka;
suv qaytib tushgach to'qilgan yuvindisi sachragan joyni artish uchun pol latta;
-
pol lattani ushlagichi (shvabra);
-
supurgi;
10) xokandoz;
11) oshqozon yuvilganidan so'ng yo`z, og'iz atroflarini artish
uchun sochiq;
-
soat;
-
hajmi 0.5 litrli kosa, cho'mich;
14) yumshoq santimetrli tasma;
15)cho'tka;
16)sovun;
-
vazelin yoki terini yumshatuvchi moy-upa (krem);
-
stul;
-
oyoqlar ostiga rezinkali gilamcha;
Me'dani yuvish paytida diametri 10-12 mm (teshigining diametri 8 mm gacha) bo'lgan o`zun oshqozon rezinkali naydan foydalaniladi. Uning devorlarining qalinligi 1 -2 mm bo'lib zichligi qattiqdek seziladi.
Bunday zondning bir uchi kengroq bo'lib, 2-uchida esa, yon tomonlarida 2 ta teshikchalar bo'ladi. Zondga shisha yoki plastmassadan tayyorlangan voronka kiygiziladi. Uning me'daga kiritiladigan uchiga glitserin, iliq holdagi qizdirilgan o'simlik moyi yoki toza vazelin surtiladi. Nayni me'daga kiritish jarayoni quyidagi amallar majmuasidan iborat:
-
bemor stulga o'tqaziladi;
-
boshini salgina oldinga egiladi;
-
tibbiyot xodimi bemorning o'ng tomonida turadi;
-
u o'ng qo'li yordamida nayni og'iz bo'shlig'iga, undan so'ng esa xaqlumning oxirigacha kiritadi;
-
bemorga chuqur-chuqur nafas olish buyurilib, reflektor yoki yutish usullaridan foydalanib nay qizilo'ngach bo'ylab harakatga kelitiriladi.
-
qizilo'ngach bo'ylab naydagi to 40 sm deb yozilgan o'lchamga kelgunicha qizilo'ngach bo'ylab, nayni kiritish davom ettiriladi;
-
nayning me'da bo'shlig'iga tushganligi yengil pastga tushib ketganlik sezgisi orqali bilinadi.
Me'dani yuvish 2 bosqichdan o'tadi:
1) voronka bemor og'zidan yuqoriga qiya ko'tariladi.
2) keyin nayni chap qo'l bilan ushlab turib, uning uchiga voronka
kiydiriladi;
3) voronkani bemorning tizzasi balandligigacha pastga tushiriladi;
4) shu holda turgan voronkaga 1 litrgacha yuvish uchun olingan
iliq holdagi suyuqlik solinadi;
-
voronkani qiyalab ushlab, sekin-asta tepaga ko'tariladi;
-
yuvish suyuqligi me'da ichiga kiradi;
7) yuvish suyuqligi voronkaning bo'yin qismigacha me'daga
kirgach, uni bemorning tizzasini balandligigacha pasaytiriladi;
-
pastga tushiriladigan voronkaning lagan qismi yuqoriga qaragan bo'Iishi lozim;
-
voronkaning lagan qismi me'dadan chiqqan yuvindi bilan to'lgach, uni chelakka ag'dariladi yoki maxsus o'lchagichli idishga to'qiladi;
-
voronka lagani qaytadan yuvish suyuqligi bilan to'ldiriladi;
-
jarayon 2-3 marta qaytariladi;
Bolalar me'dasini yuvish maqsadida amalda diametri 6-8 mm bo'lgan bolalar rezinka nayidan foydalaniladi. Bolalar uchun nayning o`zunligi 50-60 sm bo-lib. uning uchiga kiydiriladigan voronka hajmi 100-200 ml atrotida bo'ladi. Bolalarning me'dasi yuvilayotgan paytda bola kichik hamshira qo'lida o'tiradi. Kichik hamshira bolaning boshini to'g'ri ushlab turadi. Nay oldindan qaynatiladi. So'ngra yuvish suyuqligi (sterillangan suv yoki osh sodasining eritmasi) bilan to'ldiriladi. Rezinkali nay qisqich yordamida qisiladi. Nay tezlikda bola og'ziga kiritilib xaqlumning orqa devoriga olib borilib tezda qizilo'ngach orqali kiritiladi. Bolalarning og'iz teshigidan to me'daning kirish teshigigacha bo'lgan masofani aniqlash maqsadida quyidagi formuladan foydalanish mumkin: (x=0,2; x-bola tanasining o`zunligi, sm) + 6,3 . Nay uchi me'da ichiga kirgach, naydagi qisqich olinib bolaning me'dasi bo'shlig'iga 60-200 ml yuvish suvi kiritiladi keyin voronka tezda pastlatiladi. Shu paytda sifon qonuniga ko'ra me'da ichidagi yuvindi suyuqligi tashqariga chiqadi. Bunday harakatlar 2-3 marta qaytariladi.
ICHNI SURUVCHI HUQNALAR
Bunday huqnalar to'g'ri ichakning me'yordan tashqari holatiga tashxis qo'yish yoki davolash uchun har xil suyuqliklarni yuborish maqsadida qo'llaniladi. Davolash huqnalari 2 turli bo'ladi:
1) tchni bo'shatish maqsadida suyuqlik yuboriladi;
2) ichakka suyuqlik tarkibida mahalliy va so'rilish ta'siriga ega
bo'lgan vositani kiritiladi.
Birinchi turdagi huqnaga ichakni tozalovchi, yumshatuvchi va yuvuvchi 2-siga esa dorili - tomchilab yuboriladigan va oziqlantiruvchi huqnalar taalluqlidir. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida ko'pincha ichakni yuvadigan huqnalar qo'llaniladi.
Ichakni tozalash huqnalari quyidagi holatlarda ishlatiladi:
-
har xil sabablarga ko'ra ich qotganida;
-
ichki va tashqi zaharlanish paytlarida;
3) jarrohlik muolajasidan, ko'z yorishidan, qorin bo'shlig'i va
kichik tos a'zolarini rentgenologik tahlilidan oldin, dorilarni tomchi
va oziqlantiruvchi huqnalar orqali yuborishdan avval.
Huqnaning mexaniq ta'siri, suyuqlik miqdori, bosimi va kiritish tezligiga, bemorning holatiga, tanasining qay holdaligiga bog'liq bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarga 1 litr (750-2000 ml) suv olinadi.
Idish qanchalik yuqori ko'tarilsa yuboriladigan suyuqlik bosimi ham shunchalik baland bo'ladi. Odatda huqna qilishda harorati tana haroratiga teng yoki iliq (37-39°) suv olinadi.
Ichni suruvchi huqnalar (moyli va gipertonik) ko'p suyuqlik yuborish orqali qilingan huqnalar foydasiz bo'lgan paytlarda amalga oshiriladi.
Moyli huqna spastik ich qotishida va yo'g'on ichak yallig'langanida tavsiya qilinadi. Odatda o'simlik moyi (kungaboqar, kunjut, paxta moyi va tibbiy vazelin) qo'llaniladi. Moyni ichakka yuborish uchun rezinkali nokcha yoki 100-200 ml hajmli Jane bosqichidan (shpris) foydalaniladi. Buning uchun nokchaga yoki bosqichga rezinkali boshcha kiydiriladi. Moy sekinlik bilan yuboriladi. Gipertonik huqnada 10% osh to`zi yoki 20-30% oltingugurt to`zi eritmasi ishlatiladi.
Mabodo tozalovchi huqnalar naf bermasa, sifonli huqna amalga oshiriladi. Uni quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
-
ichakdan narsa o'tmaganida;
-
ovqatdan yoki boshqa sababli zaharlanishda;
-
ichakdan havoni chiqarish va davolash maqsadida;
4) yo'g'on ichakning pastki qismini yuvishda (masalan,
rektoromanoskopiyada).
Sifonli huqna uchun sterillangan, o`zunligi 1,5 m, diametri 1,5 sm bo'lgan uchiga 0,5 1 suyuqlik sig'adigan voronka kiydiriladi. Rezinkali naycha 5-8 I dezinfeksiyalovchi suyuqlik (kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi) yoki harorati 38° gacha bo'lgan qaynatilgan suv va to'kish uchun paqir tayyorlanadi hamda suyuqlik solingan idish qo'yiladi. To'g'ri ichakka kirgiziladigan rezinali naychaning uchiga yaxshilab vazelin surtib, ichakning ichiga 20-30 sm chuqurlikka kiritiladi. Voronka bemor tanasidan sal pastroqda egilgan holatda ushlab turiladi. Shundan so'ng asta-sekin voronka suyuqlik bilan to'ldirilib tana ustidan yuqoriga 0,5 m gacha ko'tariladi. Huqna uchun qo'llanilayotgan suyuqlik sathi voronkaning bo'g'zigacha tushganida uni pastga tushiriladi. Biroz vaqt o'tgach voronka ichida havo pufakchalari, so'ng najas parchalari paydo bo'lib, voronkadagi illatlar tosga to'qiladi va u yana suv bilan qaytadan to'ldiriladi. Jarayon bir necha marta qaytariladi.
Dorili tomchilab qilinadigan va oziqlantiruvchi huqna odatda tozalovchi huqnaning ta'siridan keyin (20-30 daqiqa o'tgach) amalga oshiriladi.
To'g'ri ichakka asosan mahalliy (yallig'lanishga, siquvlarga, parazitlarga va b.) yoki umumiy ta'sirga ega bo'lgan dorilarni yuborishda dorili huqnalardan foydalaniladi.
KATETERIZATSIYA- PESHOB PUFAGINI BO'SHATISH
Kateterlash yumshoq rezinali elastik va metalldan hamda plastmassadan tayyorlangan bo'Iishi mumkin.
Metall va rezinali kateterlarni qaynatib. elastiklarini esa, formalin bug'i yordamida mikrojonzotlardan tozalanadi.
Kateterni erkaklarga qo'yish xotin-qizlarga qo'yishga nisbatan qiyinroq bo'ladi, chunki ularni peshob chiqarish naychasi 20-25 sm bo'lib, ikki joyidan odatda qisilgan bo'ladi. Bunday sharoitda kateterning o'tishi qiyinlashadi.
Kateterni qo'yishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish tavsiya qilinadi. Buning uchun qo'llarni yaxshilab sovun bilan yuvish, keyin spirt va yod critmasi bilan artish kerak. Jinsiy a'zolar bor kislotasining eritmasiga shimdirilgan paxta, bint bilan artiladi. Vazelin moyi yoki glitserin surtilgan kateter pinset (qisqich) yoxud sterillangan doka bilan ushlanib peshob chiqarish yo'liga - naychasiga sekin-asta kiritiladi. Agar kateter qovuqqa to'g'ri tushsa peshob ajraladi. Metall kateterlarni faqat shifokor yoki OMX qo'llashi mumkin.
SHIKASTL1 ZAHARLANISHLAR (TOKSIKOZ)DA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH
-
jarohat joyiga sterillangan bog'lam qo'yiladi;
-
bosilib qolgan joydan yuqoriroqqa jgut qo'yiladi;
-
jarohat joyiga sovuq qilinadi;
4) shikastlangan qo'1-oyoqlar sinmagan taqdirda ham
taxtakachlanadi;
5) jarohat yetganga issiq choy, kahva, какао 2-4 gr (kecha-
kundo`zi), 20-40 g gacha osh sodasining eritmasi ichiriladi:
-
ko'proq suyuqlik beriladi;
-
lat yegan joy tinchlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |