Bundan tashqari, bemorning kuraklari tagiga yostiq yoki boshqa yumshoq narsa qo'yish kerak. Aks holda til orqaga tortib ketib, havo yo'liga to'g'anoq bo'ladi. «Og'izdan og'izga» nafas berish usuli «og'izdan burunga» nafas berish usuliga ko'ra osonroq, chunki «og'izdan burunga» nafas berish paytida hamma vaqt ham burun yo'lidagi tiqilmalarni tozalab bo'lmaydi va ayniqsa burun devori qiyshiq bo'lsa (masalan, bokschilarda) ushbu amalni bajarish qiyinchilik bilan boradi (94-95-rasmlar).
Sun'iy nafas oldirishda yordamchi bir qo'li bilan bemorning bo'yni tagidan ushlaydi ikkinchi qo'lini esa bemorning peshonasiga qo'yib boshini bosadi va ko'rsatkich hamda bosh barmoqlari yordamida burunning har ikkala katagini yopadi. Shundan keyin ko'makchi chuqur nafas olib dastro'molcha yoki doka bilan yopilgan bemor og'ziga havo purqaydi. Havoni puflash yaxshi natija berishi uchun ko'krak qafasini ko'taradigan kuch bilan amalga oshirish zarur. Bu paytda bemorning nafas chiqarishi o'z-o'zidan passiv bo'ladi. Bu hodisa o'pkalar ichida hosil bo'lgan bosimga, o'pkaning egiluvchan-ligiga (elastikligiga), bemor vazni
(semiz-ozg'inligiga) ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. O'pkalarda me'yor darajasida havo almashinuvini ta'minlash maqsadida, har bir daqiqada 14-18 marta faol nafas purkash lozim. Mazkur usulda, maxsus S-simon (ilon izi kabi) yoki oddiy rezinkali naychadan foydalanish mumkin. Ushbu usulni ishlatilganda ham bemorning boshi «og'izdan og'izga» nafas oldirish usulidagi kabi holatga keltiriladi.
Rezina-drenaj naycha bo'lsa uni burun katagining bittasiga kirgizib, ikkinchi teshigi mahkam yopiladi va ayni naycha orqali og'izdan puflab havo yuboriladi.
Naycha bo'lmagan taqdirda nafas oldiradigan odam bir qo'li bilan bemorning pastki jag'ini yumib, og'zini berkitadi va ikkinchi qo'lining barmog'i bilan bemor burnining bir katagini mahkam qisib, o'z og'zidan burunning ikkinchi katagiga havoni purqaydi.
Sun'iy nafas oldirishning hamma usullarida ham bemor tilining og'iz bo'shlig'ida to'g'ri turishiga ahamiyat berish shart.
ASBOB-USKUNA YORDAMIDA NAFAS OLDIRISH
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida, ayni usul sun'iy nafas oldirish uchun ancha qulay keladi. Bu jarayonda РПA-1, РПA-1, РПА-2, ДП-2, «Tog' qutqaruvchisi» va boshqa rusumdagi asbob-uskunalardan foydalanish mumkin.
РП A-1 rusumli asbob-uskuna dam berib nafas oldiriladigan, qo'lda ko'tarib yurishga moslashtirilgan (portativ) asbob bo'lib, bosqon bilan bemorni og'iz va burniga qo'yiladigan niqobdan iborat.
Bosqon dam berilganida. o'pkalarga (96-rasm, a) havo kiritiladi (nafas olish), keyin bemorning o'zi o'z-o'zicha (passiv) holatda nafas chiqaradi. Bosqonda havoni so'radigan qopqoqcha (klapan)
mavjud bo'lib bosqon ichiga so'riladigan havo miqdorini aniqlash uchun yonida cheklovchi kamar bilan tugmachasi (knopka) bo'ladi. Bosqon yordamida 1,5-1,0-0,5 va 0.5 litr hajmda havo yuborish mumkin. Asbobda havo o'tqazadigan naylar va kattalar hamda yosh bolalarga mo'ljallangan katla-kichik alohida niqoblar bo'ladi. Mazkur asbob bilan faoliyat olib borishda avval og'iz bo'shlig'iga havo o'tqazadigan nay o'rnatilib niqob og'iz va burun sohasiga qo'yiladi. Katta odamlar uchun bosqon yonidagi kamar 1,0-1,5 litr hajmga to'g'rilab qo'yiladi. Keyinchalik yuboriladigan havo miqdori ko'krak qafasining ekskursiyasi hajmiga qarab to'g'rilab boriladi. Bosqondan minutiga 20-30 marta dam berish yo'li bilan o'pkalarga havo kiritiladi.
РДА-1 o'zining sifati va imqoniyatlari jihatidan RPA-lga uxshab ketadi. Ammo bosqon o'rnida nafas berish uchun rezina halta bo'ladi, ushbu haltani siqish yo'li bilan bemorning nafas yo'llariga havo kiritiladi. Halta qo'yib yuborilganida havo so'ruvchi klapan orqali halta ichiga so'rilib, haltani kengaytiradi. Mazkur asbob yordamida nafas yo'Haridagi begona narsalarni (suyuqliklar, qusuqni) ham tortib olish mumkin (96-rasm, b).
РПА-2 boshqa asbob-uskunalarga ko'ra murakkabroq to`zilgan bo'lib, bosqonning g'ijim qilib buklangan nayi niqob yoki nafas o'tqazish (intubatsiya) nayi bilan tutashtiriladi. O'pkalarga yuboriladigan havoga ballondan kislorod aralashtirib berish va nafas yo'lidagi begona suyuqliklarni so'rib olish ham mumkin. Ushbu asbob shil'oxonalarda va tez tibbiy yordam ko'rsatish kichik guruhchalarida amalda qo'llaniladi (97-rasm). Undan foydalanish paytida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo'ladi:
-
sun'iy nafasni har vaqt ham nafas chiqarishdan boshlash;
-
nafas yo'llari begona narsalardan xolis bo'lishi;
3) nafas chiqarish, nafas olishga nisbatan ikki karra davomliroq
bo'lishi;
4) ko'krak qafasining harakatlari (chiqib tushishlari) aniq ko'rinishi.
Mazkur asboblarni 30-40 daqiqa ishlatish mumkin. Asbob bilan
ishlab turgan paytda, yurakni bilvosita uqalash zarur bo'lib qolsa, u holda yordam ko'rsatuvchilar soni kamida 2 kishidan iborat bo'lishi kerak.
Avtomat respiratorlar-AIt-2, АНД-2 va PO-l ishlatiladi. ДП-2 ixtisoslashgan tez yordam avtotransportining jihozlari majmuasiga kiradi. Bu asbob kislorod balloni bilan ishlaydi va faol nafas olish bilan nafas chiqarishni ta'minlaydi. Bemor o'pkalariga beriladigan havo tarkibida. 45-50 % kislorod bo'ladi. Asbob nafas oldirish va nafas chiqarish jarayonlarini avtomat ravishda amalga oshiradi, ya'ni o'pkalarga kirgan havo miqdoridan qat'iy nazar o'pkalarda bosim simob ustuni hisobi bilan 13-15 mm ga yetganida nafas oldiradi va bosim manfiy 5-7 mm ga tushganida nafasni chiqartiradi.
Asbob yordamida sun'iy nafas oldirishning samarador bo'lishi, 1-navbatda bemor bilan asbob tizimining zich berkitilganligiga (germetik) bog'liq bo'ladi. Niqob bilan bemor yo`zi orasidan havo o'tgudek bo'lsa, u holda o'pkalarga havo kam miqdorda kiradi. Ammo, niqoblardan foydalanish paytida to'la zichlikka ega bo'lish mumkin bo'lmaydi. Shu boisdan ham kekirdakka (traxeyaga) laringoskop ishtirokida intubatsion naycha kiritilib, nay atrofidagi bo'shliq manjetka (matoli o'rov) yoki tampon (tiqinchoq) bilan berkitilsa. tizim zichlanadi. Nafas yo'liga intubatsion nay qo'yilganida. kekirdak ichida yig'ilib qolgan suyuqliklarni so'rib olish maqsadida, imqon yaratiladi va bundan tashqari tilning orqaga ketib qolish xavfi barham topadi.
Shifoxona sharoitida bemorga kun bo'yi yoki oylab sun'iy nafas oldirib turish kerak bo'lsa, elektr quvvati bilan ishlaydigan maxsus asbob-uskunalar qo'llaniladi (АНД-2 va PO-l). Bu asboblarda nafasning chuqurligi, tezligi, nafas olish va chiqarishning muddatini to'g'rilab tursa bo'ladi.
Quyidagi holatlarda odamga nafas oldirish zarurati tug'iladi:
-
dabdurustdan nafas barham topganida;
-
nafas musqo`llarining shollanishi oqibatida alveolalarda havo almashinuvi susayganda, gipoventilyatsiya, poliomiyelit, poliradikulonevrit, orqa miya shikastlanganida va h.k. (klinik va tahlil ma'lumotlariga ko'ra gipoksiya va giperkapniya sodir bo'lganida);
3) alveolalardagi gipoventilyatsiya o`zunchoq miyadagi
markazlarning falajlanishiga aloqador bo'lganida;
4) alveolalardagi gipoventilyatsiya hodisasi havo almashinuvida
ishtirok etadigan o'pkalar hajmining kichrayishiga bog'liq bo'lganida,
masalan, o'pkalar atelektazi. pnevmoniyalar va boshqa holatlarda.
Nafas tezligi, nafas olinadigan va nafas chiqariladigan havo bosimlari va qondagi o'zgarishlarning muntazam ko`zatuvi, jonlantirish haritasiga har 15-30 daqiqada bitiladi.
QON AYLANISH SHDAN CHIQQANIDA AMALGA OSHIRILADIGAN JONLANTIRISH TADBIRLARI
Odam tanasidagi barcha to'qimalarning me'yoriy hayot faoliyati uchun kislorod bilan oziq moddalar doimo yetarli miqdorda kelib turishi lozim. Tanada kislorod yetkazib beradigan birdan-bir manba qondir; zarur bo'lgan ozuqaviy moddalar ham qon orqali to'qimalarga yetkaziladi. Moddalar almashinuvi oqibatida vujudga kelib chiqadigan moddalar ham to'qimalardan yana qon orqali chiqarib tashlanadi. Shu boisdan ham qon tanada tomirlar bo'ylab to'xtovsiz aylanib turishi shart.
Tanada me'yoriy darajada qon aylanib turishi uchun arterial qon bosimi muayyan darajada bo'lishi taqozo etiladi.
Yurak ishi yetishmovchiligida miokardning qisqarish qobiliyati susaysa uni tiklash maqsadida strofantin, korgliqon va boshqa dorilar qo'llaniladi.
Kollaps holatida tomirlarning tonusini tiklash uchun noradrenalin yoki mezatondan foydalanish mumkin.
Haqiqiy kamqonlik oqibatida kelib chiqqan yurak yetishmovchiligida bemorga qon yoki uning o'rnini qoplashi mumkin bo'lgan suyuqliklar yuborish lozim.
Ko'pincha qon vena qon tomiriga quyiladi. Mabodo vena qon tomiriga igna kiritish imqoniyati bo'lmasa suyak ko'migiga qon quyish qulay (tovon suyagi, to'sh va chanoq suyagi qanotiga). Ba'zi hollarda vena qon tomirini ochish - venaseksiya usuli bilan qon quyiladi. Quyidagi holatlarda odamga qon quyish zarur bo'ladi:
-
ko'p qon yo'qotilganda;
-
kollaps va shikastlanish karaxtida;
-
og'ir jarrohlik amallari vaqtida;
-
tanaga zaharli moddalar tushganida;
-
qon ketganida uni to'xtashi uchun;
-
qon kasalliklarida;
-
bemorni jarrohlik muolajasiga tayyorlash maqsadida. Quyidagi holatlarda qon quyib bo'lmaydi: l)buyrak kasalliklari;
-
jigar kasalliklari;
-
yurak o'z faoliyatini qoplay olmaganida;
-
miyaga qon quyilganida;
-
bosh miyaning shikastlanganida.
Yurak dabdurustdan to'xtab qolganida ko'riladigan tadbirlar:
-
miokardni kislorod kamomadidan olib chiqish;
-
yurakni sun'iy yo'l bilan qisqartirish.
Yurakni uqalash va shu bilan birga sun'iy nafas oldirish yurakni ezg'ilab uqalash jarayoniga kiradi.
YURAKNI EZG'ILAB UQALASH
Yurakni ezg'ilab uqalash jarayoni 2 usulda amalga oshirilishi mumkin:
-
bilvosita;
-
bevosita.
YURAKNI BILVOSITA UQALASH
Mo`zkur jarayonda yurak to'sh suyagi bilan umurtqa pog'onasi orasiga qisiladi, oqibatda qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralariga o'tadi, yurak bo'sh qo'yilganida uning devorlari yozilib bo'shliqlariga qon qaytadan o'tadi. Shu usulda sun'iy yo'l bilan qon aylanishini paydo qilib, hayot uchun muhim bo'lgan a'zolar faoliyatini tiklash mumkin bo'ladi. Natijada yurak mushaklari qon bilan ta'minlanadi va uning mushaklari mustaqil ravishda qisqarishi mumkin.
Bunday amallarni bajarish uchun bemor tekis qattiq yerga, polga cxaqlanchasiga yotqiziladi. Agar bemor yotoqda bo'lsa, ko'krak qafasi tagiga qattiq buyum yoki taxta qo'yiladi va to'sh suyagining uchidan 2 barmoq yuqoriga (to'sh suyagining pastki qismida) bir qo'l kafti, barmoqlar uchi bemor badaniga tegmaydigan qilib qo'yilib ikkinchi qo'li qirrasi bilan ustidan siqiladi; zarb bilan eziladi. Agar bemor yerda yotgan bo'lsa, yordam ko'rsatuvchi tizzasi bilan cho'kkalab o'tiradi. Ko'krakni har safar qisib ezganda to'sh suyagi umurtqa pog'onasiga 3-4 sm yaqinlashadigan bo'lishi lozim.
Ko'krak qafasi qisilayotgan paytda qo'l tirsak bo'g'imidan buqilmasdan, to'g'ri turishi kerak. Qisish paytida bosimni oshirish maqsadida gavdaning og'irligini qo'lga tashlash zarur, ayniqsa qari bemorlarda, chunki ular ko'krak qafasining ezilib-buqilish darajasi katta qarshilik sharoitida amalga oshadi. Qo'l zarb'bilan ko'krak qafasiga bosilgandan keyin qo'lni ko'krakdan olmay tez
bo'shashtiriladi. Shu alpozda yurak uqalanganida, ko'krak qafasining qisilish vaqtida yurak ham qisiladi va uning bo'shliqlaridagi qon tomirlariga haydaladi, qo'l bo'shashtirilganda esa, qon qaytadan yurak bo'shliqlariga kiradi (98-rasm).
arteriyasi miq etmay turaversa. u holda yurak uqalashni bilvosita usulda minutiga 60 marta amalga oshirish lozim. Ushbu paytda, o'pkalarga ikki marta havo kiritilganda, 15 marta yurak uqalanadi (yordam beruvchi 1 o'zi bo'lganida) (99-rasm).