O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Fiskal va monetar siyosatning uyg„unligi



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

2.5. Fiskal va monetar siyosatning uyg„unligi,
ularning davlat byudjetining holatiga ta‟siri 
Fiskal va monetar siyosat uyg‗unligi.
Garchi iqtisodchilar 
fiskal va monetar siyosat instrumentlariga e‘tibor qaratish 
masalasida turli nuqtayi nazarga ega bo‗lsalar-da, har ikkala 
siyosat vositalari, bevosta yoki bilvosita bir vaqtda amal qiladi. 
Ayrim hollarda ular bir-birini to‗ldiradi. Boshqa holatlarda 
fiskal siyosat asoratlari monetar siyosat choralari bilan 
tekislanadi. Ko‗pchilik tahlilchilar fiskal yoki monetar 
siyosatning tez-tez o‗zgarib turishi iqtisodiy sharoitlarning 
o‗zgarishi sababli ekanligidan tashvish bildiradilar. Iqtisodiy 
o‗zgarishlarning uzoq muddatdagi istiqbolini to‗g‗ri bashorat 
qila bilmaslik va hukumatlarning sodir bo‗layotgan voqea-
hodisalarga tez munosabat bildira olmasligi iqtisodchilarni shu 
fikrga olib keldiki, byudjet siyosati uzoq muddatli iqtisodiy 
maqsadlarga qaratilishi va monetar siyosat qisqa muddatda 
tuzatishlar kiritishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Fiskal va 
monetar siyosat tarafdorlari o‗zaro kelishib olmagan bo‗lsalar 
ham ko‗pchilik iqtisodchilar 1980-yillardagi, 1990-yillarning 
boshidagi va 2002-yildan keyingi byudjet defitsitlari iqtisodiyot 
uchun juda salbiy ta‘sir ko‗rsatganini e‘tirof etdilar.
Fiskal va monetar siyosat to‗g‗risida gap borganda, bu 
bilan shug‗ullanuvchi turli tashkiliy tuzilmalar ―Umumiy 
iqtisodiy siyosat uchun kim javob beradi‖ degan savolni 
ko‗ndalang qo‗yadilar. Monetar siyosat buning uchun Federal 
Rezerv Tizimi mas‘ul ekanligini asosli ravishda ta‘kidlaydi.
Fiskal siyosat birmuncha murakkabroq. Siyosatning 
asosiy yo‗nalishlari uchun – prezidentga va amalga oshirish 
uchun 
Kongressga 
mas‘uliyat 
yuklatilgan. 
Iqtisodiy 
maslahatchilar kengashi, shuningdek, boshqa masalalar 
bo‗yicha maslahatchilar prezident tomonidan Kongressga 


68
qanday tavsiyalar berish borasidagi qarorlarini qabul qilishga 
o‗z hissalarini qo‗shadilar. Tarixan shunday shakllanganki
Kongress byudjetning umumiy holatiga va iqtisodiy siyosatga 
byudjet bo‗yicha rezolyutsiyani qabul qilish chog‗ida e‘tibor 
qaratadi. Daromadlar va xarajatlar darajasi defitsit bilan (yoki 
ayrim hollarda profitsit bilan) o‗rnatiladi. Soliq stavkalari 
ularning yuqori yoki past bo‗lishi kerakligi to‗g‗risidagi 
munozaralar asosida davriy ravishda qonunchilik bilan 
o‗rnatiladi. So‗ng G‗aznachilik Departamenti soliq ma‘murchi-
ligi uchun javobgarlikni amalga oshiradi. Xarajatlar bir qator 
qonun loyihalari bilan o‗rnatiladi, ularning har bir moddasi 
alohida podkomitetlar tomonidan ishlab chiqilib, ularning ijrosi 
uchun alohida ijrochi organlar mas‘ul bo‗ladi. Boshqarish va 
byudjet Byurosi (The Office of Management and Budget - OMB) 
xarajatlar tuzilmasiga proporsional taqsimlash orqali bir qadar 
ta‘sir ko‗rsata oladi. 
Iqtisodiy masalalarda federal hukumatning muhim rolini 
bilgan holda, prezident Klinton 1993-yilda Milliy iqtisodiy 
kengashning (National Economic Council - NEC) tuzilishiga 
asos soldi. NEC iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish masalalari 
uchun javob beradi hamda unga parallel bo‗lgan tashkilot – 
Milliy xavfsizlik kengashi (National Security Council - NSC) 
milliy xavfsizlik masalalari uchun mas‘uldir. NEC prezident 
maslahatchisi bo‗lgan ko‗p sonli kabinetlar va prezidentning 
ijrochi apparati agentliklari, shu jumladan, iqtisodiy 
maslahatchilar Kengashi (Council of Economic Advisers - CEA), 
OMB va G‗aznachilik Departamenti o‗rtasida koordinator bo‗lib 
xizmat qiladi.
47
NECning funksiyalari ijroiya hokimiyatining 
iqtisodiyot bo‗yicha xatti-harakatlari prezidentning iqtisodiy 
siyosatiga mos kelishini ta‘minlashga qaratilgan. 
Oxirgi davrlarda barcha ajratmalar bo‗yicha hisoblarni 
siyosiy jihatdan boshqara olmaslik, federal byudjetning 

47
Exec. Order No. 12835, 3 C.F.R. 6189; National Economic Council (2011). 


Overview. 
Retrieved 
November 
14, 
2011, 
from 
http:// 
www 
.whitehouse.gov/administration/eop/nec. 


69
defitsitligi, shuningdek, xarajatlarning kamaytirilishi bilan 
daromadlarning oshirilishi o‗rtasidagi uzilishning chuqurlashib 
ketishi umumiy byudjetning va iqtisodiyotning holatini 
ko‗rsatmoqda. Kelishuvga erishish yoki hech bo‗lmaganda 
kelishish uchun muzokaralar o‗tkazish natijasida prezident, 
Palata spikeri, Senatdagi ko‗pchilik va Kongressning hal 
qiluvchi ba‘zi a‘zolari, shuningdek, Federal Rezerv Tizimi raisi 
doirasida chegaralandi.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish