Yalpi ichki mahsulot va federal daromadlarning
o„zgarishi (1963-2010 yillar)
46
Masalan, 1987-1988-yillarda federal daromadlarning
o‗sish sur‘atlari YAIMning o‗sishiga qaraganda ildamlab ketdi.
Xuddi shuningdek, 2008-2009-yillarda YAIMning pasayishiga
hamohang tarzda federal daromadlar ham kamaydi. Rasmda
aks ettirilgan davrning ko‗pchilik yillarida o‗zgarishlar shu
yildayoq kuzatilgan. YAIMning qisqarish sur‘atlari bilan federal
daromadlarning kamayish sur‘atlari o‗rtasidagi farq juda
kichik, chunki federal daromadlarning katta qismini YAIMning
tarkibiga kiruvchi soliqlar (korporativ va shaxsiy soliqlar)
tashkil qiladi. Federal darajadagi davlat daromadlari harqalay
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning pasayishi bilan avtomatik ravishda
pasaymaydi. Aslini olganda, ular o‗sib borish tendensiyasiga
ega. Soliq tushumlarining kamaytirilishi va xarajatlarning
oshirilishi avtomatik tarzda iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiriadi.
Soliqlarning progressiv tuzilishi bevosita yoki avtomatik
stabilizatorlarga yana bir misol bo‗ladi. Iqtisodiyotning
pasayishi
bilan
korporativ
daromadlar
va
ishchi-
xizmatchilarning ish haqlari kamayib boradi. Ham korporativ,
46
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING
SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 81.
YAIMning o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishi
Federal tushumlarning o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishi
66
ham shaxsiy soliqlarning pasayib borishi natijasida xususiy
sektorda investitsiyalar uchun mablag‗lar proporsional
ravishda ko‗payadi va bu talabni rag‗batlantiradi. Shuningdek,
iqtisodiyotning kengayishi bilan soliq tushumlarining oshishi
rivojlanishga, shu bilan birga inflyatsion bosimning ortishiga
bir qadar to‗siq bo‗ladi. Ishsizlik sug‗urtasi ham avtomatik
stabilizatorlarga misol bo‗ladi.
Nodavlat stabilizatorlar ham iqtisodiyot va iqtisodiy
munosabatlarnig ajralmas qismi hisoblanadi. Retsessiyalar
jamg‗armalardan o‗z faoliyatining ma‘lum darajasini ta‘minlash
uchun foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga to‗sqinlik
qiladi. Daromadlarning o‗sishi bilan ularning katta qismi
iste‘molga yo‗naltirilmay, jamg‗armalarga joylashtiriladi.
Diskretsion siyosat.
Diskretsion aralashuv ham xilma-
xildir. U mikro- va makroiqtisodiyotning iqtisodiy nazariyasiga
asoslangan bo‗lib, hukumatning soliqqa tortish va xarajatlar
orqali, pul massasini hamda pul-kredit tizimida pul
mablag‗larining
harakatini
o‗zgartirish
orqali
ta‘siriga
iqtisodiyot qanday javob berishini oldindan ko‗ra oladi. Aytib
o‗tilgan birinchi harakatlar fiskal siyosat deb ataladi.
Keyingilari esa monetar siyosat, deb nomlanadi.
Fiskal siyosat dastaklari.
Fiskal siyosatning qurollari
bo‗lib daromadlar, xarajatlar, kutilayotgan profitsit yoki defitsit
hisoblanadi. Ulardan foydalanish XX asr davomida rivojlanib
keldi va XXI asrda davom etdi, shuningdek, davlatning
iqtisodiyotdagi roli to‗g‗risidagi qarashlarning ustuvorligiga
qarab o‗zgarib turdi. Aksariyat qarashlarga ko‗ra, iqtisodiyotga
davlat tomonidan qisman aralashish maqsadga muvofiq. 30-
yillardagi Buyuk depressiya davrida, talab shu darajada tushib
ketdiki, hukumatning kichik xatti-harakatlari deyarli hech
qanday samara bermadi. Faqatgina Ikkinchi Jahon urushining
federal byudjet defitsiti hisobidan moliyalashtirilgan hamda
majburiy o‗sishni ta‘minlagan favqulodda ishlab chiqarish
talablari iqtisodiyotni ―erkin tushish‖dan saqlab qoldi. Bevosita
urushdan keyingi davrda urush paytida taqchil bo‗lgan iste‘mol
67
tovarlariga bo‗lgan talab keskin oshib ketdi, va davlatning
iqtisodiyot uchun biron narsa qilishga ehtiyoj qolmagandek edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |