237
Harakatlar
strategiyasining
to‗rtinchi
yo‗nalishida
aholining muhtoj qatlamlari bandligini oshirishni rag‗bat-
lantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, quyidagi-
lardan iborat:
ishsizlik darajasi yuqori bo‗lgan va mehnat bozorida
vaziyat murakkab bo‗lgan 34 ta tumanda 4 300 000,0
mln.so‗m miqdoridagi korxonalar mablag‗lari va tijorat banklari
kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‗rni tashkil etish
yo‗li bilan qishloq joylarda barqaror ish o‗rinlari
tashkil etish
hisobiga aholi bandligini oshirish;
aholi bandligini ta‘minlash maqsadida 10 ming nafar
ta‘lim muassasalari bitiruvchisiga o‗z tadbirkorlik faoliyatini
boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 60 000,0
mln.so‗m miqdorida kredit mablag‗lari ajratish orqali bandlikni
va oila daromadlarini oshirish;
respublika hududlarida aholi bandligini ta‘minlash
hamda qo‗shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida
tijorat banklari tomonidan 400 000,0 mln.so‗m hajmida bank
kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning
shaxsiy yordamchi
xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol,
qo‗y, echki, quyon boqish va go‗sht etishtirish, parrandachilik
va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil
etish,
shuningdek, urug‗ va ko‗chatlar uchun mikrokreditlar
ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‗l bilan aholi
tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish,
sifatli
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini
ko‗paytirish;
Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya
va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5
mln.doll. (o‗rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0
mln.doll.)
grant
mablag‗lari
va
imtiyozli
kreditlarini,
shuningdek, Bandlikka ko‗maklashish Davlat jamg‗armasi
mablag‗larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz
238
fuqarolarni kasbga o‗qitish markazlarini bosqichma-bosqich
tashkil etish orqali ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga
quyidagi xarajat guruhlari kiradi:
iqtisodiyotga xarajatlar;
markazlashgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xara-
jatlari.
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‗naltirilgan
xarajatlari so‗nggi yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi
atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan
bog‗liq xarajatlar esa o‗rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga
qishloq va suv xo‗jaligi sohasidagi respublika nazorat
organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‗rmon xo‗jaligi
xarajatlari, qishloq xo‗jaligi ekinlari
zararkunandalariga qarshi
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‗lash va ularni
saqlab turish, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari
uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer
xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, standartlashtirish va
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va
kadastr, shuningdek
geologiya qidiruv ishlari, davlat
shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, gidrometeorologiya
xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va
landshaftning muhofaza qilinishini,
biologik xilma-xillikning
himoya qilinishini ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar
kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil
uchun mo‗ljallangan byudjet xarajatlari parametrlari bo‗yicha
o‗rganish shundan dalolat beradiki, byudjetning ―iqtisodiyotga
xarajatlar‖ guruhida shu davrning ustuvorliklaridan kelib
chiqib, quyidagi xarajatlar ko‗zda tutilgan:
suv xo‗jaligining ekspluatatsion xarajatlari;
239
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‗oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;
hosildorligi past yerlarda davlat
ehtiyojlari uchun qishloq
xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‗jaliklarini
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‗lar;
aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari.
10.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: