257
aniqlashda ikkita metodologiyadan keng foydalanilmoqda:
sof
defitsit va umumiy defitsit.
Sof defitsit byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‗lgan
davlat byudjeti xarajatlari asosida aniqlanadi.
Umumiy
defitsitni aniqlashda esa nafaqat to‗g‗ri byudjet investitsiyalari,
balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan
kafolatlangan
kredit
hisobidan
amalga
oshiriladigan
investitsiyalarga xarajatlar ham inobatga olinadi.
Umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to‗laroq
ifoda etadi, chunki bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan
samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi.
Ikkinchi metodologiyaning O‗zbekiston hukumati uchun
katta ahamiyatga ega ekanligining asosiy sababi shundaki,
hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan
kreditlarning aksariyat qismi hukumat kafolati asosida olingan
kreditlardan iborat. Demak, ulardan foydalanish nazoratini
kuchaytirish byudjet defitsiti darajasining oshib ketishining
oldini oladi.
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning
mo‗tadil darajasini baholash masalalari ham murakkab va ko‗p
qirrali masalalardan hisoblanadi. J.M.Keynsning
byudjet-soliq
siyosatining
iqtisodiyotni
barqarorlashtirishda
birlamchi
ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko‗ra defitsitning
yoki profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar
darajasini aniqlashda markaziy o‗rinni egallaydi. Bunda
J.Keyns
byudjet
defitsitini
hukumatning
byudjet-soliq
siyosatining
natijasi
sifatida
iqtisodiyotni
muvozanat-
lashtiruvchi asosiy omil, deb baholaydi. Ammo hozirgi vaqtda,
ayrim rivojlangan davlatlarning amaliyotida shunday holatlar
sodir bo‗lmoqdaki, uni Keynsning byudjet-soliq siyosati
xususidagi ta‘limoti doirasida tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan,
Yaponiyada 1999-yilda davlat byudjetining defitsiti yalpi ichki
mahsulotning 11,4-foizini
tashkil etgani holda, to‗lov
balansining ijobiy qoldig‗i 130 mlrd. AQSH dollarini tashkil
qildi.
Holbuki,
Keynsning
qoidasi
bo‗yicha
davlat
258
xarajatlarining oshishi baholar darajasining o‗sishiga olib
kelishi lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining
o‗sish sur‘ati boshqa bir qator yetakchi ilg‗or mamlakat-
lardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990-yilda
Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi
salmog‗i 2,9 foizni tashkil qilgani holda, 1990-1999-yillar
mobaynida iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘atlari kuzatildi.
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanat-
lashtirishdagi roliga baho berishda
har bir mamlakatning
moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. Byudjet
defitsitining o‗sishi natijasida makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarda
qanday ijobiy o‗zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim.
Masalan, byudjet defitsitining yuqori darajada o‗sishi
davlatning investitsiya xarajatlarining o‗sishi oqibati bo‗lishi
mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga
ta‘sirini baholash uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq
tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash
kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish imkonini
beradi. Ayni vaqtda, investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda
amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan
salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan,
davlatning
mablag‗lari
hisobiga
moliyalashtirilgan
investitsion
loyihalarning o‗zini oqlamasligi qilingan xarajatlarning ―o‗lik‖
kapitalga aylanishiga, hukumat to‗lovlarining oshib ketishiga
olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash
muammosi yanada chuqurlashadi va ko‗pchilik hollarda
hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan
foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining
passiv shakliga
kiradi. Byudjet defitsitining
oshishi hisobiga
iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga erishilsa, u holda byudjet
defitsiti
aktiv shaklga
ega bo‗ladi.
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi
talablarga e‘tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
259
milliy valyutaning barqarorligini saqlashning aniq
dasturlari ishlab chiqilishi;
byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llarini qidirib
topish;
davlat
byudjeti
hisobidagi
tarmoqlarni
iqtisodiy
moliyalashtirishni qisqartirish, harbiy xarajatlarga mablag‗ni
oqilona sarflash;
- sekvestr (xarajatlarni proporsional ravishda qisqartirish)
mexanizmlaridan foydalanish.
Umuman,
byudjet
defitsitini
boshqarish
byudjet
siyosatining ustuvor yo‗nalishi bo‗lib,
bunda iloji boricha
mablag‗larni
ishlab
chiqarish
sohasini
rivojlantirishga
yo‗naltirish va aholini to‗liq ish bilan bandligiga erishishni talab
qiladi.
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning
noinflyatsion usullaridan foydalanishga ustuvorlik berish
byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet amaliyotida
qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish choralari
iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti defitsitining
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga
nisbatan yuzaga
keladigan salbiy ta‘sirining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: