268
hajmi yoki byudjet defitsiti borasida xavotirga tushadigan
holatlarni bashorat qilmadi
1
. Faqat 1980-yillarga kelib
Prezident Ronald Reygan ma‘muriyati davrida byudjet
jarayoniga bo‗lgan e‘tibor yirik taqchilliklarning yuzaga kelish
xavfi ta‘sirida jiddiy o‗zgardi.
2
Reygan prezidentligining dastlabki yillarida AQSHning
Byudjetni boshqarish Departamenti muhim ahamiyatga ega
bola boshladi.
3
Reygan prezident etib saylangach, davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlari masalasi asosiy siyosiy
vazifa darajasiga ko‗tarildi va bu ishlarni bajarish AQSHning
Byudjetni boshqarish Departamentiga yuklatildi.
4
Davlat byudjetidagi taqchillik hajmi 1981-yildan boshlab
o‗sa boshladi.
22
Reygan ma‘muriyati 1981-yili iqtisodiyotni
rag‗batlantirish
va
byudjet
daromadlarini
ko‗paytirish
maqsadida soliq stavkalarini pasaytirdi. Bu choraning nazariy
jihatdan to‗g‗ri bo‗lishiga qaramasdan, amaliyotda davlat qarzi
qiymatining 1981-yilda 1,1 trillion dollarga, 1985-yilda esa 2,1
trillion dollarga ko‗tarilib ketishiga olib keldi.
5
Natijada Reygan
ma‘muriyati
Kongressga
ko‗plab
ijtimoiy
dasturlarni
qisqartirishni taklif qildi. Lekin bu bilan ham taqchillik oshib
boraverdi, bunga sabab – daromad va xarajatlar o‗rtasida yirik
nomutanosiblikning mavjudligi edi.
Ana shunday siyosiy jihatdan tarang vaziyatda 1985-yilda
Kongress Muvozanatlashgan byudjet va Favqulodda yuzaga
keladigan kamomadni nazorat qilish to‗g‗risidagi qonunni qabul
qildi. Ushbu qonun loyihasining yuzaga kelishiga Senatorlar
1
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems.
Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 308.
2
Joyce, P. (1996). Congressional budget reform: the unanticipated implications fo r
federal policy making. PublicAdministration&view, 56, 317-325.
3
Johnson, B. (1984). From analyst to negotiator: the OMB's new role.Journ al of
Policy Analysis and Management, 3, 501-515; Johnson, B. (1989). The OMB budget
examiner and the congressional budget process. Public Budgeting & Finance, 9,
Spring, 5-14; Tompkin, S. ( 1998). Inside OMB.
4
Stockman, D. (1986). The triumph of politics: how the Reagan revolution faile d. New
York, NY: Harper &Row.
5
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems.
Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 309.
269
V.Filip Gramm, Uoren B.Rudman va Ernest F.Xolings hissa
qo‗shadilar.
Gramm-Rudman-Xollings ―sekvestr‖ deb nomlangan yangi
bir tizimni yaratdilar. Ushbu tizim byudjet kamomadini
qisqartirishga erishib bo‗lmagan hollarda byudjetning hajmini
kamaytirishga mo‗ljallangan. Qisqartirilgan byudjetning yarmi
ijtimoiy yordamga, qolgan qismi mahalliy dasturlarga
ajratilgan. Lekin Gramm-Rudman-Xollings tomonidan taklif
etilgan sekvestrlash usuli ham taqchillik muammosini bartaraf
eta olmadi.
1
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish usullaridan biri
mamlakat hukumati tomonidan aholidan, milliy xo‗jalik
yurituvchi subyektlardan, xorijiy davlatlar hukumatlaridan,
xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik tijorat banklaridan qarz
olish hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirishning ushbu usuli eng nozik, shuning
bilan bir vaqtda, zamonaviy usuli hisoblanadi. Ushbu usuldan
foydalanadigan mamlakat hukumati o‗z nomidan davlat
qimmatli qog‗ozlarini chiqarish orqali milliy va xorijiy
valyutadagi mablag‗larni jalb etadi. Yevropa Ittifoqiga a‘zo
mamlakatlardan Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiyada
markaziy hukumat tomonidan davlat byudjeti taqchilligini
qisqartirish maqsadida muomalaga davlat obligatsiyalarini
chiqarish va ularni xorijiy sarmoyadorlar o‗rtasida joylashtirish
ishlari faol olib borilmoqda.
Davlat byudjeti taqchilligini boshqarishni to‗g‗ri yo‗lga
qo‗yish, unga ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish davlat byudjetini
sog‗lomlashtirishda muhim o‗rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: