O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov


Mehnat – iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir.  Ish



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

Mehnat
– iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. 
Ish
– 
shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to‘lash va boshqalarga 
bo‘ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir. 
Mehnatni tashkil etishga juda ko‘p omillar: texnologiyalar, milliy, 
tarmoq va korporativ madaniyat, tovar va mehnat bozorlari, davlat va 
kasaba uyushmalar tomonidan muvofiqlashtirish va boshqalar ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Insonlar tovarlar va xizmatlar yaratish hamda ularni sotish uchun 
o‘z bilim va tajribalarini birlashtiradilar. Shu nuqtai nazardan, mehnatni 
tashkil etish insonlarning bu maqsadga erishish uchun o‘zlariga 
yuklatilgan shaxsiy topshiriqlarni qay tarzda bajara olishlarini belgilab 
beradi. Odatda, bu holda korxona jamoasi o‘rtasidagi mehnat 
munosabatlari tizimini shakllantiradigan, taqsimotini muvofiqlash-
tiradigan va aniq belgilab qo‘yilgan ish qoidalarini rasmiylashtiradigan 
tuzilma tarkib topadi. Bunday muvofiqlashtirish natijasida bir toifa 
xodimlar boshqalarga bo‘ysunadigan va ular tomonidan nazorat 
qilinadigan bo‘ladilar. 
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi omillar 
mavjud: 
 Mehnat ta’siri
(bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, 
demografik va madaniy omillar). 
Texnologiya ta’siri
(XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab 
chiqarishda konveyer usulining, so‘nggi yillarda axborot texnologiyala-
rining qo‘llanishi mehnatni tashkil etishda tub o‘zgarishlarga olib keldi). 
Strategik ta’sir
. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari 
qabul qilishlariga qaramasdan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd 
etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo‘q. 
Mehnatni tashkil etishga o‘ziga xos yondashuv Tavisto inson 


50 
munosabatlari instituti tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Ushbu 
yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik”) nomini oldi. 
Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati: 
1)
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar, 
ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari); 
2)
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik 
jarayon, muhit)ni uyg‘unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini 
ta’kidlaydilar. 
Mehnatni ijtimoiy-texnik tamoyillar asosida tashkil etish ikkita 
asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqil-
ligini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga 
ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga 
asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan “V
OLVO

kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini 
nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o‘zlariga berilgan mustaqillikdan 
foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o‘zlari 
taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor 
konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab 
chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot 
qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo‘lib, yig‘uv birligi (buyum)ni 
boshidan oxirigacha o‘zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat 
operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo‘naltirilishi yuksak
malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni 
ta’minlaydi. 
XX asrning 70-yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni
tashkil etish tizimi ularga o‘sha davrda (1973-yilda) ro‘y bergan “neft 
taqchilligi”dan so‘ng raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi. 
Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam sarf-xarajat bilan ishlab 
chiqarishga asoslangandi. 
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish 
mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga 
bolta urib, mehnatni tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko‘rib 
chiqishga majbur qildilar. 
Ma’lumki, ommaviy mahsulot ishlab chiqarishga an’anaviy 
yondashuv omilining mezoni deb tayyorlangan mahsulot miqdori 
hisoblanardi. Sifat mezoniga esa ikkinchi darajali deb qaralardi. Bu 
tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan darajada brakka yo‘l 


51 
qo‘yilishini tabiiy hol deb baholash odat edi. Bu brak keyinchalik 
qo‘shimcha mehnat sarf qilinishi hisobiga bartaraf etilar yoki brak 
mahsulotlar korxonada to‘planib yotaverardi. 
Keskin raqobat kurashida o‘z mavqelarini saqlab qolish uchun 
g‘arb kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan 
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish 
usullarini o‘z korxonalarida qo‘llashga kirishdilar. Xususan, “Ford 
motor companie” “Yaponiya izidan” strategiyasini joriy eta boshladi. 
Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o‘rniga yapon 
menejmentini 
joriy 
etishni 
anglatardi. 
Ya’ni, 
amerikalik 
avtomobilsozlar ham o‘zlarining unchalik tayyorgarlikka va malakaga 
ega 
bo‘lmagan 
ishchilarini 
yuqori 
malakali 
va 
o‘rgatilgan 
mutaxassislarga almashtirish yo‘lini tutdilar. 
XX asrning 80-yillarida Massachusets texnologiya instituti 
olimlari 
yapon 
avtomobilsozlarining 
raqobat 
kurashidagi 
muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan Xalqaro 
Dasturni amalga oshirdilar. Shu tariqa “Tejamkor menejment” nomini 
olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi. 
Ushbu usulda “tejamkor” ishlab chiqarish tizimi barcha 
darajalarda, iloji boricha, yuksak samaradorlikka erishib, raqobatda 
ustuvorlikni ta’minlash tamoyiliga asoslangan. Mazkur yondashuv 
ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan hamma narsani, ayniqsa, 
pirovard mahsulot qiymatiga qo‘shilmaydigan barcha yordamchi 
jarayonlardagi sarf-xarajatlarni muttasil kamaytirib borishni talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasiga muvofiq 
“Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir”
1
. Davlat boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu: 

tadbirkorlik huquqiy kafolatlari mustahkamlanayotganda, ayni 
shu kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar 
muttasil takomillashtirib borilayotganida; 

tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy va qonuniy 
manfaatlari ishonarli himoya qilinayotganida; 

tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik 
va axborot resurslaridan erkin foydalanishda, ular o‘z mahsulotlarini 
tashqi va ichki bozorda sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting, 
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston. - 2009. - B.11. 


52 
lizing, sug‘urta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilayotganda, kadrlar 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, boshqa ko‘pgina 
masalalarda ko‘maklashayotganda o‘z ifodasini topmoqda. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy korxonalar kichik va 
o‘rta tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish