Mehnat
– iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Ish
–
shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to‘lash va boshqalarga
bo‘ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.
Mehnatni tashkil etishga juda ko‘p omillar: texnologiyalar, milliy,
tarmoq va korporativ madaniyat, tovar va mehnat bozorlari, davlat va
kasaba uyushmalar tomonidan muvofiqlashtirish va boshqalar ta’sir
ko‘rsatadi.
Insonlar tovarlar va xizmatlar yaratish hamda ularni sotish uchun
o‘z bilim va tajribalarini birlashtiradilar. Shu nuqtai nazardan, mehnatni
tashkil etish insonlarning bu maqsadga erishish uchun o‘zlariga
yuklatilgan shaxsiy topshiriqlarni qay tarzda bajara olishlarini belgilab
beradi. Odatda, bu holda korxona jamoasi o‘rtasidagi mehnat
munosabatlari tizimini shakllantiradigan, taqsimotini muvofiqlash-
tiradigan va aniq belgilab qo‘yilgan ish qoidalarini rasmiylashtiradigan
tuzilma tarkib topadi. Bunday muvofiqlashtirish natijasida bir toifa
xodimlar boshqalarga bo‘ysunadigan va ular tomonidan nazorat
qilinadigan bo‘ladilar.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi omillar
mavjud:
Mehnat ta’siri
(bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik,
demografik va madaniy omillar).
Texnologiya ta’siri
(XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab
chiqarishda konveyer usulining, so‘nggi yillarda axborot texnologiyala-
rining qo‘llanishi mehnatni tashkil etishda tub o‘zgarishlarga olib keldi).
Strategik ta’sir
. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari
qabul qilishlariga qaramasdan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd
etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo‘q.
Mehnatni tashkil etishga o‘ziga xos yondashuv Tavisto inson
50
munosabatlari instituti tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Ushbu
yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik”) nomini oldi.
Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati:
1)
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar,
ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari);
2)
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik
jarayon, muhit)ni uyg‘unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini
ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik tamoyillar asosida tashkil etish ikkita
asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqil-
ligini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga
ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga
asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan “V
OLVO
”
kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini
nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o‘zlariga berilgan mustaqillikdan
foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o‘zlari
taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor
konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab
chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot
qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo‘lib, yig‘uv birligi (buyum)ni
boshidan oxirigacha o‘zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat
operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo‘naltirilishi yuksak
malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni
ta’minlaydi.
XX asrning 70-yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni
tashkil etish tizimi ularga o‘sha davrda (1973-yilda) ro‘y bergan “neft
taqchilligi”dan so‘ng raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi.
Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam sarf-xarajat bilan ishlab
chiqarishga asoslangandi.
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish
mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga
bolta urib, mehnatni tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko‘rib
chiqishga majbur qildilar.
Ma’lumki, ommaviy mahsulot ishlab chiqarishga an’anaviy
yondashuv omilining mezoni deb tayyorlangan mahsulot miqdori
hisoblanardi. Sifat mezoniga esa ikkinchi darajali deb qaralardi. Bu
tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan darajada brakka yo‘l
51
qo‘yilishini tabiiy hol deb baholash odat edi. Bu brak keyinchalik
qo‘shimcha mehnat sarf qilinishi hisobiga bartaraf etilar yoki brak
mahsulotlar korxonada to‘planib yotaverardi.
Keskin raqobat kurashida o‘z mavqelarini saqlab qolish uchun
g‘arb kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish
usullarini o‘z korxonalarida qo‘llashga kirishdilar. Xususan, “Ford
motor companie” “Yaponiya izidan” strategiyasini joriy eta boshladi.
Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o‘rniga yapon
menejmentini
joriy
etishni
anglatardi.
Ya’ni,
amerikalik
avtomobilsozlar ham o‘zlarining unchalik tayyorgarlikka va malakaga
ega
bo‘lmagan
ishchilarini
yuqori
malakali
va
o‘rgatilgan
mutaxassislarga almashtirish yo‘lini tutdilar.
XX asrning 80-yillarida Massachusets texnologiya instituti
olimlari
yapon
avtomobilsozlarining
raqobat
kurashidagi
muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan Xalqaro
Dasturni amalga oshirdilar. Shu tariqa “Tejamkor menejment” nomini
olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi.
Ushbu usulda “tejamkor” ishlab chiqarish tizimi barcha
darajalarda, iloji boricha, yuksak samaradorlikka erishib, raqobatda
ustuvorlikni ta’minlash tamoyiliga asoslangan. Mazkur yondashuv
ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan hamma narsani, ayniqsa,
pirovard mahsulot qiymatiga qo‘shilmaydigan barcha yordamchi
jarayonlardagi sarf-xarajatlarni muttasil kamaytirib borishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasiga muvofiq
“Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasidadir”
1
. Davlat boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu:
–
tadbirkorlik huquqiy kafolatlari mustahkamlanayotganda, ayni
shu kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar
muttasil takomillashtirib borilayotganida;
–
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy va qonuniy
manfaatlari ishonarli himoya qilinayotganida;
–
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik
va axborot resurslaridan erkin foydalanishda, ular o‘z mahsulotlarini
tashqi va ichki bozorda sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting,
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston. - 2009. - B.11.
52
lizing, sug‘urta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilayotganda, kadrlar
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, boshqa ko‘pgina
masalalarda ko‘maklashayotganda o‘z ifodasini topmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy korxonalar kichik va
o‘rta tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |