O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Skreperlar
– tsiklik harakatlanadigan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan yer 
qazuvchi-tashuvchi mashinalar bo‘lib, ular gruntni mustaqil ravishda qaziydi, 
gruntni qazilmadan to‘kilmaga tashiydi va qisman zichlaydi (5,23-rasm). 


160 
Skreperlarning ekspluatatsion xarakteristikalari kerakli holatda ulardan 
kotlovanlarni qazish va yuzalarni tekislashda foydalanish imkonini beradi. 
Skreperning ishchi organi – pichog‘li cho‘michdan iborat bo‘lib, u gruntni 
qatlamlab kesishni amalga oshirish bilan bir vaqtning o‘zida gruntni cho‘michga 
yig‘adi. Skreperning transport holatiga o‘tishi cho‘michni ko‘tarish bilan bir 
vaqtning o‘zida uni berkitish orqali amalga oshiriladi. Gruntni to‘kish skreperning 
harakatlanish jarayonida cho‘michini og‘dirib unda to‘plangan gruntni qatlamlab 
to‘kish orqali amalga oshiriladi yoki cho‘michning orqa devorini surish bilan grunt 
erkin yoki majburiy
ravishda to‘kiladi

5.23-rasm. Skreperlarning ishlash sxemalari: 
a – skreperning umumiy ko‘rinishi; b – gruntni yig‘ish; v – tashish; g – qatlamlab 
to‘shirish zichlash bilan birgalikda; 1 – mexanizmning harakatlanuvchi orqa devori; 2 – 
skreperning cho‘michi; 3 – gruntni kesish va cho‘michni to‘ldirish jarayoni; 4 – shatak 
(tortqich); 5 – old devori berk grunt bilan to‘ldirilgan skreper cho‘michi; 6 – pichoqli moslama 
grunt tashilayotgan holatda; 7 – mexanizmnng harakatlanuvchi devori chumichni to‘liq 
bo‘shatilgan holatida; 8 – gruntni berilgan qalinlikda to‘kish; 9 – to‘kma qatlami 
Skreperlar tirkamali (pritsepli), yarim tirkamali (yarim pritsepli), o‘zi 
yuradigan turlarga bo‘linadi. Skreperning bosh parametri – bu cho‘mich sig‘imidir, 
m
3
. Asosiy texnologik parametrlari; yuk ko‘tarish qobiliyati, gruntni qirqish 


161 
qatlamining chuqurligi va eni, to‘kilayotgan grunt qatlamining qalinligi. Hozirgi 
paytda qurilishda cho‘michining sig‘imi 3...15 m
3
bo‘lgan skreperlar 
qo‘llanilmoqda. Jahon amaliyotida yer qazish ishlarida cho‘michining sig‘imi 60 
m

gacha bo‘lgan skreperlardan foydalanilyapti.
Cho‘mich sig‘imi 4...25 m
3
li skreperlarning gruntni qirqish eni 2200...2800 
mm oraliqda o‘zgarib turadi. Bu mashinalarningmaksimal qazish chuqurligi 
250...400 mm ni tashkil etadi. “Tekislanadigan maydon” tipidagi yer inshootlarida 
gruntni ishlash va gruntni tekislash jarayonlarini ancha aniq bajarish uchun joyning 
relefiga bog‘liq holda skreper cho‘michi holatini avtomatik boshqarish tizimini 
qo‘llash mumkin 
Gruntlar skreper bilan qazilganda IVta guruhga bo‘linib, ularning oxirgi 
guruhi o‘lchamlari 300 mm dan katta bo‘lmagan yumaloq xarsang tosh hamda 
boshqa toshlar aralashgan og‘ir loyli gruntlardan iborat bo‘lib, bunday gruntlar 
oldindan yumshatiladi. Loyli qum va qumli loy gruntlarni qazishda skreper 
cho‘michlari grunt bilan “qalpoq” ko‘rinishida to‘liq yuklanishi mumkin. Yumaloq 
xarsang toshlarsiz yengil gruntlar yumshatilmasdan birdaniga qazilishi mumkin, 
ancha zich bo‘lgan gruntlarni esa oldindan yumshatish zarur. Quruq sochiluvchan 
gruntlarni qazishda skreper cho‘michi 60...70% dan ortiq bo‘lmagan hajmda 
to‘ldiriladi. Yopishqoq va o‘ta namlangan gruntlarni qazishda ularning cho‘michga 
yopishib qolishi oqibatida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi.
An’anaviy konstruktsiyali skreper cho‘michini grunt bilan to‘liq va tez 
to‘ldirish uchun traktor-itargichlardan foydalanilib, ular cho‘mich qirrasi bilan 
gruntni kesish kuchini oshirib beradi va cho‘michning to‘lish koefitsientini 
oshiradi. Skreperning ish unumdorligini oshirish, ish tsikli vaqtini kamaytirish 
maqsadida skreper cho‘michini majburlab to‘ldiruvchi konstruktsiya, ikki motorli 
skreperlar, skreper poezdlari ishlab chiqilgan. Bu ba’zi hollarda itargichsiz ishlash 
imkonini beradi va gruntni ishlash narxini pasaytiradi. 
Skreper yordamida yer ishlarining quyidagi jarayonlarini mexanizatsiyalash 
mumkin: turli yer inshootlarida gruntni qazish va joylashtirish; gruntni 100 dan 


162 
5000 m gacha bo‘lgan masofaga ko‘chirish; o‘simlik qatlamini qirqib olish va 
ko‘chirish; gruntni qatlamlab tekislash.
Skreper bilan gruntni ko‘chirishning optimal uzoqligi quyida keltirilgan. 
Cho‘mich sig‘imi, m

3, 6, 10, 
15, 50 
Gruntni ko‘chirish uzoqligi, m 300 gacha, 500 gacha, 700 gacha, 1000 gacha 3...5km gacha;
Skreperning ishlashi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: skreper 
cho‘michiga gruntni yig‘ish, grunt bilan yuklangan skreperni ko‘tarmaga 
ko‘chirish, cho‘michni bo‘shatish, tekislash va qisman zichlash bilan, skreperning 
bo‘sh holatda qazilmaga qaytishi va tsiklni takrorlashi. Aniq (konkret) sharoitlar − 
ish frontining uzunligi va ko‘chiriladigan yer massalarining hajmlari, qazilma va 
ko‘tarmalarning o‘zaro joylashishi tekislanayotgan hududning nishabiga bog‘liq 
holda – skreperning harakatlanish sxemasi turlicha bo‘lishi mo‘mkin. 
Grunt qazilayotgan va uni to‘kish joyining o‘zaro joylashganligiga hamda 
ishlarni olib borish sharoitlariga bog‘liq holda bir nechta ishchi sxemalardan 
foydalaniladi (5.24 rasm). 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish