O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

5.7.2 Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish 
 
Ko‘p cho‘michli uzluksiz (to‘xtovsiz) harakatlanuvchi ekskavatorlar 
qurilishning barcha tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Ko‘p cho‘michli 
ekskavatorning ishchi organi uzluksiz harakatlanuvchi zanjirga bir xil intervalda 
o‘rnatilgan cho‘michlar (zanjirli ekskavatorlar) yoki rotorga bir xil intervalda 
o‘rnatilgan cho‘michlar (rotorli ekskavatorlar) dan iboratdir (5.16, 5.17 rasmlar). 
Cho‘michli ekskavatorlar transheyalarni 3,0 m chuqurlikkacha asosan tik devorlar 
bilan qazishni ta’minlaydi, rotorli ekskavatorlar esa, agarda, rotorga qiya hosil 
qiluvchi o‘rnatilsa transheyalarni qiyalik bilan qaziydi. Gruntni qazish jarayonida 
mashinaning va ulardagi ishchi mexanizmlarning o‘zaro joylashish xarakteriga 
ko‘ra ekskavatorlar 
bo‘ylama va enlama
kovlab oluvchi
ekskavatorlarga bo‘linadi. 
Cho‘michlar qazilayotgan qazilma yuzasidan og‘ma yoki qiyshiq chiziq bo‘ylab 
yuqoriga harakat qilganda grunt bilan to‘ladi. Cho‘mich harakat traektoriyasining 
eng yuqori nuqtasiga yetib ag‘darilganda grunt to‘kiladi va cho‘mich bo‘shaydi. 
To‘kilgan grunt lentali konveyerga undan esa transport vositasiga yoki ko‘tarma 
uyumga to‘kiladi. 
Qurilishda yer ishlari texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash 
vositasi sifatida bo‘ylama qazuvchi ekskavatorlar eng keng tarqalgandir. Ularga 
ko‘p cho‘michli zanjirli va rotorli transheya qazuvchilar, zanjir kurakli, rotorli 
cho‘michsiz (frezerli), dren yotqizuvchi ekskavatorlar, ariq qazuvchi ekskavatorlar 
kiradi. Bu mashinalar bir cho‘michliga qaraganda kam universalli. Ko‘p 
cho‘michli ekskavatorlarning qo‘llanilishiga sharoitning torligi va qazilayotgan 
gruntni guruhi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ekskavatorlarning bosh parametri kovlash 
chuqurligidir. Asosiy texnologik parametrlar: qazilayotgan transheyaning yuqori 


151 
va pasti bo‘yicha eni. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida, quyidagi 
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish mumkin: “transheya”, “kanal” turidagi yer 
inshootlarida gruntni qazish; muzlagan gruntni qazishdan oldin portlatish ishlari 
uchun grunt massivida teshik hosil qilish; ko‘ndalang kovlaydigan ekskavator bilan 
doimiy yer inshootlarining tubini, qiyaligini, tepasini pardozlash.
 
5.16 – rasm. Bo‘ylama kovlaydigan ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni tuzilish sxemalari: 1 – 
shatak, 2 – domkratli qurilma, 3 – zanjir, 4- cho‘michlar, 5 – ko‘ndalang transportyor, 6 – rotor. 
5.17 – rasm. Ko‘p cho‘michli ekskavator bilan grunt qazishning texnologik sxemasi 
ko‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar yordamida odatda kesimi to‘g‘ri 
to‘rtburchakli transheyalar qaziladi. Qazish profilning eng past bo‘lgan joyidan 
boshlanadi, bu grunt va atmosfera suvlarining transheyaning ochiq zonasiga 
oqishini ta’minlaydi. Uzluksiz harakatlanuvchi ekskavatorlarning ba’zi 
markalarida ishchi organni tartibga solish, tubini berilgan qiyalik bo‘yicha qazish 


152 
uchun, mashinaning harakat va ishchi organ tezliklarini kelishtirishga avtomat 
moslama o‘rnatiladi. 
Transheyalarni qazish jarayonlarini infraqizil nurlar yoki lazer yordamida 
avtomatlashtirish imkoni mavjud. Nur transheya tubi qiyaligi burchagiga parallel 
yo‘naltiriladi va ekskavatordagi qabul qiluvchi moslama orqali ekskavatorning 
ishchi organi harakati korrektirovka qilinadi (ko‘tariladi yoki tushiriladi). 
Ekspluatatsion ish unumdorligini hisoblashda cho‘michning to‘lish 
koeffitsienti (0,7...0,9), ishchi vaqtdan foydalanish koefitsienti (0,6...0,8), 
gruntning yumshatilish koeffitsienti (0,6....0,9), zanjirning harakatlanish tezligini 
inobatga olish lozim bo‘ladi. Zanjirning harakatlanish tezligiga gruntning zichligi 
va uning ser namliligi ta’sir ko‘rsatadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlarning asosiy tasniflari (xarakteristikasi): 
cho‘mich sig‘imi, l..................................... 20 30 ; 
kovlash chuqurligi, m ........................... 7 gacha 9 gacha; 
mehnat unumdorligi, m

/soat ..................35 55 
Suv va gaz quvurlari, elektr kabellari, oqava suvlar, telefon tarmoqlarini 
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 
transheya kovlagichlar
ko‘rib chiqilgan 
ekskavatorlarning turlariga kiradi. Zamonaviy transheya kovlagichlar pnevmo 
g‘ildirakli to‘liq gidrostatik mashina bo‘lib, qiyin sharoitlarda ishlash uchun ular 
yuqori quvvatga ega va ularning maksimal kovlash chuqurligi 1,8 m gacha. 
Mashina plug, cho‘mich, kesadigan disk, kabelli barabanni, surgichni va 
burg‘ilovchi moslamalarni ushlab turuvchi sifatidagi qo‘shimcha jihozlar bilan 
ta’minlangan.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish