“Teskari cho‘michli” ekskavator
(5.10 b rasm) o‘zi turgan sathdan pastda
joylashgan va chuqurligi asosan 6 m gacha bo‘lgan kotlovan hamda chuqurligi 7,6
m gacha bo‘lgan transheyalarni qazishda qo‘llaniladi. Teskari cho‘michli
ekskavatorning bir tsikliga sarflangan ish vaqti to‘g‘ri cho‘michlinikiga qaraganda
10...15% ko‘pdir. Qazilmalarni yaruslab qazishda bu ko‘rinishli jihoz amalda
qo‘llanilmaydi.
145
Teskari cho‘mich―bu osti ochiq va old qismi kesuvchi cho‘mich bo‘lib,
dasta bilan sharnirli biriktirilgan, u o‘z navbatida strela bilan sharnirli biriktirilgan.
Orqaga tortilgan sari cho‘mich grunt bilan to‘la boshlaydi. So‘ng dastaning tik
holatida cho‘mich to‘kiladigan joyga o‘tkaziladi va ko‘tarilib bir vaqtning o‘zida
undagi grunt ag‘darilib to‘kiladi.
“Teskari cho‘mich” bilan gruntni qazish ro‘para va yonlama zaboyni qullab
transportga ortib yoki uyumga to‘kib amalga oshiriladi. (5.13 rasm).
Yonlama
zaboyda
ekskavator qazilmani yonidan qaziydi, qazilma eni kesish radiusi bilan
chegaralanib (eng qulayi 0,8
), qazish gusenitsa lentasiga ko‘ndalang holda
ya’ni ekskavatorning eng kam turg‘un holatida amalga oshiriladi. Rupara zaboyda
gruntni qazish ekskavatorning sekin-asta orqaga yurishida amalga oshirilib, zaboy
tubidan yoki tabiiy yer usti yon tomonidan uzatilinadigan transport vositasiga
to‘kiladi. Zaboy eni mexanizmning faqat me’yoriy ish unumdorligi talabi bo‘yicha
cheklangan bo‘lib va u 1,5...1,6 R
kes
ni tashkil etadi. Ro‘para zaboyda ekskavator
o‘z strelasini dastasi bilan birgalikda gusenitsalar orasidagi eng past holatga
tushiradi, shuning uchun eni kichik transheyalarning qazish chuqurligi eni katta
transheyalarga qaraganda kattaroq (chuqurroq) bo‘ladi.
5.13 rasm. Qazilmalarni teskari cho‘mich bilan qazishning texnologik sxemalari:
1–ekskavator; 2–samosval; 3–nishonlar (ishorat belgilari).
Zaboyning eng kichik chuqurligi cho‘michning to‘liq to‘lishi (“telpakli”
to‘lish) sharti bilan aniqlanib, bu shart bog‘lanmagan gruntlar uchun 1,0..1,7 m ni,
146
bog‘langan gruntlar uchun 1,5..2,3 m ni tashkil etadi. Qazish yo‘lining eni
qazishning eng katta radiusiga bog‘liq bo‘lib, u gruntni transportga ortishda
1,2...1,5 R
0
ga teng qilib, gruntni uyumga joylashtirishda esa 0,5...0,8 R
0
ga teng
qilib qabul qilinadi.
Odatda, eni 14 m gacha bo‘lgan kotlovanlarni qazish ekskavatorni zigzagli
harakatida ro‘para qazish orqali amalga oshiriladi, katta enlikdagi kotlovanlar esa
ko‘ndalang –yon tomon yoki buylama –yon tomon qazish bilan qaziladi.
Amaldagi DS talablariga muvofiq “Universal to‘liq buriladigan
ekskavatorlar”uchun hozirgi vaqtda ekskvatorning asosiy ishchi jihozi teskari
cho‘michdir. Ekskavator to‘g‘ri cho‘mich, bikr greyfer, gidroto‘qmoq, tish-
yumshatgich, hamda har xil sig‘imli va turli vazifalarni bajaruvchi
almashtiriladigan jihozlar bilan komplektlanishi(to‘plamlanishi) mumkin.
Gidravlik ekskavatorlar quyidagi asosiy afzalliklarga ega:
yangi mashinalarning mexanik (arqon) yuritmali mashinalarga
qaraganda ish unumdorliginingkeskin oshishi;
mashinalar solishtirma materiallar sarfi (sig‘imi) va solishtirma
energiya sarfi (sig‘imi)ning kamaytirilishi;
gidravlik ekskavatorlarning universalligini almashtiriladigan
jihozlar va ishchi organlari sonini 40 tagacha yetkazish hisobiga
kengaytirish;
ishchi jarayoning avtomatlashtirilganligi;
boshqarish sistemasining tubdan takomillashtirilganligi va
mashinistlar uchun qulay sharoit yaratilganligi;
mashinalar estetik ko‘rinishining yaxshilanganligi;
gusenitsali mashinalar yurish qismlari sifatining tubdan
oshirilganligi.
Hamma turdagi universal ekskavatorlar orasida gusenitsali ekskavatorlar
yetakchi o‘rinni egallaydi, chunki g‘ildirakli ekskavatorlar bilan solishtirganda ular
massasi buyicha chegaralanmagan. Ko‘pgina davlatlarda sanoat va fuqaro
147
qurilishida asosiy yer ishlar xajmini bajaruvchi massasi 10...50 t li gusenitsali
gidravlik ekskavatorlar eng keng tarqalgan.
Ishchi parametrlar (kovsh sig‘imi, kovlash chuqurligi to‘kish balandligi)
ekskavatorning ekspluatatsion massasiga uzviy bog‘liq, shuning uchun og‘irligi 50
t gacha bo‘lgan yangi ekskavatorlar loyixalanayotganda bu parametrlar juda kam
farqlanadi.
5.14-rasm. Mashinalarni “teskari cho‘mich”li ekskavatorga keltirish sxemasi:
a
– kotlovan tubiga;
b
– yer yuzasiga
Firmalarning asosiy diqqat e’tibori bir cho‘michli ekskavatorlarning
almashtiriladigan jixozlari va ishchi organlarini takomillashtirish ularning sonini
ko‘paytirishga qaratilgan. Eng avvalo bu turli turdagi cho‘michlarni ishlab chiqish,
uzaytirilgan dastalar, qo‘shimcha dastalar, uzaytirilgan strelalar, qazish o‘qi
so‘rilgan ishchi jixozlar, qiyaliklarni tekislash-planirovka qilish uchun
cho‘michlar, ejektor to‘shiruvchi cho‘michlar. Yurish moslamalarini
takomillashtirishga katta ahamiyat berilyapti, ayniqsa keng tarqalgani
gusenitsaliklarga. Bu mashinalarning yurishini va turg‘unligini oshiradi va katta
sig‘imli cho‘michlar bilan jihozlash uchun sharoit yaratadi.
Oxirgi yillarda yangi ko‘rinishdagi gidravlik ekskavatorlarni qo‘llash
ko‘lami ishchi jihozlar va ishchi organlarni o‘rnatish hisobiga ancha kengaydi. Bu
o‘z navbatida ulardan binolarni demontaj qilishda, tunellarni o‘tkazishda
foydalanish imkonini yaratdi. Ekskavatorlarga atrof muhitni himoya qilish, tashqi
shovqinni pasaytirishni ta’minlash va dvigateldan chiqayotgan gaz tarkibini
boshqarish bo‘yicha yuqori talablar quyilayapti.
Gusenitsali ekskavatorlarning asosiy texnik (xarakteristikasi) tasniflari:
148
ekskavator massasi – 23,5 dan 41,0 t gacha;
asosiy cho‘mich sig‘imi – 0,9 dan 2,3 m
3
gacha;
kovlash chuqurligi – 5,24 dan 8, 24 m gacha;
to‘kish balandligi – 4,9 dan 7,5 m gacha;
dvigatel quvvati – 110 dan to 216 kVt gacha;
harakatlanish tezligi – 3,4 dan 7.0 km/s gacha;
gruntga bo‘lgan bosim – 0,048 dan 0,080 MPa gacha;
Do'stlaringiz bilan baham: |