O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Ekskavator “draglayn”
(5.10 rasm) o‘zi to‘rgan joydan pastdagi gruntni 
qazishda: chuqur kotlovanlarni, keng transheyalarni qazishda, ko‘tarmalarni barpo 
etishda, suv ostidagi gruntni qazishda va boshqalarda qo‘llaniladi. Draglayn 
shuningdek maydonlarni tekislash (planirovka) va qiyaliklarni tozalashda 
qo‘llaniladi. Ekskavatorning afzalligi harakat radiusi 10 m gacha kovlash 


143 
chuqurligi 12 m gacha bo‘lganligidadir. Ekskavatorning kovlash chuqurligi amalda 
cheklanmagan bo‘lib, mashina konstruktsiyasi transport vositalarini yer ustida va 
kotlovan tubida o‘rnatish imkoniyatiga ega, ya’ni ekskavatorning ishlashiga grunt 
suvlari satxi ta’sir ko‘rsatmaydi. Ekskavator bilan yumshoq va zich gruntlarni shu 
bilan birga suvga to‘yingan gruntlarni qazish samaralidir. 
Ekskavator cho‘michi kran tipidagi uzaytirilgan strelaga po‘lat arqonda 
(kanatda) osilgan bo‘ladi. Cho‘mich qazilmaga strela uzunligidan o‘zoqroq 
masofaga tashlanib, yer yuzasi bo‘ylab strela tomon tortilib cho‘mich grunt bilan 
to‘ldiriladi. So‘ng cho‘mich yotiq holda ko‘tariladi va mashina grunt to‘kiladigan 
joyga qayiltiriladi. Tortilib to‘rgan kanat-arqon bo‘shashtirilib cho‘mich 
bo‘shatiladi.
5.12-rasm. “To‘g‘ri cho‘mich”li ekskavatorning yonlama zaboyda ishlashi: 
a – ish sxemasi; b – samosvalni ortishga uzatish sxemasi; 1 – zaboyning og‘irlik 
markazi; 2 – ekskavator qazish yo‘lining o‘qi; 3 – oldingi qazish yo‘lining o‘qi; 4 – veshka 
(ishorat belgisi); 5 – avtosamosval harakat yo‘lining o‘qi; 6 – ekskavatorning to‘xtash joylari; 7 
– strelaning o‘rtacha burilish burchagi.
Grunt qazilganda gruntni transportga va ko‘tarmaga to‘kadigan 
ro‘para va 
yonlama qazishni 
qo‘llash mumkin. Odatda, draglaynning navbatdagi turish joyiga 
surilishi strela uzunligining 1/5 qismini tashkil etadi. Qazilmaning eni, gruntni 
to‘kish (ag‘darmaga yoki transport vositasiga joylashtirish) usuli va yer 
inshootining o‘ziga xosligiga qarab, amalda grunt qazishning mokisimon (borib-


144 
kelish) usuli qo‘llaniladi, chunki ekskavatorning konstruktiv yechimi bunday 
sxemalarni qo‘llashga ruxsat etadi. 
Ko‘ndalang mokisimon sxema 
qazilmaning tubida ortishga o‘zatilgan 
samosvalning ikki yon tomonidan navbatma-navbat grunt to‘kish davomida strela 
qayrilishini to‘xtmagan holda grunt qazish imkonini beradi. 
Bo‘ylama-mokisimon 
sxemada
grunt kuzovning orqa devori oldidan yig‘ilib va cho‘mich uni ko‘tarib 
kuzovga to‘kadi. Ekskavatorning ish tsiklida qayrilishlar asosiy vaqtni egallaydi, 
bu borada minimal burchak qayrilishiga ega bo‘lgan mokisimon sxemalar ortish va 
to‘kish uchun optimal bo‘ladi. Cho‘michning ko‘tarish balandligi kamayishi va 
ekskavatorning qayrilish burchagining qisqarishi hisobiga (bo‘ylama-mokisimon 
borib kelish sxemasida 0
0
ga yaqin, ko‘ndalang mokisimon sxemasida 9...20


ekskavatorning ish unumdorligi 1,5...2 marta oshadi. Qo‘llaniladigan “draglayn” 
qurilish ekskavatorlari cho‘michining sig‘imi 0,25...2,5m
3

Greyfer
(5.10,v rasm) o‘ziga xos holatlarda chuqur kotlovan, transheya, 
quduqlar va grunt suvlari satxidan pastdagi gruntlarni qazishda qo‘llaniladi. 
Greyferning cho‘michi ikki yoki undan ko‘proq kaft kurak, kanatli yoki oxirgi 
paytlarda majburlab birlashtiradigan tirgovichli uzatuvchi kaftli kuraklardan iborat. 
Greyfer strelaga osiladi va tik devorli qazilmalarni qaziydi. Strela cho‘mich 
to‘kiladigan joyga qayriladi va kaft kurak majburlab ochilishi hisobiga cho‘mich 
bo‘shaydi. Cho‘michning gruntga botishi faqat o‘zining massasi va tirgovichni 
majburlab tushirish hisobiga amalga oshiriladi, shuning uchun shuning uchun u 
bilan kam va yuqori zichlikdagi gruntlarni, shu bilan bir qatorda suv ostidagi 
gruntlarni qazish mumkin. Qo‘llaniladigan “greyfer” qurilish ekskavatorlari 
cho‘michining sig‘imi 0,25...2,5m
3
.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish