O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

ish tsikli
gruntni paraxa ko‘rinishida kesib olish va to‘plash, 
gruntni buldozer surgichi bilan surib ko‘chirish va buldozerning orqaga yurishi 
bilan gruntni to‘plash joyiga qaytib kelishidan iboratdir. Gruntni to‘plash tekis 
uchastkalarda, mumkin qadar 10...20% qiyalik ostida harakatlanish bilan olib 
borilsa ma’quldir, bu gruntni kerakli qalinlikda qatlamlab kesish imkonini beradi. 
Qiyalikda ishlash ish unumdorligini 1,5...2,5 martaga oshiradi. Qiyalikda gruntni 
ko‘chirishda buldozer ancha katta tezlikdagi uchinchi uzatmada harakatlanishi 
mumkin.
Maydonlarni tekislashda ishlarning ikkita asosiy usuli – transheyali va 
qatlamli usullaridan foydalanish mumkin (5.19 rasm). 
Transheyali usulda 
qazilmalar balandligi 0,4...0,5 m bo‘lgan yaruslarga bo‘linadi. Buldozer 
surgichining eniga to‘g‘ri keladigan har bir uchastka bo‘ylab 2...3 marta 
harakatlanib qaziladi. Qo‘shni uchastkalar orasida eni 0,6 m bo‘lgan qazilmagan 
(ishlanmagan) grunt polosasi qoldiriladi. Bu grunt transheyalarni qazishda ularning 
devori sifatida xizmat qilib, buldozer surgichining to‘lishini ta’minlaydi. Bu 
polosalar maydonni uzil–kesil tekislashdan oldin oxirgi navbatda surib 
ko‘chiriladi. Mazkur usul gruntning ma’lum darajada yo‘qotilishining oldini oladi 
va shuning uchun bu usul ancha unumlidir.
Qirqish qatlamlari aytarlik darajada chuqur bo‘lmagan va ish maydoni 
murakkab shaklga ega bo‘lgan maydonlarda 
qatlamli usulni 
qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. Qazilmalar qirqib olinadigan qatlam qalinligida buldozerning butun 
qazilma maydoni bo‘ylab ketma-ket bir marta o‘tishi bilan qaziladi (ishlanadi).


156 
 
5.19 rasm. Buldozer bilan gruntni kesish va ko‘chirish sxemalari: 
a – bo‘ylama qiyalik bo‘ylab kesganda; b – shuning o‘zi gorizontal uchastkada; v – shuning o‘zi 
transheya usuli bilan; g – shuning o‘zi qatlamli usuli bilan; 1 – kesish uchastkasi; 2 – ko‘chirish 
uchastkasi; 3 – to‘kish uchastkasi;4 – to‘kilma; 5 – qazilma. 
Agar gruntni surish masofasi 40 m dan oshsa,u holda 
ikkita buldozerni 
qo‘shaloq ishlatib yoki surgichi qanotli buldezordan
foydalangan holda 
oraliq 
ko‘tarmalar (vallar)
bilan ishlash qo‘llaniladi. Bunda oraliq ko‘tarmalar (vallar)ni 
har 20...30 m da tashkil etish lozim bo‘ladi.
Gruntni ko‘tarmaga qatlamlab to‘kish va bir vaqtning o‘zida zichlash eng 
uzoq uchastkalardan boshlanadi yoki zichlamasdan to‘plam hosil qilinadi. 
Buldozer odatda, orqaga surgichni tushirgan holda orqa yurish bilan zaboyga 
qaytadi, buldozerning bunday qaytishi gruntni oraliq zichlashtirish va tekislashga 
yordam beradi. O‘ta zich gruntlar buldozerlar bilan ishlov berishdan oldin 
yumshatiladi. Bunda buldozerga o‘rnatiladigan bir, ikki yoki uch tishli-
yumshatgichlar jihozidan foydalaniladi (5.20 - rasm). 


157 
5.20-rasm. Tishli-yumshatgich bilan jihozlangan buldozer 
Gruntni qirqishda to‘g‘ri burchakli va taroqsimon (cho‘qqisimon) sxema 
qo‘llaniladi. 
Pichoqli surgich bikr biriktirilgan bo‘lib, u vertikal va gorizontal 
tekisliklarda buriladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish