93
foydali ish koeffitsientiga,
katta quvvatga ega, demak tashilayotgan yuklarning
katta umumiy massasini tashkil etuvchi ular hisoblanadi.
Yuklarni tashish uchun zamonaviy bunkerlar parki turli xil talablarni
hisobga olish zaruriyati bilan vujudga kelgan turlari va konstruktsiyalarning xilma-
xilligi bilan tavsiflanadi: tashilayotgan yukning butunligini asrash, yuk tushirishni,
tortishni, yuklarni dozalashni va hokazolarni mexanizatsiyalash. Ko‘chiriladigan
(harakatdagi sostav) bunkerlarning asosiy turlari (4.3-rasm) quyidagicha:
usti yopiq vagonlar
yon tomonida lyuklar, eshik o‘rinlari va tomi suriladigan
qilib ishlangan, bu qurilish yuklarining keng
nomenklaturasini tashishni
ta’minlaydi;
yarim vagonlar
turli xil sochiluvchan, uzun o‘lchovli va boshqa qurilish
yuklarini tashish uchun va ular polda, yon va chetki devorlarda lyuklarga, bir yoki
ikki tomonga qiya polga ega;
4.3-rasm. Temir yo‘l transportining harakatlanuvchi sostavi:
a-usti yopiq vagon; b-platforma; v-tsisterna; g-yarim vagon; d-vagon xopper; ye-
dumpkar.
platformalar
turli
xil temirbeton buyumlar, yog‘och materiallar,
konstruktsiyalarni tashish uchun;
usti yopiq vagon-xopperlar
atmosfera yong‘inlaridan himoya qilishni talab
qiluvchi tsement, ohak va boshqa kukunsimon yuklarni tashish uchun.
Bunday
vagonlarning tomida bo‘ylama va yumaloq yuklovchi lyuklar, kuzovining pastida
esa – maxsus pnevmatik yuk tushiruvchi mexanizmli lyuklar mavjud. Vagon-
xopperlar turli xil modifikatsiyada chiqarilib, ular bir-biridan shakllari, juft
g‘ildiraklari soni va tashiladigan yuklarning hajmi bilan farqlanadi;
94
tsisternalar
tsement, boshqa sochiluvchan va
quyiluvchi yuklarni tashish
uchun. Kuzov vazifasini yuqoridan yuklanuvchi va pastdan yukni tushiruvchi-
to‘kuvchi moslamalar bilan jihozlangan, tsilindr shaklidagi forma bajaradi;
vagon samosvallar (dumpkarlar)
shag‘al, mayda tosh, qum, loy-tuproq, va
boshqa sochiluvchan qazilmalarning yuzini ochish ishlarida ishlab chiqariladigan
sochiluvchi yuklar va jinslarni tashish uchun. Ular ko‘tariluvchi va ag‘dariluvchi
bo‘ylama bortlar hisobiga yoki vagonning o‘zini ag‘darish hisobiga yon tomonga
yuklarni tushirish mumkin;
ixtisoslashtirilgan vazifalarni bajaruvchi vagonlar
og‘ir sharoitlarda ma’lum
bir yuklarni tashish uchun; ularda ortiqcha yuklama
sababli yurish qismlari
kuchaytirilgan bo‘ladi.
Temir yo‘l bunkerlarini bo‘shatish uchun ilmoq, greyfer, elektromagnit va
boshqa yukni ko‘tarib qamrab oluvchi moslamalar bilan jihozlangan vagon
ag‘dargichlar, ko‘prikli, temir yo‘l va gusenitsali kranlardan foydalaniladi.
Vagonlardagi yuklar ko‘pincha
avtoyukortgichlar bilan, pastki qismidan oqizib
tushiriladigan tsisternalar pnevmotushiruvchi priborlar yordamida, yuqori qismidan
oqizib tushiriladigan tsisternalar nasoslar yordamida tushirib olinadi. Yuklarni
tushirish jarayonini, tezlashtirish uchun maydonlar vagon ag‘dargich, estakadalar
bilan, qabul qilish moslamalari bo‘lgan yo‘llari baland ko‘tarilgan yoki temir
yo‘lni bir yoki ikkala tomonida maydonchalar, relslar orasiga joylashtirilgan qabul
qiluvchi bunkerlar bilan jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: