O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Doimiy muzlaydigan gruntlarda to‘ldiriladigan



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
6.8. Doimiy muzlaydigan gruntlarda to‘ldiriladigan 
qoziqlarni qurish 
 
Manfiy temperaturalar ta’siri ostida bo‘ladigan gruntlarni uchta toifaga 
ajratish mumkin. Mavsumiy muzlaydigan gruntlarni muzlagan gruntlarga, qiyin 
muzlaydigan va plastik muzlaydigan gruntlarni doimiy muzlaydigan gruntlarga 
kiritish mumkin. 
Qoziqlarni 
mavsumiy muzlovchi gruntlarga
chuqurligi 0,7 m gacha 
bo‘lganda kuchli to‘qmoqlar va vibroto‘qmoqlardan foydalanib qoqish yoz 


256 
sharoitlarida qoqish vaqtida faqat qurilmalarning unumdorligi pasayish bilangina 
farq qiladi. Muzlash chuqurligi kattaroq bo‘lganda va qoziqlarni qoqish 
mexanizmlari quvvati kichikrok bo‘lganda kishki sharoitda gruntga ishlov berish 
uchun foydalaniladigan tadbirlar arsenalidan foydalaniladi. 
Agar imkoniyat bo‘lsa, u holda qoziqlar koqiladigan joylarni qo‘l ostidagi 
materiallar (qipiq, xashak, shoxlar, barglar va h.k) bilan oldindan isitish hisobiga 
muzlagan gruntlarning muzlashi oldi olinadi yoki muzlash chuqurligi 
kamaytiriladi. Qoziq qoqish joylarida mexanik metodlar bilan, burg‘ilash 
mashinalari yordamida gruntning muzlash chuqurligigacha kesiklar qirqib, keyin 
bloklarni qoqish joyidan olib tashlash yo‘li bilan muzlagan gruntni bo‘zish 
mumkin. burg‘ilash mashinalari va vibrozarb beruvchi qurilmalar bilan gruntda 
yetakchi quduqlarni qurishda boshka metodlar ham qo‘llaniladi. 
Doimiy 
muzlagan gruntlar
uchun qoziqlarni botirishning ayrim xususiyatlari 
mavjud. Bu gruntlar tabiy holatda va to‘zilmasi bo‘zilmagan holda yuqori ko‘tarish 
qobiliyatiga ega. Shuning uchun qoziqlarni shunday gruntlarga botirishda doimiy 
muzlagan gruntlarni tabiy holatda maksimal darajada saqlash lozim. Qoqish 
natijasida uchastkalarda mazkur gruntlarning strukturasi buzilgan bo‘lsa, u holda 
bu gruntlarning boshlang‘ich xossalarini tiklash lozim bo‘ladi. Bunga qoziqlarni 
yaxlatish 
yoki qoziqni 
grunt sirti bo‘yicha yaxlab ketishi
bilan erishiladi, bu esa 
ularning bir butun qilib tashkil eta boshlanishiga, birgalikda yuqori ko‘tarish 
qobiliyatiga ega bo‘lishga olib keladi.
Birgalikda muzlatish metodi 
qattik muzlagan gruntlar
uchun keng 
qo‘llaniladi, ularda 5…10m chuqurlikda o‘rtacha yillik temperatura 0,6…1,5 ºS ni 
tashkil etadi. Qoziqlar qattik muzlagan gruntlarga asosan ikki xil usulda botiriladi: 
erigan gruntga yoki diametri qoziqning ko‘ndalang kesimi eng katta o‘lchamidan 
ortiq bo‘lgan burg‘ilangan quduqlarga. Qoziqni erigan gruntga botrishda dastlab bu 
gruntni eritish (6.30 rasm), so‘ngra qoziqlarni muzlagan gruntda hosil bo‘lgan 
suyuq grunt bo‘shlig‘iga botirish kerak. Pastki kesimida perforatsiyalangan bug‘ 
ignasi yordamida grunt eritiladi 0,4…0,8 Mpa bosimdagi bug‘ ta’sirida ignaning 


257 
perforatsiyalangan qismi zonasida gruntning oquvchi holatgacha suyulishi yuz 
beradi; bunday gruntga tayyor qoziq loyihadagi chuqurlikkacha botiriladi.
Uncha ko‘p mikdorda muz bo‘lgan gruntlarda qisqa vaqtda 1…3 soatda 
kerakli o‘lchamdagi bo‘shliqlarni hosil qilish mumkin. Muz miqdori ko‘p bo‘lgan 
gruntlarda kerakli o‘lchamdagi bo‘shliqlarni olish jarayoni 6…8 soatgacha 
cho‘zilib ketadi. Ignaning gruntga botish tezligi shunday hisob bilan aniqlanadiki, 
bunda erib ketgan bo‘shliq diametri qoziqning ko‘ndalang kesimdagi eng katta 
o‘lchamdan 2…3 marta ortiq bo‘lsin. Qoziqni loyihadagi chuqurlikka 
botirilgandan so‘ng gruntda doimiy muzlik holati tiklana boshlaydi, qoziq doimiy 
muzlagan grunt qatlamiga birikkan, grunt bilan birga qo‘shilib muzlagandek 
bo‘ladi, zarur ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Qoziqlarni botirishda muzlagan gruntni sterjenli elektroqizitgichdan 
foydalanib eritish uchun (6.31 rasm) qoziqlarni qoqish hududi uchta qamrovga 
bo‘linadi. Birinchi qamrovda quduqlar burg‘ilanadi, ikkinchisida quduqlar 
burg‘ilangan va ularni isitish hamda qizitish amalga oshiriladi, uchinchi qamrovda 
qoziqlarni quduqlarga botirish amalga oshiriladi. Quduqni isitish va unga qoziqni 
botirish orasidagi interval bir smenadan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
6.30 rasm. Qoziqlarni muzlagan gruntlarga eritish usuli bilan botirish jarayoni sxemalari: 
a – gruntni eritish; b – qoziqni botirish; v – bug‘li igna; 1 – tutib turuvchi havozalar; 2 – 
muzlagan grunt; 3 – suyultirilgan grunt; 4 – qoziqnibotiruvchi qurilma; 5 – vibryuklagich; 6 – 
qoziq; 7 – bug‘o‘tkazgich; 8 – bosh zaglushka; 9– patrubok; 10 – igna uchi. 


258 
6.31. Gruntni sterjenli elektroisitkichlar bilan isitishda qoziqlarni botirish ketma-ketligi 
sxemasi: 
1 - elektroisitkichli uchastka; 2 - shuning o‘zi, faqat isitilgan quduqlar bilan; 3 - shuning 
o‘zi, yuklangan qoziqlar bilan; 4- kabel; 5- simlar. 
Qoziqni 
burg‘ilangan quduqlarga
botirish metodi (6.32 rasm) o‘z ichiga bir 
necha qator ketma-ket bajariladigan operatsiyalarni qamrab oladi: 

quduqni zarur chuqurlikkacha burg‘ilash; 

quduqni 1/3 …1/2 balandligida qumli-loyli qorishma bilan 
to‘ldirish; 

qoziqni shu qorishmaga botirib, uni quduq chetidan qisman 
siqib chikarish; 

qurshab turuvchi quvurlarni sug‘urib olish. 
Qorishmaning tabiy gruntga qo‘shilib muzlashi, qoziqning esa shu qorishma 
bilan birgalikda muzlashi natijasida qoziq zarur ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 


259 
6.32 rasm. Qoziqni burg‘ilangan quduqqa botirish jarayoni sxemasi: 
a - quduqni burg‘ilash; b - quduqni qumli loyli qorishma bilan to‘ldirish; v - qoziqni 
botirish; g - qurshab turuvchi quvurni tortib olish; 1 - burg‘ilash qurilmasi; 2 - sepma; 3 - 
gruntning faoliyatli qatlami; 4 - muzlagan grunt; 5 - qurshab turuvchi quvur; 6 - qumli-loyli 
qorishma;7-qoziq. 
O‘rtacha yillik temperaturasi –10 ºS dan yuqori bo‘lgan 
plastik muzlagan 
yuqori temperaturali gruntlarga
tayyor qoziqlar qoqish yoki burg‘ilab qoqish 
usulida botirladi. Erigan gruntga yoki burg‘ilangan quduqlarga qattiq muzlagan 
gruntlar uchun maqbul bo‘lgan botirish metodlari gruntlarning nisbatan yuqori 
temperaturasi tufayli va ularda qoziqlarning birgalikda muzlab bitta bo‘lib ketishi 
jarayoni sekin kechishi tufayli to‘g‘ri kelmaydi. 
Qoziqlarni qoqish
qumli, soztuproqli gruntlarga, changli suglinkalarga va 
faqat mavsumiy erish davrida bajariladi, chunki qishda faoliyatli qatlam gruntlari -
5…10 ºS gacha soviydi va qattiq muzlagan holatda bo‘ladi. 
Burg‘ilab qoqish metodi
bilan 
qoziqlar 
ikki bosqichda botiriladi. Avval 
yetakchi quduq burg‘ilanadi, uning diametrini qoziqning maksimal o‘lchamidan 
1…2sm kichikroq qilib kabul qilinadi. Keyin qoziq bu quduqka vibroto‘qmoq yoki 
dizelto‘qmoq yordamida botiriladi. Qoqish jarayonida gruntning ma’lum 
deformatsiyalanishi yuz beradi va ishlayotgan to‘qmoqdan chiqayotgan issiklik 
energiyasi tufayli gruntning qoziq perimetri bo‘yicha siqilishi va qayta 
taqsimlanishi yuz beradi. Qoqish tugagandan so‘ng qoziq gruntga birgalikda 


260 
qo‘shilib tez muzlab qoladi. Yetakchi quduqlarning qo‘llanilishi qoziqlarni 
o‘rnatish aniqligini orttirishga, uni loyihadagi chuqurlikka botirilishini 
ta’minlashga, qoziqlarning uchiga tosh, xarsangtosh va boshqalar tushib qolishi 
natijasida sinishini istisno etish imkonini beradi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish