O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Zich shibbalangan qoziqlar
uchiga kiydirilgan cho‘yan boshmoqli qurshab 
turuvchi quvurni burg‘ilangan quduqqa qoqish yo‘li bilan o‘rnatiladi, bunda 
boshmoq gruntda qoladi (6.24 rasm). Qurshab turuvchi quvurga 2…3 harakat bilan 
beton aralashmasini yuklash portsiyalab amalga oshiriladi. Qoziqning kesimi 
shakllanib bo‘lgandan so‘ng, qurshab turuvchi quvur ikki tomonlama 
harakatlanuvchi to‘qmoq yordamida tortib olinadi. 
Cho‘yan boshmoqli qurshab turuvchi quvur to‘qmoq zarbalari ta’sirida 
gruntga loyihadagi belgigacha kiritiladi (botiriladi). Botayotganda quvur grunt 
zarralarini so‘radi va uni zichlaydi. Quvur quyidagi pastki nuqtaga yetganda uning 
bo‘shlig‘iga armaturali karkas tushiriladi (zarur bo‘lganda), so‘ng vibroqovg‘a 
(vibrobad’ya)dan voronka orqali qurshab turuvchi quvur bo‘shlig‘iga konus 
cho‘kishi 8...10 sm bo‘lgan bikr beton aralashma uzatiladi. 


248 
Qurshab turuvchi quvur 1 m balandlikkacha beton aralashmasi bilan 
to‘lgandan so‘ng bu quvur ko‘tarila boshlaydi, bunda boshmoq unga bosim berib 
turgan beton aralashmasi ta’sirida sirg‘alib tushadi, bu qorishma quduqni to‘ldira 
boshlaydi. Bunda qurshab turuvchi quvur bilan biriktirilgan, karrali ta’sir 
ko‘rsatvchi to‘qmoq yuqoriga va pastga navbati bilan yo‘nalgan tez-tez juft 
zarbalar beradi. Yuqoriga yo‘naltirilgan zarbalardan 1min ichida quvur gruntdan 
4…5 sm chiqariladi, pastki yo‘naltirilgan zarbalardan esa quvur 2…3sm ga 
botiriladi. Xususiy massasi ta’sirida quduqka kelib tushayotgan beton 
aralashmasini qurshab turuvchi quvur pastki chetining zarbalari hisobiga va 
to‘qmoqning vibratsion ta’siri natijasida quvur devorlariga betonning ishqalanishi 
hisobiga amalga oshiriladi, shu munosabat bilan barcha beton aralashma doimiy 
ravishda vibratsiyada bo‘ladi va natijada quduqning pastki qismidagi grunt 
zichlanadi, beton aralashmasining bir qismi quduq devorlariga presslanib, ularning 
mustahkamligini ortiradi. 
6.23 rasm. Viboshibbalangan qoziqlarni qurishning texnologik sxemasi. 
a- quduqni hosil qilish; b- beton aralashmasining birinchi portsiyasini joylashtirish; v- 
vibrotushirgich bilan bikr biriktirilgan shibbalovchi shtanga bilan beton aralashmasini zichlash; 
g- beton aralashmasining keyingi qatlamlarini joylashtirish va zichlash; d- qurshab turuvchi 
quvurni tortib olish va qoziq bosh qismiga armaturali karkasni o‘rnatish. 


249 
6.24 rasm. Zich shibbalangan qoziqlarni qurishning texnologik sxemasi: 
a – qurshab turuvchi quvurni tushirish; b – armatura karkasini o‘rnatish; v – quvur 
bo‘shlig‘iga beton aralashmasini uzatish; g– qurshab turuvchi quvurni chiqarish bilan bir vaqtda 
beton aralashmasini zichlash; 1– qurshab turuvchi quvur; 2– koper; 3– ikki xarakatli ta’sir 
etuvchi to‘qmoq; 4– armatura karkasi; 5– beton aralashmali qovg‘a (bad’ya); 6– kabul qiluvchi 
voronka; 7– cho‘yan boshmoq. 
Qurshab turuvchi quvurda betonni bunday shibbalash quvurni gruntdan 
to‘liq tortib olinguncha davom ettiriladi. Zarur bo‘lganda chiqarilayotgan qurshab 
turuvchi quvurga tashqi vibratorlar mahkamlanadi, ular betonning yuqori 
qatlamlarini sifatli zichlantirish imkonini beradi. Zich shibbalangan qoziqlarni 
armaturalangan qilib tayyorlash mumkin. Armaturalash hisoblashlar bo‘yicha 
amalga oshiriladi, ammo ko‘pchilik holatlarda armaturali karkasdan monolit 
rostverkni armatura bilan biriktirish uchun qoziqning faqat yuqori qismida 
foydalaniladi. Agar armaturalash qoziqning butun balandligi bo‘yicha ko‘zda 
tutilgan bo‘lsa, u holda armaturali karkasni qurshab turuvchi quvurga betonlashni 
boshlamasdan oldin tushiriladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish