O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Tovoni kengaytirilgan burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlar



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Tovoni kengaytirilgan burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlar.
Bunday 
qoziqlarning diametri 0,6…2,0 m, uzunligi 14…50 m bo‘ladi. Qoziqlarni 
kengaytirishning 3 ta usuli mavjud. Birinchi usul – 
gruntni ichdan kengaytirish
quduqning pastki qismida beton aralashmasini jadal 
shibbalash
bilan olib boriladi, 
ammo bu yerda ishlar sifatini, shaklini (kengayishi tovoni qanday bo‘lganini), 
beton grunt bilan qay darajada aralashib ketganini va uning ko‘tarish qobiliyati 
qandayligini baholash mumkin bo‘lmaydi. 
Ikkinchi usulda diametri 3 metrgacha tovoni kengaytirilgan quduq hosil 
kilish uchun burg‘ilash kolonkasida 
ochiladigan pichoq
ko‘rinishdagi maxsus 
qurilmaga ega bo‘lgan stanok bilan quduq burg‘ilanadi (6.20 rasm). Pichoq yer 
ustidan boshqariladigan gidravlik mexanizm bilan ochiladi. Shtanganing 
aylanishida pichoqlar gruntni qirqadi, qirqilgan grunt kengaytirgich ustida 
joylashgan bad’yaga tushadi. Gruntni pichoq bilan kesish va uni yer sirtiga olib 
chiqishdagi, bir necha operatsiya davomida gruntda kengaytirilgan bo‘shliq hosil 
bo‘ladi. Quduqka bentonitli loylardan tayyorlangan loyli qorishma uzatiladi, u 
uzluksiz tsirkulyatsiya qiladi va quduq devorlarining chidamliligini ta’minlaydi.
6.19 rasm. Qurshab turuvchi quvurlar himoyasida gruntni kovlab to‘ldiriladigan 
qoziqlarni tayyorlashning texnologik sxemasi: 


241 
a – Qurshab turuvchi quvurni vibroqurilma bilan botirish; b – vibrogreyfer bilan qurshab 
turuvchi quvurdan gruntni chiqarib olish; v – qoziqni betonlash; g – qurshab turuvchi quvurni 
vibroqurilma bilan chiqarib olish; 1 – qurshab turuvchi quvur; 2 – vibroqurilma; 3 – 
vibrogreyfer; 4 – armaturali karkas; 5 – beton aralashmali bad’ya. 
Kengaytirishni amalga oshirganda bo‘shliqni burg‘ilash quduqka grunt bilan 
ifloslangan qorishmani to‘liq almashtirilgunga kadar quduqka yangi loyli 
qorishmani uzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Quduqni loyihadagi 
chuqurlikgacha burg‘ilash tugallangandan so‘ng burg‘ilash kolonkasi 
kengaytirgich bilan birga tortib olinadi, quduqka armaturali karkas o‘rnatiladi. 
Betonlash ishlari vertikal ko‘chuvchi quvurlar metodi bilan olib boriladi, 
bunda bir vaqtning o‘zida quvurga beton aralashmasi uzatiladi va u ko‘tariladi. 
Beton aralashmasi yopishqoq loyli qorishma bilan tegishib, uz mustaxkamligini 
kamaytirmaydi, aralashmadan tsementli bog‘lovchi yuvilib ketmaydi. Beton 
aralashmasi loyli qorishmani quvur va quduq va quvur orasidagi tirqish orqali 
yuqoriga siqib chiqaradi. Beton qo‘yuvchi quvurning pastki oxirgi qismiga beton 
aralashmasiga doim taxminan 2 m chuqurlikga kiritilishi kerak; beton ichida loyli 
qorishmaning qatlamlari vujudga kelmasligi uchun betonlash uzluksiz amalga 
oshiriladi.
Portlatish usuli
bilan kengayishtirish
 
(6.21 rasm). Burg‘ilangan quduqka 
qurshab turuvchi quvur o‘rnatiladi. Quduqning tubiga massasi hisoblangan 
portlovchi modda zaryadi tushiriladi va detonator simlari yer sirtidagi portlatish 
mashinasiga chiqarib ulanadi. Quduq 1,5…2,0 m chuqurlikda beton aralashmasi 
bilan to‘ldiriladi, qurshab turuvchi quvur 0,5 m ko‘tariladi va portlatish amalga 
oshiriladi. Portlash energiyasi gruntni zichlashtiradi va sferik bo‘shliqni hosil 
qiladi, bu bo‘shliq qurshab turuvchi quvurdan tushayotgan beton aralashma bilan 
to‘ldiriladi. Shundan so‘ng qurshab turuvchi quvur beton aralashmasi bilan 
portsiyalab va zarur bo‘lgan zichlashtirishlar bilan to‘ldiriladi. 


242 
6.20 rasm. Gruntdagi bo‘shliqni kengaytirgich bilan burg‘ilash: 
a – kengaytirgichni quduqni burg‘ilash vaqtidagi holati; b – bo‘shliqni burg‘ilash 
jarayonida kengaytirgichning holati; 1 – grunt tuplagich; 2 – qirquvchi pichoqlar; 3 – quduq; 4 – 
shtanga; 5 – kengaytirilgan bo‘shliq. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish