O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Burg‘ilab burab kiritiladigan qoziqlar



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Burg‘ilab burab kiritiladigan qoziqlar.
Ko‘pincha chuqurlashtirilgan 
inshootlar uchun kotlovanlarni mavjud binolarga yaqin joyda qurishiga tug‘ri 
keladi. Bunda qoziq va shpuntlarni qoqishda yuzaga keladigan dinamik ta’sirlar 
ularning deformatsiyasiga olib kelishi mumkin. Burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlarni 
qurishda, qurshab turuvchi quvurning botirilishi quvur bo‘shlig‘idan gruntni 
ilgarilab chiqishining yuz berishi, bu esa qushni turgan poydevorlar ostidan grunt 
massivining chiqib ketishiga olib kelishi va mavjud binolarning deformatsiyasiga 
olib kelishi mumkin. Quvurlarni tushirish uchun “Grunt ichida devor” usulining 
yoki loyli qorishma qullanilishi loyihaning qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. 
6.26 rasm. Burg‘ilab burab kiritiladigan qoziqning sxemasi: 
1 – metall quvur; 2 – o‘ramni quvurga payvandlash; 3 – diametri 10…16 mm li 
armaturadan, qadami 200…400 mm bo‘lgan o‘ram; 4– butsimon (xochsimon) berk yoki 
ko‘rinmay ketadigan uchlik; 5 – krestovina; 6 – metall disk. 
Bu usullarda tabiiy yer osti muhiti va uning muvozanati bo‘ziladi, bu esa 
noxush natijalarga yoki qurilishning qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. 


252 
Qurilgan imoratlar zich bo‘lgan hollarda burg‘ilab burab kiritiladigan 
qoziqlar usulini qo‘llanish maqsadga muvofikdir. Bu usulning mohiyati shundan 
iboratki, metall quvur gruntga qoqilmaydi, balki burab kiritiladi (6.26 rasm). 
Quvurga zavod sharoitida diametri 10…16 mm, qadami 200…500 mm bo‘lgan 
kambar (ensiz) shnek o‘raladi. Grunt sharoitlariga bog‘lik holda zarur bo‘lganda 
suvni quvur jismiga kiritilmaslikka imkon beruvchi, berk yoki kurinmay ketadigan 
tiqin (zaglushka) bilan jihozlanishi mumkin. Quvurni burab kiritishda uning 
atrofidagi grunt qisman zichlanadi, uning taxminan 15…25% tashqariga siqib 
chiqariladi. 
Agar quvurning pastki qismi berk bo‘lsa, loyihadagi belgigacha buralgandan 
so‘ng unga armatura karkasi qo‘yiladi va u beton aralashmasi bilan to‘ldiriladi. 
Uchi yo‘qotiladigan (kurinmay ketadigan) quvurlarga armatura karkasi qo‘yiladi, 
quvur beton bilan to‘ldiriladi, betonning qotish jarayonida quvur burab olinadi, 
gruntda boshmoq qoladi, unga temirbeton burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziq tayanadi. 
Juda zich gruntlarda quduqni dastlab ancha kamroq chuqurlikka (1 m gacha) 
burg‘ilash mumkin va bunda quduqning diametri quvurning diametridan kichik 
bo‘lishi kerak. Burab kiritiladigan quvurlarning diametri 300…500 mm, uzunligi 4 
dan 20 m gacha. Muhimi shundaki, texnologiya 5 kavatli mavjud binolar yaqinida 
taxminan 40 sm masofada, unda baland binolar yaqinida taxminan 70 sm masofada 
ishlarni bajarishga imkon beradi. 
Keyingi yillarda maxsus stanoklar yordamida barpo etilayotgan baquvvat 
tayanch ko‘rinishidagi chuqur joylashgan, yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan poydevorlar keng qo‘llanilmoqda(6.27 rasm). Gruntni qazish qurshab 
turuvchi quvur ichiga tushiriladigan greyferli cho‘mich yoramida bajariladi. Qazish 
paytida quvurning pastki uchi quduq zaboyidan pastroqda bo‘lishi kerak. Zaboyni 
tozalash greyferli cho‘mich yordamida bajariladi. Quduqqa armaturali karkas 
o‘rnatilgandan so‘ng vertikal harakatlanuvchi quvur usuli bilan betonlash olib 
boriladi; beton quyuvchi quvurning beton aralashmasiga chuqurlashib kirishi 1 m 
dan kam bo‘lmasligi kerak 


253 
6.27 rasm. Diametri 2…3,5 m bo‘lgan burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlarni qurishning 
texnologik sxemasi: 
a – burg‘ilash stanogini o‘rnatish; b – quduqka qazish; v – zaboyni tozalash; g – 
armaturali karkasni o‘rnatish; d – beton qo‘yuvchi quvurni o‘rnatish; ye – qoziqni betonlash; 1 – 
burg‘ilash qurilmasi; 2 – qurshab turuvchi quvur; 3 – greyferli cho‘mich; 4 – armaturali karkas; 5 
– betondan qo‘yuvchi quvur. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish