O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Rekonstruktsiya sharoitida qoziq ishlari



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
6.9. Rekonstruktsiya sharoitida qoziq ishlari 
texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Qoziq ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari
. Korxonalarni qayta qurishda va 
texnik jihatdan qayta kurollantirishda ko‘pincha ularning poydevorlarini 
kuchaytirish yoki ko‘tarish qobiliyatini oshirish zaruriyati vujudga keladi. Bunday 
sharoitlarda qo‘shimcha qoziqlarni qurish, «grunt ichida devor» usuli, tushiriluvchi 
quduqning modifikatsiyalangan usuli qo‘llaniladi. 
Qo‘shimcha qoziqlarni qurish.
Mazkur usulda odatda poydevorning 
burchaklariga botiriladigan va yuklamani uning perimetri bo‘yicha o‘rnatiladigan 
temirbeton oboyma - rostverk bo‘yicha qabul qiladigan burg‘ilab to‘ldiriladigan va 
bosib kiritiladigan ko‘p sektsiyali qoziqlar qo‘llaniladi. Biroq yanada samarali 
yechim «oqim texnologiyasi» dan foydalangan holda mavjud poydevor tovoni 
ostida mustahkamlangan grunt yoki to‘ldiriladigan qoziqlardan iborat qoziqlar 
qurish hisoblanadi. Qoziqlarni qurishning bu texnologiyasi quyidagi asosiy 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 

poydevorning pastki pog‘onasining burchaklari bo‘yicha, zarur 
bo‘lganda esa burchaklar orasiga ham 100…150 mm li diametrga ega 
bo‘lgan quduqlarni gruntli zamingacha burg‘ilash; 

poydevordagi burg‘ilangan teshik orqali oqimli monitorni 
tushirish va gruntda diametri o‘ncha katta bo‘lmagan quduqda loyihadagi 
chuqurlikkacha monitordan chiqayotgan yuqori bosimli oqim vositasida 
qazish; 


261 

quduqni soplosidan yuvib ketuvchi suv okimli yoki gruntni 
mustahkamlovchi qorishma tushadigan monitorni asta-sekin ko‘tarish 
yo‘li bilan quduqni loyihadagi kesimgacha kengaytirish, buning natijasida 
mustahkamlangan gruntdan qoziq hosil bo‘ladi. 
Gruntli qoziqlarning ko‘tarish qobiliyati yetarli bo‘lmaganda quduqka 
mavjud poydevorga chiquvchi armaturali karkasni o‘rnatish, keyin quduqni beton 
aralashmasi bilan to‘ldirish mumkin. 
Oqim texnologiyasi bo‘yicha poydevorlar ostiga gruntli qoziqlarni qurishda 
uning uchta varianti bo‘lishi mumkin: bir, ikki va uch komponentli, u tashkil 
etuvchilarining soni, qurilma tarkibi va olinadigan gruntli qoziqlarning ko‘tarish 
qobiliyati bilan farq qiladi. 
Bir komponentli texnologiya
mustahkamlovchi qorishmaning bitta yoki 
ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan oqimlari bilan gruntni yuvishni nazarda tutadi. 
Qorishmani oldindan tayyorlab quyish mumkin (tsement-qumli yoki tsement-loyli) 
yoki zarur tarkibni uning tashkil etuvchilari soplolarga alohida uzatish yo‘li bilan 
olish mumkin. Aralashish bevosita soplodan chiqishda yuz beradi (suyuq shisha va 
qotirgich, tsement-qumli qorishma yoki qotirishni tezlashtiruvchi kimyoviy 
qo‘shimchalar va boshqalar). Bir komponentli oqimli texnologiyada grunt 
soplodan 200…350 mm radiusida yuviladi, gruntli qoziq ustuni diametri 0,5…0,7 
m ni tashkil etadi. 
Ikki komponentli oqimli texnologiya
mustahkamlovchi qorishma oqimi va 
kontsentrik xalqali havo oqimini bir vaqtda uzatish bilan amalga oshiriladi. 
Qorishma-havoli oqim bilan gruntni yuvish 1,0…1,5 m li radiusda olib boriladi, 
gruntli qoziqning diametri esa 2…3 m ga yetadi. 
Uch komponentli texnologiyada
qo‘shimcha ravishda gruntga qoziqni shakllantirish jarayonini tezlashtiruvchi 
qo‘shimchalar uzatiladi. 
 
Oqimli texnologiyada turli kesimdagi qoziqlarni olish mumkin: vintli, 
ildizli, ko‘ndalang disk-diafragmali va boshqalar. Yon sirti rivojlanganligi hisobiga 


262 
ushbu qoziqlarning ko‘tarish qobiliyati dumaloq ko‘ndalang kesimli qoziqlarning 
yuk ko‘tarish qobiliyatiga nisbatan 1,5…1,8 marta yuqori bo‘ladi. 
Vintli qoziqlar bir yoki bir necha yon soplolarga ega, biri ikkinchisining 
ustida joylashgan, uning vertikal o‘qi atrofida bir vaqtda buriladigan, bo‘lgan 
monitorni ko‘tarish yo‘li bilan quriladi. Bunday qoziqlarda vintli kuraklar soni 
monitordagi soplolalar soniga mos keladi, vintli kuraklarning qadami monitorning 
ko‘tarilish tezligi bilan aniqlanadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish