O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 G‘isht-tosh terish uchun qorishmalar



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

7.1.3 G‘isht-tosh terish uchun qorishmalar 
 
Tosh konstruktsiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladigan qorishmalar 
terish qorishmasi deyiladi. Qorishmalar alohida toshlarni yagona monolitga 
(yaxlitga) birlashtirib bog‘laydi, ular yordamida toshlarning to‘shamalari 
tekislanadi, buning natijasida ta’sir qiluvchi kuchlarning bir toshdan ikkinchisiga 
bir tekis uzatilishi ta’minlanadi; qorishma toshlar oralig‘ini to‘ldiradi hamda 
terilgan joyga havo va suv kirishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, qorishmalar 
kuchlarning bir tekisda uzatilishini ta’minlaydi, terilgan joylarni shamol o‘tishidan, 
suv singishidan saqlaydi, binolarning sovuqqa bardoshligini oshiradi. 
To‘ldiruvchilarning turiga ko‘ra qorishmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi): 
og‘ir yoki sovuq
– zichligi 1500 kg/
dan ortiq bo‘lgan zich tog‘ jinslaridan 
kvarts yoki tabiiy qum bilan tayyorlanadigan qorishmalar; 
engil yoki iliq 
– zichligi 1500 kg/
dan kichik bo‘lgan shlakli, pemza yoki 
tufli qumdan, IEM kulidan, granulalangan yoki yonilg‘i shlaklaridan tayyorlangan 
qorishmalar. 
Barcha turdagi qorishmalar uchun qum donalarining o‘lchami 2,5 mm dan 
ortiq bo‘lmasligi, qorishmaning qo‘zg‘aluvchanligi tosh terish uchun 9...13 sm dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak. Plastifik-yumshatuvchi qo‘shimchalar: organik − sulfat 
ishqor va sovunnaft, hamda noorganik qo‘shimchalar − oxak va loydan keng 
foydalaniladi. 


272 
Bog‘lovchilarning turiga ko‘ra qorishmalarining tasnifi (klassifikatsiyasi): 
tsementli qorishmalar 
− yer yuzasidan pastroqdagi konstruktsiyalar, juda 
ko‘chli yuklangan ustunlar, deraza bo‘shliqlari orasidagi devorlar, armaturali 
terilgan g‘ishtli devorlarni tiklashda qo‘llaniladi. Tarkibi 1:2,5 dan to 1:6 gacha 
bo‘ladi, qorishmaning markasi 100 dan 300 gacha. 1
qumga eng kam tsement 
sarfi – binolarning yer usti qismi uchun kamida 75kg, yer usti qismi uchun 125 kg 
ni tashkil etadi. Portlandtsement va shlakoportlandtsement mas’ul konstruktsiyalar, 
armaturali terishda, yer osti konstruktsiyalarini terishda, suvga to‘yingan 
gruntlarda yoki muzlatish metodi bilan bajariladigan qishda tiklanadigan devorlar 
uchun mo‘ljallangan yuqori markali qorishmalarda qo‘llaniladi; 
Ohakli qorishmalardan
quruq joylarda va yuklama uncha katta bo‘lmaganda 
foydalaniladi. Ular katta qo‘zg‘aluvchanlikka, plastiklikka ega bo‘lib, eng katta 
mehnat unumdorligini ta’minlaydi. Tarkibi 1:4 dan 1:8 gacha va 4, 10 hamda 25 
markalardan foydalaniladi; 
aralash yoki murakkab qorishmalar
- tsementli-ohakli va tsementli loyli 
bo‘lib, ular 1: 0, 1: 3 dan to 1: 2: 15 gacha tarkibda va 10, 25, 50, 75 va 100 
markalarda. Bunday qorishmalar ko‘pchilik qurilish konstruktsiyalarini tiklashda 
qo‘llaniladi. Ikkinchi bog‘lovchi qorishma qotishining boshlanishini orqaga suradi, 
qulay terishni va plastiklikning yaxshilaydi, lekin qorishmaning mustahkamligini 
sezilarli darajada pasaytiradi. Aralash qorishmalarning xajmiy ulushidagi 
(miqdoridagi) birinchi raqam tsement sarfini, ikkinchi raqam – ohak yoki tuproq 
qorishmasi, uchinchi raqam qum sarfini anglatadi.
Qorishma mustahkamligining ortib borish tezligi bog‘lovchilarning 
xossalariga va qotish sharoitlariga bog‘liq. 15˚S temperaturada oddiy qorishmaning 
mustahkamligigi quyidagi tarzda ortib boradi: 3 sutkadan so‘ng – marka 
mustahkamligining 25%, 7 sutkadan keyin 50%, 14 sutkadan so‘ng 75% va 28 
sutkadan keyin-100%. Qotayotgan qorishmaning temperaturasi ortishi bilan uning 
mustahkamligi tezroq orta boradi, pasayganda esa sekinroq orta boradi.
Tayyorlangan 
qorishmaning

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish