O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Nazorat savollari 
 
1. Ko‗chmas mulk tavsifi nimalardan iborat? 
2. Ko‗chmas mulk tasnifi nimalardan iborat? 
3. Ko‗chmas mulk obyektlari nimalardan iborat? 
4. Ko‗chmas mulkning qanday qiymatlarini bilasiz? 
5. Mulkiy kompleks o‗z ichiga nimalarni qamrab oladi? 
5. Ko‗chmas mulk obyektlari parametrlarini tasniflab bering. 
6. Ko‗chmas mulkning hayotiy sikli deganda nimani tushunasiz? 
 
 


61 
3-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASHDA 
HISOBGA OLINADIGAN OMILLAR VA RISKLAR 
 
3.1. Ko„chmas mulk qiymatini baholashda hisobga olinadigan 
omilllar 
Ko‗chmas 
mulkning 
bozor 
qiymati 
har 
doim 
ham 
erishilavermaydigan ideal standart bo‗lganligi sababli, uni bozor narxi 
har doim ham ushbu qiymatga teng bo‗lmaydi. Chunki, ko‗chmas 
mulkning bozor qiymati odatda ushbu bozor uchun odatiy bo‗lgan 
potensial xaridor nuqtayi nazaridan ekspert (baholovchi) tomonidan 
yaqin kelajakda mumkin bo‗lgan bozor narxini prognoz qilgan holda 
aniqlanadi.
Ko‗chmas mulk qiymatini bozorga ta‘sir etuvchi to‗rtta 
fundamental omil shakllantiradi:
- to‗lov qobiliyatiga ega xaridorlar tomonidan mulkka bo‗lgan 
talab;
- foydalilik, daromad, naflilik;
- taklifning cheklanganligi;
- mulk obyektlarining begonalashtirilishi.
Ko‗chmas mulk xaridori uchun uchta qoida prinsipial ahamiyatga 
ega: naf, daromad, foydalilikning optimal miqdori, uni ishonchli va 
davomiy ravishda olinishi.
Baholash qiymatini quyidagi omillar belgilaydi:
1. Naf, daromad, foydalilikka bog‗liq xaridor talabi;
2. Hozirgi vaqtdagi va kelajakdagi naf, foydalilik, daromad;
3. O‗xshash obyektlarni yaratish xarajatlari;
4. Kutilayotgan va kelajakdagi naf, daromad, foydalilikni olishdagi 
risklar;
5. O‗xshash obyektlarga mulk bozorida bo‗lgan talab va taklif 
nisbati.
Ko‗chmas mulk obyektlariga bo‗lgan talab naf va foydalilik bilan 
bir qatorda potensial xaridorlar to‗lov qobiliyati, pulning qadr-qimmati, 
investitsion imkoniyatlar va muhitga bog‗liq. Taklif narxlari o‗xshash 


62 
obyektlarni yaratish bilan bog‗liq xarajatlarga bog‗liq. Sotuvga 
chiqarilgan ko‗chmas mulkning miqdori daromadga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Agarda taklif talabdan ortib ketsa, xaridor narxlarni belgilaydi, aks holda 
esa xaridor maksimal narxni taklif qilishga tayyor bo‗ladi. Bunda 
sotuvchi o‗z mulkini uni yaratishga ketgan xarajatlar summasiga teng 
minimal narxda sotishi mumkin;
6. Yangi mulkdor bo‗lgan xaridorning mulkni tasarruf qilishi yoki 
unga egalik qilish darajasi;
7. Baholanayotgan ko‗chmas mulk qiymatiga ta‘sir qiluvchi 
likvidlik. Odatda likvid mulk obyekti uchun xaridor qo‗shimcha haq 
to‗lashga tayyor bo‗ladi. Zero bunday mulk bozorda qayta sotilganda 
qo‗shimcha kutish xarajatlarisiz tezlik bilan pulga transformatsiyalanadi.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashning muhim xususiyati – bu 
baholashning ko‗p qirraliligi bo‗lib, unda quyidagi bozor omillari 
hisobga olinadi: obyektni yaratish va sotib olish xarajatlari va risklari, 
uning ko‗rsatkichlari, xosiyat (xossa) va xususiyatlari, hayot davri, 
baholash vaqti, nafligi va foydaliligi, raqobatdorligi, konyunkturasi, 
narxi va h.k.
Baholashdan maqsad – buyurtmachining zarurati doirasida mulk 
obyekti qiymatini uning bozor narxlari bilan bog‗liqlikda adolat nuqtayi 
nazaridan aniqlash.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashdan manfaatdor bo‗lgan taraflar 
baholash maqsadlarini belgilaydi.
Ko‗chmas mulk qiymatini malakali (professional) baholovchi 
aniqlaydi. Baholash faoliyati mulk qiymatini baholash xizmatlari 
bozorida maxsus baholovchi institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‗chmas mulk narxi mulk bozorida uning konyunkturasi asosida 
shakllanadi. 
Har ikkala bozor tendensiyalari sinxron harakatlanadi va ular 
faoliyati o‗zaro regulyativ bog‗liqlikda bo‗ladi.
Shuningdek, ko‗chmas mulk qiymatini hisoblashda baholovchi 
quyidagi har xil mikro va makroiqtisodiy omillarni e‘tiborga oladi: 
Talab.
Talab mazkur ko‗chmas mulk xususiy mulk egasiga qanday 
daromad keltirishi, bu ko‗chmas mulkdan qachon va qanday xavf kelib 


63 
chiqishi, nazorat imkoniyatlari qandayligi va mazkur ko‗chmas mulkni 
qayta sotish bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarni keltirib chiqaradi. 
Daromad. 
Xususiy mulk egasi obyektdan foydalanib bo‗lgandan 
so‗ng uni sotishdan foyda ko‗rishi bu jarayonning imkoniyatlari 
xarakteri bilan bog‗liq bo‗ladi. Bu operatsiyadan foyda ko‗rish, o‗z 
navbatida, kirim va chiqim munosabatlari bilan xarakterlanadi. 
Vaqt. 
Ko‗chmas mulk qiymatini shakllantirish uchun daromad 
olish vaqti muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy mulk egasi aktivlarga 
ega bo‗lib, ulardan foydalanishdan tezgina foyda olishi, kapitalni 
investitsiya qilish va qaytarish oralig‗i sezilarli darajada katta bo‗lishi 
nazarda tutiladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish