O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 
2.4.1-rasm. 
Bino va inshootlarning hayot muddati 


56 
obyekti hayoti davomiyligining barcha bosqichlaridagi ekspluatatsiya 
qilish xarajatlarni minimallashtirishdir.
 
3.
Qurilish bosqichi
pudratchini tanlash, qurilish ishlarini olib 
borishni muvofiqlashtirish, hamda qurilish sifatini, xarajatlar smetasini 
va boshqa xarajatlarni nazorat qilishni o‗z ichiga oladi. Bu bosqichda 
qurilayotgan obyektni ko‗chmas mulk bozori segmentining hayoti 
davomiyligini mantig‗i bilan asoslangan talablariga qay darajada mos 
kelishi haqida real dalillar paydo bo‗ladi. Bu bosqichda potensial 
iste‘molchilar kapital qo‗yilmalari ulushini oshirish masalalari o‗z 
yechimini topadi, chunki taklif va foyda hajmining o‗sishi bozor 
tomonidan faoliyatni yaxshi qabul qilinganligidan dalolat beradi. 
4.
Ko‗chmas mulk obyektini 
ekspluatatsiya qilish bosqichi
obyektlarni ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish va ta‘mirlashlarni 
nazarda tutadi. Ko‗chmas mulk obyektini ekspluatatsiyasi boshqarish 
tizimida ko‗p qirrali funksiya bo‗lib, quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga 
oladi: bino uskunalari ekspluatatsiyasi, moddiy hisob, yong‗inga qarshi 
va xavfsizlik texnikasi, kommunikatsiyalar boshqaruvi, chiqindilar 
utilizatsiyasi va qayta ishlovi, ko‗chishlar, o‗zgarishlar va qayta 
qurishlar, avariya holatlarni bartaraf qilish, ekspluatatsiya va joriy 
ta‘mirlashni ta‘minlash, jihozlash va obyektni qo‗riqlash. 
Ko‗chmas mulk obyekti ekspluatatsiyasi jarayonida kutilmagan 
paytlarda ham avariya holatlari kelib chiqishi mumkin, negaki hech kim 
yong‗indan, suv bosishidan va boshqa noxushliklar ro‗y berishidan yoki 
fors-major holatlari (suv toshqini, yer silkinishi va h.k.)dan 
kafolatlanmagan. Binoda ro‗y bergan avariya holatlarini bartaraf qilish 
bo‗yicha ishlarni rejalashtirishning yagona shakli mavjud emas; har bir 
aniq hodisada u yoki bu obyekt uchun mas‘ul xodim tayinlanadi va u 
amalga oshirilishi kerak bo‗lgan ishlar rejasini va yo‗riqnomasini ishlab 
chiqiladi. 
Binoda 
texnik 
nosozliklar 
oqibatlarini 
bartaraf 
etishda 
quyidagilarga rioya qilish lozim: 

barcha metall konstruksiyalarni qizib ketish orqali nosoz holga 
kelganini tekshirish; 

yonuvchan buyumlar yetkazgan zararlarni aniqlash; 


57 

namlanish va yemirilish ta‘siriga moyil bo‗lgan barcha 
kommunikatsiya va ofis uskunalari hamda ko‗chmas mulk obyektining 
boshqa tizimlarini ko‗zdan kechirish;

elektr o‗tkazgich va boshqa o‗tkazgichlarda nosozliklar 
(maksimal kuchlashishda) mavjudligini tekshirish, isitish uskunalarini 
tekshirish; 

tizimlarda mog‗or va boshqa zararli moddalar paydo bo‗lgan 
holatda ularni tozalash va h.k. 
Obyekt qurilishi loyihasiga binoan joylashtirilgan mebel-ko‗chmas 
mulk obyektining teng huquqli qismidir, shuning uchun uning ko‗rikdan 
o‗tkazish va ta‘mirlanishi profilaktika ishlari rejasiga asosan amalga 
oshirilishi lozim. 
Xizmat ko„rsatish va ta‟mirlash.
Amaliyotda kuzatilishicha, 
ko‗pchilik ko‗chmas mulk obyekti mulkdorlari bino va inshootlardan 
foydalanishni tashkil etish, hamda ta‘mirlashga yetarlicha mablag‗ 
ajratmaydilar. Buning sabablari ko‗p, masalan doimo vaqtinchalik 
amalga oshiriladigan maqsadlarga diqqatning qaratish va bunday 
munosabatlar natijasida yuzaga kelgan oqibatni to‗g‗ri baholamaslik va 
natijada uning oqibatlarini to‗g‗rilash uchun ketadigan xarajatlar uchun 
deyarli har doim xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlari qiymatidan 
yuqori bo‗lishi. 
Xizmat 
ko„rsatish 

bu 
ko‗chmas 
mulk 
obyektlari 
ekspluatatsiyasining me‘yoriy muddatini ta‘minlash uchun bajariladigan 
ishlar majmuidan tashkil topadi. Ular obyekt qiymatining o‗sishiga olib 
kelmaydi, ammo alohida qismlarning ishdan chiqishi yoki nurashi 
(eskirishi)ning oldini oladi. Xizmat ko‗rsatish maqsadlaridan biri – 
(resurslar to‗la yemirilishi oqibatida) nosozliklar ro‗y berishidan 
oldinroq ogohlantirishdan iborat. 
Ta‟mirlash 
– bu ko‗chmas mulk obyektining buzilishi yoki 
eskirishini qayta tiklash va kamchiliklarni bartaraf etish orqali binoni 
odatiy foydalanish holatiga keltirish ishlaridir. Ta‘mirlashning maqsadi-
jismoniy qayta tiklashdir. 
Joriy ta‘mirlash ishlari mayda va yirik turlarga bo‗linadi. Mayda 
ta‘mirlash ishlari 1-2 kun davom etadi va ko‗chmas mulk obyektining 


58 
normal ekspluatatsiyaviy holatini ta‘minlaydi. U obyektning xizmat 
muddatini uzaytirmaydi va qiymatini oshirmaydi. Yirik joriy ta‘mirlash 
ishlari (2 kundan ortiq) ko‗chmas mulk obyektining xizmat muddatini 
uzaytiradi, ammo qiymatini oshirmaydi. 
O„zgartirish –
bu ko‗chmas mulk obyekti tarkibiga kiruvchi asosiy 
fondlarni ularni analoglari bilan almashtirish jarayonidir. O‗zgartirishga 
mansub fond bo‗lib, yaroqsiz holga kelgan yoki ma‘naviy eskirgan 
asosiy fondning o‗rnini bosuvchi asosiy (modefikatsiyalashgan, 
takomillashgan, yangi avlod) fondlar xizmat qiladi. 
Ko‗chmas mulk obyektiga xizmat qilishning asosiy maqsadi – bu 
obyektdan to‗g‗ri foydalanishni ta‘minlashdir va u quyidagi aniq 
vazifalarni o‗z ichiga qamrab oladi: 

kundalik tozalashlar (namunaviy ko‗rinishni saqlab turish 
uchun); 

ko‗chmas mulk obyektidagi mayda kamchiliklarni o‗z vaqtida 
bartaraf qilish; 

hayoti davomiyligining minimal xarajatlari asosida yirik 
ta‘mirlash ishlarini yo‗lga qo‗yish; 

ekspluatatsiya va xizmat ko‗rsatishga sarflanadigan barcha 
xarajatlarni qisqartirish, hamda optimallashtirish bo‗yicha tadbirlarni 
ishlab chiqish; 

ko‗chmas mulk obyektini ta‘minlovchi kommunal xizmatlarning 
ratsional ishlashi (ishonchlilikni ta‘minlashda); 

obyektning xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlari xarajatlarini 
doimiy nazorat hamda tahlil qilish; 

ishlar bajarilishi grafigini tuzish va ijrosini nazorat qilish; 

ko‗chmas mulk obyekti uskunalarini to‗laligicha va alohida 
uskunalar faoliyati to‗g‗risida doimiy ma‘lumotlar to‗planishini 
ta‘minlash. 
Amaliyotda ta‘mirlash ishlari quyidagilarga bo‗linadi: 

zarurat bo‗yicha ta‘mirlash; 

davriy ta‘mirlash (masalan, har 10 yilda yumshoq tom 
qoplamalarini o‗zgartirish); 


59 

uskunalarni profilaktik tekshirish; 

avariya holatida ta‘mirlash, xizmat ko‗rsatish; 

ehtiyojdan kelib chiqib ta‘mirlash (oynalarni almashtirish). 
Ko‗chmas mulk obyektidan foydalanish ishlari majmui bir qancha 
xarajatlarni talab qiladi: 

ekspluatatsiyaviy (ko‗chmas mulk obyektining butun foydali 
xizmat muddati mobaynida) xarajatlar; 

vazifaviy (obyektni qo‗riqlash, saqlash, ta‘mirlash va h.k. bilan 
band bo‗lgan personal uchun) xarajatlar; 

kommunal xizmatlar va binoni tozalash uchun xarajatlar; 

ko‗chmas mulk obyektini ta‘mirlash va tiklash uchun (agar 
ko‗chmas mulk obyektining yoki uning bir qismining xizmat muddati 
tugagan bo‗lsa) xarajatlar. 
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, ko‗chmas mulk obyektiga 
egalik qilish deb ataluvchi, obyektni tasarruf qilish bilan bog‗liq 
o‗zgartirishlar va yaxshilanishlarga sarflanuvchi xarajatlar ham hisobga 
olinishi lozim. 
5.
Obyektni tugatish bosqichi –
bu obyekt bilan bog‗liq 
boshlang‗ich va keyinchalik hosil qilingan funksiyalarni butunlay yo‗q 
qilishdir, ya‘ni uni buzib tashlash yoki tamomila yangidan shakllantirish 
uchun 
sharoit 
yaratishdir. 
Ko‗chmas mulk obyekti hayoti 
davomiyligining bu bosqichida uni tugatishga sezilarli xarajatlar talab 
qilinadi. Bu xarajatlar ko‗chmas mulk obyektiga egalik qilishning 
xotimasi bo‗lib hisoblanadi. Agar ko‗chmas mulk obyekti tamomila 
yangi shaklga o‗tayotgan bo‗lsa, u holda o‗zgartirishga sarflanadigan 
xarajatlar yangi funksiyaga qaratilgan egalik xarajatlariga tegishli 
bo‗ladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish