Real investisiya-bu kapitalni asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini qo’shimcha o’stirish maqsadida qo’yishdir. Real investisiya kapital qo’yilmalar deyiladi.
Rentabellik-rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |