Mehnat unumdorligi -Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi, xodimlarning bir birlik vaqtda ma’lum bir miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilgan aniq mehnat qobiliyatini aks ettiruvchi, iqtisodiy kategoriyadir. Alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini hisoblash uchun, natural birlikda, ya’ni sentnerda hisoblaniladi. Alohida (dehkonchilik, chorvachilik) tarmoqlarida yoki butun qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini hisoblash uchun, ular turli mahsulot bo’lganligi uchun, qiymat shaklida pulda hisoblaniladi. Bu maqsad uchun joriy yoki xarid, shuningdek taqqoslama baholardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |