Oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ham ta’minlash, qoplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat mustaqilligi- bu aholini o’rnatilganovqatlanish me’yorlari bo’yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun energiya, yer resurslari, qishloq xo’jaligi mashinalari, moddiy resurslarning strategik zaxiralari mavjudligini taqozo qiladi. Uni amalga oshirish uchun agrosanoat majmui aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlari turlariga bo’lgan talabini zaruriy miqdorda va assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va ta’minlashga qodir bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |