Sug’oriladigan mintaqa — zarur irrigasiya-meliorasiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan, yerlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi hudud;
Tannarx – mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasi.
Tiklanish qiymati– asosiy fondlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar.
Tovar mahsulot - qishloq xo’jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperasiyasi, qishloq aholisiga, dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotadigan qismiga aytiladi. Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot deyiladi. Shuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |