1-jadval
O’zbekistonda maxsus ozuqa ekinlari maydonining o’zgarishi dinamikasi, ming gektar*
Yillar
|
Ekin turlari
|
Arpa va suli
|
Makkajo’xori
|
Maxus ozuqa ekinlari-jami
|
2005
|
72,3
|
33,6
|
290,3
|
2006
|
56,0
|
32,8
|
296,4
|
2007
|
49,2
|
34,2
|
290,0
|
2008
|
99,3
|
32,3
|
278,5
|
2009
|
162,9
|
30,1
|
302,5
|
2010
|
93,6
|
28,3
|
320,4
|
2011
|
107,5
|
26,5
|
313,1
|
2012
|
85,3
|
53,9
|
313,9
|
2013
|
90,8
|
34,1
|
315,7
|
2014
|
92,2
|
35,6
|
325,7
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Tahlil etilayotgan (2005-2014 yy.) arpa va suli ekin maydonlari 19,9 ming gektarga yoki 27,5 % ga, makkajo’xori 2 ming gektarga yoki 5,9 % ga maxsus ozuqa ekin maydonlari esa 35,4 minggektarga yoki 12,2 % ga kshpaygan. Lekin ulardan yig’ib-terib olingan ozuqa shu davr mobaynida oshib borayotgan hayvonlar uchun tuzilgan rasion asosida, ularni oziqlantirish uchun yetarli hisoblanmaydi.
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) O’zbekistonda ozuqa ekinlarining Topinambur-Mo’jiza. 6.UZ.2012 yilda navi yaratilgan va rayonlashtirilgan.
3.Ozuqa bazasi tushunchasi va ozuqa einlarining iqtisodiy bahosi
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tezkorlik bilan o’stirishning muxim sharti mutaxkam ozuqa bazasining mavjudligidir. Ozuqa bazasi deganda chorvachilik u yoki bu tarmog’ini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan, yem-xashak hajmi va strukturasi tushuniladi. Ozuqaning hajmi va strukturasi, shuningdek, uni ishlab chiqarish, saqlash va foydalanish yem-xashak ishlab chiqarish tizimini (sistemasini) tashkil qiladi.
Chorvachilik mahsulotlari tannarxida yem-xashak: 30-35% gacha qo’ychilikda, 60-65% cho’chqachilik va parrandachilikda tashkil etadi.Chorvachilik yem-xashak(ozuqa) bazasini mustaxkamlashning muxim sharti ekinzorlarda yem-xashak ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish hisoblanadi.
U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Ishlab chiqarishni to’xtovsiz intensivlashtirish asosida yem-xashak ekinlari gektaridan maksimal hosil olish;
2.Barcha ishlab chiqarilgan yem-xashaklarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash va ularni to’g’ri saqlashni tashkil qilish;
3.Dehqonchilikning nestandart va qo’shimcha mahsulotlarini to’liq yig’ib-terib olish, ulardan maksimal darajada chorvachilik extiyojlari uchun foydalanish imkoniyati;
4.Tarmoqqa biriktirilgan barcha ishlab chiqarish vositalari va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish.
Turli ozuqa ekinlari va yemlarning, ulardagi ozuqa elementlari mazmunining bir xil emasligi shuningdek, ularni ishlab chiqarishdagi mehnat va material xarajatlar miqdorining turli tumanligi, ularni solishtirma kompleks baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi:
1.Ozuqa ekinlari hosildorligi;
2.1 ga. ozuqa ekiniga to’g’ri kelgan ozuqa birligi va o’zlashtiriladigan proteyin miqdori;
3.1 s. yemning naturada, yem-xashak va shartli ozuqa proteyin birligi;
4.1 kishi/soatiga va bir so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan yem-xashak va shartli yem proteyin birligi;
5. 1 ga.ozuqa ekinlari maydoniga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot va sof daromad (foyda) miqdori.
Quyidagi formulada shartli ozuqa birligi hisoblanadi:
Bu yerda, ShOB – 1 ga. yerga to’g’ri kelgan shartli ozuqa proteyin birligi yoki ularda bo’lgan 1 s. ozuqa;
OBM – 1 ga. yerdan olingan ozuqa birligi miqdori yoki 1 s. yem;
PM – 1 ga.yerdan olingan proteyin miqdori yoki 1 s. Yem;
10 va 2 – hisoblash koefisiyentlari.
Ozuqa birligi va proteyinning 1 kg. suli hisobida nisbati.
1 ob = 1 kg suli
Yem-xashak ekinlari va yemlarni baholashda etalon sifatida qabul qilingan.
1 sentner ozuqa birligi tannarxini topish uchun yemlar tannarxini ulardagi shu ozuqa birligi miqdoriga bo’lish kerak. Yem-xashak ekinlarining iqtisodiy samaradorligi bundan tashqari koeffisiyentlar yig’indisi bilan aniqlanadi. Buning uchun yillik hisobotdan bir qator yillardagi yem-xashak ekinlarining o’rtacha hosildorligi olinadi.Keyin bu hosildorlik yem-xashak jadvali yordamida o’zlashtiriladigan proteyinni hisobga olgan holda ozuqa birligiga aylantiriladi va shu bo’yicha 1 ga.dan, 1 k/s.ga va 1 so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri keladigan shartli yem proteyni birligi aniqlanadi.
Demak, koeffisiyent qancha yuqori bo’lsa, yem-xashak ekinlarining samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi.Turli xil yem-xashaklardan foydalanish samaradorligi sarf qilingan yem-xashakning texnik va iqtisodiy to’lovlari ko’rsatkichlarida izohlanadi.
Ozuqaning texnik qaytimi darajasi (TQD), sarf qilingan ozuqa birligiga natura shaklida to’g’ri kelgan chorvachilik mahsulotini ifodalaydi
Ozuqaning iqtisodiy qaytarish darajasi esa, yem-xashak qiymati birligiga to’g’ri kelgan chorvachilik yalpi mahsulotining qiymatini ifodalaydi.
Yem-xashak ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning o’rtasidagi aloqalarni omilli tahlil yordamida o’rnatish mumkin.
Shu maqsadda bir qancha gurux omillar ajratiladi:
1.Tabiiy-biologik. Iqlim, tuproq,relyef, suv rejimi, yem-xashak ekinlarining turlari va navlari;
2.Texnik. Mashinalar, aspob-uskunalar, kimyoviy konservantlar va boshqa ishlab chiqarish vositalari, mashinalar sifati;
3.Texnologik. Dalachilik yem-xashak ishlab chiqarishida (ekish, parvarishlash,yig’ib-terib olish va boshqalar) agrotexnik tadbirlar tizimi (sistemasi); almashlab ekish, urug’chilik, meliorasiya, o’g’itlash; o’tzor va yaylov xo’jaligida agrotexnik tadbirlar sistemasi(pichanzorlarning yuza qismini va umuman tubdan yaxshilash, yaylov almashlab ekishi, hududni tashkillashtirish va boshqalar)
4.Tashkiliy. mehnatni tashkil qilish, me’yorlash va unga haq to’lash; kadrlar malakasini oshirish; boshqarish; mehnat intizomi;
5.Iqtisodiy. Mulk shakllari; mehnatni rag’batlantirish; ixtisoslashtirish; mahsulot sifati; baholar; moliyalashtirish;
6.Ijtimoiy(sosial). Demografik holat;ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va boshqalar;
7.Ekologik. Atrof muxitning holati; tuproq, suv, havoni ifloslantirishga qarshi kurash bo’yicha tadbirlar tizimi (sistemasi).
4. Ozuqa resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Ko’pchilik chorvachilik tarmoqlarida ozuqa resurslaridan foydalanish kompleksi ko’rsatkichlari ularning mahsuldorlik potensialiga hamda bozor qonunlari talablariga javob bermaydi. Chunki odatda, chorva hayvonlarining ozuqa birligiga bo’lgan o’rtacha talabi me’yorlar bo’yicha ta’minlanmaydi, zotdor hayvonlarning mahsuldorlik potensialidan foydalanish koeffisiyentlari past, haqiqiy sarflangan ozuqa birligiga 2-3 marta kam sut, go’sht va boshqa mahsulotlar olinadi va ularning tannarxi yem-xashak va boshqa xarajatlari hisobiga ko’tariladi va hokazo.
Chorvachilikda ozuqa resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini barqaror ta’minlash uchun quyidagi omillar va real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
barcha turdagi zotdor chorva hayvonlarini ilmiy asoslangan rasion asosida muntazam oziqlantirishni amalga oshirish, binobarin, ularning mahsuldorlik potensialidan foydalanish koeffisiyentini o’rtacha 2 marta ko’tarish;
ozuqa resurslari sifati hamda tarkibini takomillashtirish, ularning tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish;
katta hajmli va qisqa muddatlarda sifat belgilarini pasaytiruvchi ozuqalarni chorva mollariga yaqin joylarda ishlab chiqarish va saqlash, ularni tashish va taqsimlash xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratish;
ozuqa resurslarini ko’paytirish, ularning sifatini yaxshilash maqsadida soya, makkajo’xori, ko’p yillik va bir yillik o’tlar maydonlarini kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga erishish;
sug’oriladigan ozuqa ekinlari hosildorligini oshirish, avvalo, belgilangan miqdorda mineral va organik o’g’itlardan foydalanishni talab etadi;
ferma oldi almashlab ekish tizimini qat’iy joriy qilish;
xo’jalik tomonidan oxirgi yillarda foydalanilgan tabiiy yaylov hamda pichanzorlarning hosildorligini 40-50 foizga oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish lozim. Bu maqsadga erishish uchun maydonlardan foydalanishda yaylov almashinuvini tashkil etish, qo’shimcha yaylov va pichanzorlar o’simliklari urug’larini ekish, tabiiy namni saqlash usullaridan foydalanish zarur. Tabiiy yaylov va pichanzorlar hosildorligini oshirish arzon ozuqalardan foydalanishga sharoit yaratadi;
xlorela va boshqa suv o’tlaridan, ularning suspenziyasidan foydalanishni tashkil etish;
barcha turdagi ozuqalar sifatini saqlash hamda nobud bo’lishini kamaytirish uchun ularni saqlash va qayta ishlashda progressiv usullardan keng foydalanish;
omuxta-yem ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
ozuqalarni ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni kuchaytirish, binobarin xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish, ularga garantiyalangan haq to’lashni amalga oshirish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |