3.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.14.00.00 Қишлоқ хўжалиги / 09.14.09.00 Қишлоқ хўжалиги тармоқлари / 09.14.09.04 Боғдорчилик. Узумчилик;
4.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.14.00.00 Қишлоқ хўжалиги / 09.14.09.00 Қишлоқ хўжалиги тармоқлари / 09.14.09.05 Сабзавотчилик]
[ТСЗ:
1.Иқтисодиёт / Қишлоқ хўжалиги]
23-BOB. OZUQABOP EKINLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Molga bersang soz yemish, boqar seni yozu qish
Sigirning suti og’zida
Xalq maqollari
1.Chorvachilik ozuqa resurslarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Barcha turdagi chorvachilik tarmoqlarini intensiv va ekstensiv yo’llar bilan rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, dastavval ozuqa resurslarining miqdori, sifati va tarkibiga bevosita bog’liq.
Chorvador va boshqa biolog olimlar, mutaxasislar turli xil xonakilashtirilgan hayvonlarning fiziologik, genetik va boshqa xususiyatlarini hisobga olib ularni oziqlantirish me’yorlari kunlik rasionlari, ozuqalarga bo’lgan talablarini ishlab chiqishgan. Ulardan foydalanish hayvonlarning mahsuldorlik potensialidan, ularga sarflanayotgan kapital qo’yilmalar va joriy xarajatlarning samaradorligini oshirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Chorva mollarining ozuqa resurslariga talabi ularning mavjudligini hisobga olib quyidagi guruhlarga bo’lib rejalashtiriladi:
1.Ozuqabop ekinlar mahsulotlari bo’yicha: ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
a).ko’k o’tlar (yaylov, pichanzor, ma’daniy ozuqabop ekinlar va boshqalar);
b).dag’al ozuqalar (pichan, somon, poxol, poya va boshqalar);
v).shirali ozuqalar (silos, senaj, lavlagi, qovoq, va boshqalar);
g).to’yimli ozuqalar (don, kepak, kunjara, o’t uni, omuxta yem va boshqalar);
d).o’simliklarni qayta ishlovchi sanoat qoldiqlari (jom, barda va boshqalar);
ye).aholi iste’mol qiladigan mahsulotlar chiqindisi (sabzavot, poliz, kartoshka po’choqlari va boshqalar);
2.Chorvachilik mahsulotlari ozuqalari: Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
a).sut va sutni qayta ishlash qoldiqlari(obrat, paxta, sivoratka va boshqalar);
b).qon, go’sht va suyak uni;
v).baliq uni, yog’i va boshqalar;
3.Sanoat ishlab chiqaradigan mineral ozuqalar; Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
a).Makroelementlar (kaliy, fosfor, kalsiy, oltingugurt, xlor, va boshqalar);
b).Mikroelementlar (temir, mis, yod brom va boshqalar).
O’zbekiston chorvachiligida foydalaniladigan ozuqa resurslarining taxminan 90 foizi maxsus ekinlardan, yaylov va pichanzorlardan, sanoat tarmoqlarida qayta ishlangan mahsulotlar va boshqalaridan olinadi. Masalan: yem ishlab chiqarish uchun arpa, makkajo’xori, suli, soya, javdar va boshqalar ekiladi, shirali ozuqalar uchun-lavlagi, qovoq, makkajo’xori, va boshqalar, ko’k va dag’al ozuqalar-uchun bir yillik, ko’p yillik, o’tlar va boshqalar ekiladi. Ular oziq-ovqatga mo’ljallangan donlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan olinadi va h.k.
Barcha turdagi ozuqalardan belgilangan me’yorda foyda-lanish ularning samaradorligini oshiradi. Shu maqsadda omuxta yem ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuni qayd etish lozimki, ozuqalar rasionlaridagi 15-20 va undan ortiq organik va mineral moddalarning 40-70 foizi, masalan qoramollar organizmida hazm bo’lmaydi. Ozuqalarning o’rtacha 5 foizi mollarni o’zlarini saqlashga sarflanadi hamda qoldiqlari (go’ng, siydik) ga aylanadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ozuqalarning hazm bo’lish, binobarin mahsulotga aylanish darajasini ko’tarish uchun hayvonlarni ilmiy asoslangan me’yorda muntazam oziqlantirishni amalga oshirish zarur. Sarflanadigan ozuqalarning tarkibida xom protein, lizin, shakar va boshqa moddalarning belgilangan miqdorda bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Masalan, ko’pchilik hayvonlar rasionidagi ozuqalarning tarkibida 105 gramm xazm bo’luvchi protein bo’lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar u 90 gramm bo’lsa, mahsulot birligiga sarflanadigan ozuqalar miqdori 25-28 foizga ko’payadi, natijada go’sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlar tannarxini ko’tarilishiga olib keladi.
Ozuqalarni me’yordan ko’p sarflash xam chorvachilikka salbiy ta’sir qiladi. Ular organizmning bo’shashishiga, qarilik belgilarini tezlashtirishga olib keladi. Demak, chorvachilik tarmoqlarida barcha turdagi ozuqa resurslaridan samarali foydalanish dolzarb muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |