O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


-jadval O’zbekistonda sabzavotchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*



Download 1,75 Mb.
bet114/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

1-jadval

O’zbekistonda sabzavotchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*

Yillar

Ekin maydoni, ming ga

Yalpi sabzavot hosili, ming tonna

Gektaridan hosildorlik, s

Aholi jon boshiga

2005

137,7

2971,6

215,8

113

2006

154,4

3443,1

223,0

129

2007

159,8

3649,8

228,4

135

2008

162,8

4011,4

246,4

146

2009

165,4

4194,5

253,6

150

2010

173,0

4368,2

252,5

150

2011

175,4

4625,3

263,7

156

2012

183,8

7767,4

265,6

259

2013

189,4

8518,4

270,9

279

2014

192,0

9286,7

268,3

299

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Mustaqil rivojlanish yillarida yalpi sabzavotning taxminan 85-90% i respublika aholisi tomonidan iste’mol qilinadi, ichki bozorlarda sotiladi, urug’lik uchun foydalaniladi. Uning sifat belgilari past qismi esa chorvachilikda ozuqa uchun foydalaniladi va h.k. Sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq va tezroq foydalanish dolzarb muammolaridan biridir.

2014 yilga kelib sabzavotlar maydoni 2005 yilga nisbatan 39,4 % ga ko’payib, hosildorlik esa 24,3 % ga oshgan. Natijada ham ekstensiv ham intensiv rivojlanish hisobiga yalpi hosil 3,1 martaga oshgan.


3.Sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Oxirgi yillarda sabzavotchilik tarmog’i asosiy mahsulotlarining rentabellik darajasi ko’pchilik, ayniqsa shaharlar atrofida joylashgan xo’jaliklarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda o’zgarmoqda. Bu yutuqqa odatda erkin va shartnoma baholarining ko’tarilishi hisobiga erishilmoqda.

Ammo ko’pchilik shirkat va fermer xo’jaliklarda 1 s sabzavotning o’rtacha to’liq tannarxi yildan yilga ko’tarilmoqda. Bunday holat asosan mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va kasallika qarshi kurash hamda urug’ xarajatlarining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda. Ilg’or xo’jaliklar va ilmiy-tekshirish institutlari tajriba natijalarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yuqori va sifatli hosil olish va uning tannarxini pasaytirish uchun quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanishga e’tibor berish lozim:

Ko’pchilik sabzavotlarning suvga talabchanligi, uning ildiz sistemasining tuproqda yuza joylashishi va kam rivojlanganini hisobga olib, uni o’z vaqtida va belgilangan me’yorda sug’orishni tashkil etish, masalan, bosh piyozni 18-20 marta 500-600 m.kub hajmida; sarimsoqni 7-10 marta 500-600 m.kub hajmida; pomidorni 15-16 marta 600-700 m.kub hajmida; bodringni 12-14 marta 550-600 m.kub hajmida va h.k. Qisqa muddatlarda sug’orilsa hosildorlik yuqori va sifatli bo’ladi;

Sabzavot ekinlarini tabiiy va sun’iy unumdorligi yuqori uchastkalarga joylashtirilishi lozim; kuchli sho’rlanagan yerlarda hosildorlik keskin pasayib ketadi;

Sabzavot ekinlari tuproqdan hosil bilan birga ko’p miqdorda ozuqa moddalarini olib chiqishini hisobga olib, o’simliklarning o’sish va rivojlanish davrida ozuqa moddalariga bo’lgan talabning keskin tafovutini hisobga olib va h.k. ularni oziqlantirish ilmiy asoslangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi zarur;

Sabzavotchilikda mineral o’g’itlar bilan mahalliy o’g’itlar (chirigan go’ng, sideratlar) birga qo’llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo’ladi;

Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganes, bor, mis, rux, kobalt kabi mikroelementlardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar hosildorligini 15-20% ga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi;

Ayrim sabzavotlar ko’chat shaklida ekiladi. Ularni o’z vaqtida tayyorlash va sifatini ko’tarish maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur.

Sabzavot ekinlarini boshqa ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, ilg’or xo’jaliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki bedapoyadan bo’shagan yerlar, polizlar, shuningdek, dukkaklilar karam, piyoz uchun eng samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko’pi bilan 3-4 yilda oralatib ekilishi kerak.

Sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifatini oshirish uchun eng muhim omil davlat standart (GOST) reyestridan o’tkazilgan sifatli, toza, sog’lom unuvchanligi yuqori nav, elita, 1 klass urug’larini ekish maqsadga muvofiqdir;

Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)O’zbekistonda sabzavotning quyidagi navlari yaratildi va rayonlashtirildi:

bodringning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan:

maftun, 10, UZ, 2013 y.,

pomidorning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan: nuravshon F1 .14. UZ.2011 y., Marvarid (cherri).14. UZ. 2013 y., Turon F1 .14. UZ. 2010 y.,

piyozning Oq dur F1.14. UZ. 2013 y., Faravon F1.14. UZ. 2014 y.,

osh lavlagining diyor .14. UZ. 2010 y., yagona. 14. UZ. 2014 y.,

tarvuzning fermer .12. UZ. 2010 y., sharq ne’mati.14. UZ. 2012 y.,

qovunning dilxush .14. UZ. 2014 y., kichkintoy.14. UZ.2010 y.navlari.

Tovar mahsulotlarini erkin va shartnoma, bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish