2.Kartoshkachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng, uning urug’i Lotin Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan O’zbekistonga keltirilgan.
Kartoshka biologik xususiyatiga ko’ra o’rtacha iqlim +20 dan oshmagan issiqlikda samarali rivojlantiriladi. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental va qurg’oqchil mintaqadir. Havo va tuproqning o’ta issiqligi kartoshka o’stirish uchun noqulaylik tug’diradi. Bunday sharoit fotosintezni sekinlashtiradi, oqibatda kartoshkaning tugish va ildiz sistemasining rivojlanishiga va nihoyat, uning hosildorligiga va sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Yoz oylarida me’yordan ortiqcha quyosh nuri hosil to’planishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublika olimlari sug’oriladigan maydonlarda kartoshkadan yuqori hosil olishning kompleks texnologik, seleksiya va urug’chilik va boshqa masalalarining nazariy va uslubiy asoslarini, binobarin tarmoqning samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratdilar.
Taxlillar shuni ko’rsatadiki kartoshkachilikning rivojlanish darajasi ayrim yillarda keskin tafovut qiladi(1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |