O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


-jadval Tekstil sanoatining tolaga kuygan talablari



Download 1,75 Mb.
bet106/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

2-jadval

Tekstil sanoatining tolaga kuygan talablari

Tola tipii

Shtapel vazn uzunligi, mm

Uzilish kuchi, gk

Chizikli zichlik (metrik soni) m/teks

Nisbiy uzilish kuchi, GK/teks

Tola chikishi, %

Sanoat talabi, %

I

40-41

4,7

127(7900)

57,0

32

3

II

38-39

4,7

137(78900)

34,0

33

4

III

37-38

4,7

147(6800)

32,0

34

5

IV

35-35

4,7

167(6000)

28,0

34,5

12

V

33-34

4,7

179(5600)

26,5

36

64-66

VI

32-33

5,0

200(5000)

25,0

37

10

VII

Ekilmaydi

Paxta yetishtiriladigan xududlarda eng hosildor va sifati yuqori g’o’zaning ekiladigan barcha navlari ikki guruhga bo’linadi:

  • Uzun (ingichka) tolali navlar

  • O’rta tolali navlar

UzuntolalinavlarІ, ІІ, ІІІ - tiptolalarbersa, ІV, V, VІ - tiptolalarniesao’rtatolalinavlarberadi.

O’rtatolalig’o’zanavlariniDavlatnavsinovidano’tgan, tuproq-iqlimsharoitigamosbo’lganbirnechtasiekilmoqda, jumladan:



Namangan-77. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti va Qizil Rovot tajriba xo’jaligida yaratilgan. Nav o’rtapishar bo’lib, o’suv davri 110 - 125 kun. Vilt kasalligiga chidamli. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi 33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V- tip. Hosildorligi gektariga o’rtacha 44 s.

Unumdor bo’z o’tloq va o’tloq–botqoq tuproqlarda gektariga 80-90 ming tupdan, sho’rlangan yerlarda 120-140 ming tupni tash­kil etgani ma’qul. Bo’z tuproqlarda o’g’itlarning me’yori N250P175K125 kg/ga.



S-6524. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, tola pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk/teks, tola chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga mansub.

S-6530. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’rtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. O’suv davri 114-124 kunni tashkil etadi. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm, pishiqligi 4,5 gk, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga 40-48 s gacha yetadi.

S-4727. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 132- 136 kun. Ko’sakdagi paxta massasi 6,3-6,8 g, tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V-tip. Kasallikka chidamsiz.

Buxoro-6. O’zPITI Buxoro filialida turlararo duragay­lash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Ko’sakdagi paxta massasi 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm, tolaning pi­shiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks.

Omad. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining olimi R.Kim tomonidan yaratilgan. O’suv davri 115- 118 kun. G’o’zaning bo’yi 80-90 sm ga boradi. Ko’saklar tanaga yopishgan holda joylashgan. Ko’sak massasi 5,0-5,5 g. Hosildorlik 40 sentnergacha. Tola chiqishi 35-36 foiz. Tola uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V-tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatgichi 4,5-4,6.

Suvga talabi o’rtacha, vilt bilan zararlanishi 5-8 foizni tashkil qiladi. Mineral o’g’itlarga o’rtacha talabchan.



«Buxoro-102» g’o’za navi O’zPITIning Buxoro filialida Mualliflari: S.I.Maxsudov, B.O.Mislimov, E.Mavlonov va boshqalar tomonidan yaratilgan. O’suv davri – 115 -124 kun, hosildorligi – 45-50 s/ga, tola chiqishi – 37-38 %, tola uzunligi – 33,0-34,0 mm, tola pishiqligi – 4,4-4,5 gk, tolaning nisbiy uzilish kuchi – 26,5-27,0 gk/teks, bir dona ko’sakdagi paxta vazni – 7,0-8,0 g, 1000 dona chigit vazni – 123-130 g, tolaning metrik raqami – 6000-6004, mikroneyer ko’rsatkichi – 4,3-4,4, viltga chidamligi – chidamli, tola tipi – IV

«Sulton» g’o’za navi O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida Mualliflar: Namazov Sh., Ibragimov P.Sh., Muratov U. tomonidan yaratilgan. F4(F1G.thurberi x G.raimondi)x G.hirsutum.L. turlararo duragayidan ko’p martalik tanlash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 115-120 kun, poyasining balandligi– 130-140 sm, hosildorligi– 40-45 s/ga, ko’sagining vazni – 6-6,5 g, tolasining uzunligi -33-34 mm, mikroneyr ko’rsatkichi - 4,5-4,6, tolasining chiqimi – 36 %, tolasining mayinligi – 6250-6700, tolasining uzulish uzunligi– 28,0-28,5 gk/teks, tolasining tipi – V.

An-chillaki-1. O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi in­stitutida yaratilgan. Nav juda tezpishar, o’suv davri 100-110 kun. Past bo’yli bo’lib, balandligi 60-70 sm gacha. Hosildorligi gektaridan 25-35 sentnergacha. Nav tezpishar bo’lganligi uchun vilt kasalligiga chalinguncha rivojlanish davrlarini o’tishga ulgura oladi. Navni boshoqli don ekinlari yoki ayrim yem-xashak ekinlaridan keyin ekish mumkin. Undan takroriy ekin sifatida yoki qalin tup son hosil qilish uchun foydalanish paxtachilikda yangi yo’nalishni vujudga keltirish mumkin.

An-Boyovut-2. O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi in­stitutida S.Sodiqov va boshqalar tomonidan yaratilgan. Tezpi­shar nav. O’suv davri 129-130 kun. Ko’sagidagi paxta massasi 6,5-7,0 g. Tola chiqishi 35-36 foiz, tola uzunligi 34-3 5 mm, tolaning nisbiy uzilish kuchi 26,1-26,7 gk/teks. Tolasi V tip.

Armug’on. Bu nav L-9263 x L-541 duragay kombinasiyala­rini o’zaro chatishtirib, ko’p marotaba yakka tanlash orqali P.G.Gubanova, O.D.Djurayev, J.A.Musayev, 3.Yu.Sadiqovalar to­monidan yaratilgan.

Hosildorligi 48-55 sentner, bitta ko’sakdagi paxta massasi 6,0-6,5 g, o’suv davri 120-125 kun, tola chiqishi 38-39 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, nisbiy uzilish kuchi 25,6 gk/teks, tolasi V tip. Vilt bilan zararlanishi 5,1-11 foiz. Nav 1999 yilda rayonlashtirilgan.



Buxoro-8. Nav gossipium xirzutum turiga mansub bo’lgan Buxoro-6 naviga bir pallalik o’simliklarining fotosintez ir­siyatini sun’iy o’tkazish yo’li bilan yaratilgan. Muallifi A.M.Battalov va boshqalar. Navning bo’yi o’rtacha 90-120 sm.

Hosil shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2 yoki 3 tipda shoxlaydi, hosil shoxi asosiy poyaning 5-7 bo’g’inlaridan chiqadi. O’suv shoxlari 0-3 tagacha. Ko’saklari yirik, tuxumsimon, ko’sakdagi paxta massasi 7,0-11 g. Hosili to’kilmaydi. Nav o’rtapishar, o’suv davri 118-120 kun. Ko’sagi asosan 5 chanoqli, ba’zan 4 chanoqlilari ham uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 dona chigit massasi 120-140 g atrofida, tukli, yashil kulrangda.

Tolasi III va IV tipga mansub bo’lib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35-37 %, tola uzunligi 33-36 mm ni tashkil etadi.

Xorazm-126. «Paxta» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi­ning Xorazm tajriba tayanch punktida Xorazm-125 navidan yakka tanlash yo’li bilan D.Yo’ldoshev, K.Matnazarov, A.Iskandarov, A.Hasanova, Sh.I.Ibragimov, I.Bahromov, No Gi Xvalar tomo­nidan yaratilgan.

Nav 1997 yilda davlat reyestriga kiritilgan.

Tupining bo’yi 90-120 sm, piramida-ustunsimon, poyasi yashil, kam tuklangan, ko’sagi tuxumsimon, 1000 dona chigit mas­sasi 100 g. O’rtacha hosildorligi 40,8 s.

Vegetasiya davri 119 kun. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 37,0 %, viltga chidamli. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,1.



Xorazm-127. 163-F navi S-9062 navi bilan chatishtirilib, ko’p marotaba yakka tanlash hamda qayta tanlash yo’li bilan yara­tilgan. 2002 yilda Davlat Reyestriga kiritilgan.

O’suv davri 120-130 kun. Poyasi tik, bo’yi 90-120 sm, tanasi yashil, o’rtacha tuklangan. Hosil shoxlari 5-6 bo’g’imdan chiqadi. 1,0-1,5 tipda shoxlaydi. Chigiti och yashil, kulrang. 1000 dona chi­git massasi 122-132 g. Moydorligi 24,5 foiz. Tola chiqishi 36,5-38,4 foiz, tola uzunligi 34,5-36 mm, uzulish uzunligi 26,2 gk, nisbiy uzulish kuchi 26,0-27,3 gk/teks. Sifat markazi ma’lumo­tiga ko’ra, tolaning mikroneyr ko’rsatkichi 4,2-4,4 ga teng.

Uzun (ingichka) tolali navlardan quyidagilar ekiladi:

Termiz-16. O’zPITISurxondaryo filialida A.G.Gavrilov, N.Xolmurodov va boshqalar tomonidan duragaylash usulida yara­tilgan. Bir ko’sakdagi paxta massasi 3,2 g, tola chiqishi 33,7 foiz. Shtapel uzunligi 39,1 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,7 gk, nis­biy uzilish kuchi 36,6 gk/teks, o’suv davri 119 kun. III tip tola be­radi. Fuzarioz vilt kasalligiga chidamli.

Termiz-24. O’zPITI Surxondaryo filialida tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bir ko’sakning vazni 2,8 g, tola chiqishi 33 foiz. Tola shtapeluzunligi 39,7 mm. Tolaniig pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,2 gk/teks. II tip tola beradi.

Termiz-31 navi O’zPITI Surxondaryo filialida A.E.Avliyoqulov, A.A.Tvorogova, Sh.I.Ibragimov va boshqalar tomonidan 6608.V x Termiz-11 navlarini chatishtirish va turla­raro duragaylash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Navning tupi cheklangan tipda, konussimon, bo’yi 100-120 sm, ayrim hollarda har bir tupida 1-2 ta uzun hosil elementlari, 2-3 ta ko’sak bo’ladi. Birinchi hosili 3-4 bo’g’inlarida paydo bo’ladi. Ko’sagi o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, yuraksi­mon, o’tkir burunli, yaxshi ochiladi, ochilgach paxtasi chanoqlardan to’kilmaydi. Tolasining pishiqligi 4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 33,3 gk/teks, uzunligi 38,9 mm, tola chiqishi 34,6 % gacha. O’suv davri 115 kun. Tolasining rangi oppoq, jahon standartiga to’g’ri keladi. Fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.

S-6037.G.S.Zaysevnomidagig’o’zaseleksiyasivaurug’chiligiilmiytadqiqotinstitutidaYu.XutornoyvaSh.I.Ibragimovlartomonidanchatishtirishyo’libilanyaratilgan. Ko’saginingmassasi 3,6-3,8 g, tolachiqishi 30-31 foiz. Tolauzunligi 40-41 mm, pi­shiqligi 4,3-4,6 gk, nisbiyuzilishkuchi 35,5 gk/teks. Kasallikkachidamli.

O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit yaratadi.

Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) Respublikada g’o’zaning quyidagi navlari: Andijon -37,21.UZ.2012 y., An-16, 9.UZ.2011 y., Besh qaxramon, 9.UZ.2011 y., Gulbaxor-2, 9.UZ.2012 y., Do’stlik-2, 2.15.UZ.2011 y., Ko’paysin, 9.UZ. 2012 y., Navbaxor-2, 9.UZ.2013 y., Ibrat, 3. UZ.2011 y., S-6775, 2.UZ.2013 y., S-8284, 2.UZ. 2014 y., Sulton, 2.UZ.2011 y.rayonlashtirilgan:


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish