6. Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish
jarayoni.
Tegirmon va yorma zavodlarida donga gidrotermik ishlov berish
avtomatik ravishda nazorat qilish va sozlash sistemalariga ega bo`lgan
murakkab mashina va apparatlar bilan bir qatorda, yana oddiy namlovchi
mashina va namiqtiruvchi bunkerlarda olib boriladi. Bularning hammasi
texnologik sxema orqali bog’langan bo`lib, donning xossalariga ta’sir qilishni
ketma- ketligini belgilaydi.
Gidrotermik ishlov berish jarayonida donga suv va issiqlik bilan ta`sir
qilinadi. Bu jarayonni rejimlarini aniqlovchi o`lchamlarga (parametrlarga)
quyidagilar kiradi: namlik, temperatura, bosim va jarayonni davom etish
vaqti.
Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berishning quyidagi usullari
qo`llanadi:
1. Sovuq konditsionerlash usulida;
2. Tezlashtirilgan konditsionerlash usulida;
3. Issiq konditsionerlash usulida.
Sovuq usulda don temperaturasi 14-20 S
0
bo`lgan suv bilan namlanadi
va bunkerlarda namiqtiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi.
Tezlashtirilgan usulda don to`yintirilgan bug’ bilan bug’lantiriladi va
keyin sovuq suvda yuviladi.
Issiq konditsionerlash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil
isitgichlarda (ul’tratovush, yuqori chastotali toklar, infraqizil nurlar va
boshqalar) qizdiriladi.
Donni maydalovchi mashinaga (I-Yormalash sistemasini valli dast-
gohiga) yuborishdan oldin qo`shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut
davomida namiqtirish bu gidrotermik ishlov berish usullari uchun
majburiydir. Bu donni yuqori qobiqlarini (meva va urug`’ qobig’i, aleyron
qatlami) namlash uchun kerak bo`lib, qobiqlarning eguluvchanligini
(elastikligini) oshiradi, qobiqlarni juda ham maydalanmaydi, kepakni katta
bo`lakchalarini hosil qiladi va g’alvirlarda undan oson ajraladi.
O`zbekiston Respublikasidagi tegirmonlarida donga gidrotermik ishlov
berishning sovuq konditsionerlash usuli qo`llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi
va boshqarilishi oddiy, lekin namlangan donni namiqtirish uchun ko`proq
bunkerlar hajmi talab qilinadi.
33
Sovuq usulda donga gidrotermik ishlov berish quyidagi tartibda
bajariladi (2-rasm): tozalangan donga namlab qayroqlovchi mashinada ishlov
beriladi, qo`shimcha namlanadi va namiqtiriladi. YUqori shaffofli don ikki
marta namlanadi va ikki marta namiqtiriladi.
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov
berish rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 5-jadvalda keltirilgan.
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov
berish rejimlarini ko`rsatkichlari taxminiydir, chunki har bir don partiyasi
o`zini boshlang’ich xossalarini har xilligi bilan va namlikni o`zgarishiga
individual reaktsiyalari bilan tavsiflanadi. Tegirmonlarda texnologik
jarayonlarni tashkil qilish va olib borish qoidalari asosida injener-texnolog
tanlagan gidrotermik ishlov berish rejimlarini laboratoriyada va ishlab
chiqarishda un tortish yo`li bilan bilan tekshirib ko`rishi shart.
5-jadval
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish
rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari
Bug’doy
tipi
Bug’doyni umumiy shaffofligiga
(%) qarab namiqtirish vaqti, soat
I Yormalash sistemasiga
yuboriladigan bug’doyni
namligi, %
60
60...40
40
I
II
III
IV
8...15
16...24
8...16
16...20
6...12
-
6...12
12...16
4...8
-
4...8
6...12
14,5...16,0
15,5...16,5
14,0...15,0
15,0...16,5
Donga tezlashtirilgan konditsionerlash usulida ishlov berish quyidagi
tartibda bajariladi (3-rasm): don ASK rusumli bug’lovchi apparatda qisqa
vaqt (20-40 sekund) bug’langandan so`ng bir necha minut issiqlik bunkerida
saqlanadi. Keyin issiq don yuvuvchi mashinada sovuq suvda yuviladi va
namlikni oluvchi mashinaga yuboriladi. Don qo`shimcha namlanadi va
namiqtirish uchun bunkerlarga yuboriladi. Agar donning boshlang’ich
namligi past bo`lsa, donni namlikni oluvchi mashinaga yuborish shart emas.
Don bunda tugridan to`g’ri namlovchi mashinaga yuboriladi. Agar donni
qo`shimcha namlashga hojat bo`lmasa, namlovchi mashina sxemadan olib
tashlanadi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |