Mayib bo’lish bilan yetkazilgan zararni qoplash to’g’risida arizaga xodim kasbiy mehnat layoqatini yo’qotish darajasi va tegishli hollarda - qo’shimcha yordam turlariga muhtojligi to’g’risida ТMEK xulosasini ilova qiladi. Zararni qoplashga doir to’lovlarni uzaytirish uchun xuddi shunday hujjatlar taqdim etiladi.
Boquvchisini yo’qotganligi bois qoplash huquqiga ega bo’lgan shaxslarga zararni qoplash to’g’risida arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organining boquvchining vafot etganligi to’g’risida guvohnomasining nusxasi;
b) marhumning oila a’zolari tarkibi, shu jumladan uning qaramog’ida bo’lgan shaxslar to’g’risida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining ma’lumotnomasi (yoki boshqa hujjatlar) yoxud sudning tegishli hal qiluv qarori nusxasi. Ushbu ma’lumotnomada har bir oila a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili va oyi ko’rsatilishi kerak. Тegishli hujjatlar bo’lmasa va ularni tiklash mumkin bo’lmaganda, shuningdek, manfaatdor shaxs ma’lumotnomaga qo’shilmasa, qaramoqda bo’lganlik dalilini sud belgilaydi;
v) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining marhumning otasi, umr yo’ldoshi yoki marhum oilasi boshqa a’zosining ishlamasligi va marhumning 3 yoshga yetmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralarini parvarishlash bilan bandligi to’g’risida ma’lumotnomasi;
g) o’quv yurtining zararni qoplashga huquqi bo’lgan, 16 dan 18 yoshgacha shaxslar kunduzgi ta’lim muassasalarida o’qiyotganliklari to’g’risida ma’lumotnomasi.
Тo’lovlar muddatini uzaytirish uchun zararning qoplamini bundan keyin olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar (o’qish joyidan ma’lumotnoma va boshqalar) taqdim etiladi.
Ish beruvchi arizani olgach, uni olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko’rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Qaror buyruq (farmoyish) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslantirilgan bo’lishi kerak, unda zarar qoplanishi belgilangan shaxslar, uning har bir oila a’zosiga to’g’ri keladigan miqdorlari va to’lash muddatlari ko’rsatiladi. Хodimga zararni qoplash to’g’risida buyruqning nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodim yoki manfaatdor shaxslarga u qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida topshiriladi.
Хodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroriga qo’shilmagan yoki javob belgilangan muddatda olinmagan taqdirda ular mazkur nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.
Хodimning sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash bo’yicha nizolar xususida sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi (Mehnat kodeksining270-moddasining uchinchi qismi).
Do'stlaringiz bilan baham: |