Ma’naviy zararni kompensatsiyalash - yuqorida ko’rsatilgan xarajatlardan tashqari, ish beruvchi mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga uchragan xodimga ma’naviy zararni ham qoplashi kerak. Jismoniy yoki ma’naviy aziyatlar (ma’naviy zarar) pulli yoki boshqa moddiy shaklda va ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi bitimda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda - ish beruvchi bilan marhumning oila a’zolari o’rtasida tuzilgan bitimda belgilangan miqdorda qoplanadi. Nizo yuzaga kelgan holatda ma’naviy zararni kompensatsiyalash miqdorini sud ish beruvchining harakatlariga bahoni hisobga olgan holda belgilaydi, biroq u xodimning oylik ish haqidan kam bo’lmasligi kerak(Mehnat kodeksi112-moddasi ikkinchi qismining to’rtinchi xatboshisi).
Do'stlaringiz bilan baham: |